Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Braxman Qadimgi Hindistonda kohinlar kastasi Shudra Qadimgi Hindistonda xizmatkorlar kastasi. Rishi Bashoratchi kohin Karma
- Yue-chji Mil. avv. II
- Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yuzaga kelishi, Sya va Shan sulolari.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Glossariy Gang Oriy Hindistondagi daryolardan biri Mil. avv. 1500 yillar atrofida shimoliy Hindistonga bostirib kelgan evropoid irqiga mansub ko‘chmanchi 114 qabilalar Braxman Qadimgi Hindistonda kohinlar kastasi Shudra Qadimgi Hindistonda xizmatkorlar kastasi. Rishi Bashoratchi kohin Karma Hayot davomida qilingan ishlar, xatti-harakatlar, qilmishlar Yue-chji Mil. avv. II asrlarda Baqtriyani bosib olgan ko‘manchi chorvadorlar qabilaviy ittifoqi. Kushonlaming kelib chiqishi ularga borib taqaladi. Mavzu: Qadimgi Xitoy Reja: 1. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yuzaga kelishi, Sya va Shan sulolari. 2. Chjou sulolari davrida Xitoy 3. Chunsyu va Chjango davri. Sin imperiyasining yuksalishi. 4. Xan imperiyasining ichki va tashqi siyosati. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining yuzaga kelishi, Sya va Shan sulolari. Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasining dastlabki kurtaklari Xuanxe (Sariq daryo) va Yanszi daryolari oldida yuzaga kela boshlaydi. Mil. a w . V-IV ming yillikda paydo bo‘lgan ilk dehqonchilik manzilgohlari Yanshao, Syuyszyalin va Davenkoular qadimgi Xitoy tarixida muhim o‘rin egallagan. Misol uchun neolit davriga oid Davenkou madaniyati to ‘rt bosqichga bo‘lib o ‘rganiladi. Bularga Lyulin, Xuatin, Davenkou va Sinlyangan manzilgohlari kiradi. Ilk sopol idishlarga ishlov berish va mehnat qurollarining takomillashib borish jarayonida ortiqcha mahsulot hajmini ortib borishiga olib keldi. Tez orada mil. avv. II ming yillik boshlariga kelib, Xuanxe va Yanszi daryolari bo‘ylarida yashovchi aholi metalldan (mis va bronza) foydalanishni keng yo‘lga qo‘yadi. Bularga Erlitou madaniyati yorqin misol bo‘la oladi. Metallurgiyaning taraqqiyoti sug‘orma dehqonchilikni rivojlanishiga olib keldi. Natijada oshiqcha mahsulotlami ortib borishi hamda mulkiy tabaqalanish jarayonini yuzaga keltirdi. 115 Qadimgi Xitoy afsonalariga ko‘ra Xuanxe daryosi qirg‘oqlarida dastlab Sya davlati paydo bo ‘lgan. Ammo ko‘p o‘tmay mil. a w . XVIII asrda Chen Tan ismli podsho Sya sulolasini taxtdan olib tashlab Shan davlatini tuzadi. Ushbu davlat mil. a w . 1600-yildan mil. avv. 1027-yillargacha yashaydi. Shan podshosi Pan Gen davrida poytaxt Yandan, Beymen shahriga ko‘chiriladi. Keyinchalik Beymen shahri In deb ataladigan bo‘ldi. Natijada davlat Shan-In deb ham tilga olinadi. Podsho asosan diniy va dunyoviy hokimiyatni o ‘zida mujassamlashtirgan. Hokimiyat (hukmdorlar U Din va U I gacha) akadan-ukaga yoki amakidan jiyanga meros bo‘lib qolgan. Ichki nizolar tufayli dastlabki poytaxtlardan biri (Van Chun Din davrida) Syao shahriga ko‘chiriladi. So‘ngra hokimiyat otadan-bolaga o ‘tish tizimi (taxminan mil. avv. 1300 yil) joriy qilingan. Amaldorlar sinfi zodogon qavmlar tabaqasidan shakllangan. Davlat boshqaruv apparati podsho(yoki Van), yirik amaldorlar, kichik zodogonlar va jangchilardan iborat bo‘lgan. Dehqonlar va qullar ijtimoiy pog‘onaning eng pastidan o ‘rin egallagan edi. Shan davlati ко‘chmanchilaming doimiy hujumi bilan kurash olib borganligi haqida yozma m a’lumotlar bor. Shan podsholari Syuan-syao (sariq imperator Xuan-di) urug‘idan bo‘lganlar deb hisoblangan. C hjou sulolari d a v rid a Xitoy. Mil. avv 1027-yili Chjou knyazi U Van, Shan podshosi Di Singa qarshi isyon ko‘tarib, Mu-e yonidagi jangda shanliklar ustidan g ‘alabaga erishadi. Shan podshosi Di Sin poytaxti Chaoge shahriga qochib, o‘z saroyi “Kiyik minora”da joniga qasd qilgan. Dushman qo ‘shini shaharga kirib kelib, U Vanni podsho deb e ’lon qiladi. Shu tariqa Xitoyni 300 yil birlashtirib turgan Chjou davlatiga asos solinadi. Chjou Sharqiy va G ‘arbiy Xitoyni nazorat qilib turishga erishdi. Shimoliy Xitoydagi bir-necha yirik qabilalar birlashtirildi. Bosib olingan yerlam i U Van qarindosh urug‘lari va tarafdorlariga bo‘lib beradi. So'ngra taxtga U Vanning o‘g ‘li yosh Chen-Van keladi. Hukmronligining dastlabki yetti yilligi davrida davlatni amakisi Chjou-gun boshqardi. Shanliklar isyoni bostirildi va ular o ‘z yerlaridan ko‘chirib yuborildi. Ko‘chmanchi I qabilariga qarshi yurish qilindi. Mil. a w . 996-yili taxtga Chen-Vanning o ‘g‘li Kan-Van keladi. Qaram viloyatlar boshqaruvi isloh qilinib, ulaming soni 55 dan 36 taga kamaytirildi va ixchamlashtiriladi. Yozma manbalaming ta’kidlashicha, (“Bambuk kitoblar”va ’’Shisszi”) Chjou davlatida i i 6 tinchlik hukm surgan. Mil. avv. 977-yilda imperator vafot etadi. Keyingi imperator Chjao-Van janubdagi isyonlami bostirishga urinadi va yangi tuzilgan Chu podsholigi bilan urushda halok bo‘ladi. Chjou podsholari “shanfu”(yuz boshi) va “szay”(boshliq yoki to‘g ‘irlovchi) unvonlariga ega boMgan saroy a’yonlariga tayanib davlatni idora qilganlar. Podsho saroyi davlat boshqaruvining markazi hisoblangan. Davlat yerlarini nazorat qilish uchun podsho alohida mansabdor shaxsni tayinlar edi. Mil. a w . VIII asr boshlarida Chjou davlatidan shimoli g ‘arbda yashagan “jun ” qabilalari talonchilik yurishlarini amalga oshiradilar. Chjou podshosi Yu-Van (mil. avv. 781-771-yy) ulami to ‘xtatish uchun urush olib boradi. Chjouning o ‘troq aholisi junlam i varvar qabila sifatida ko‘rar edi. Chjou (ayrim manbalarda G ‘arbiy Chjou) davlatining poytaxti Xao shahridan Loi shahriga (zamonaviy Loyan) ko‘chirilishi bilan (mil. avv. 771-yilda) Sharqiy Chjou sulolasining davri boshlandi. Ammo bu davlat ham Chjouning avvalgi shuhratini tiklay olmaydi. Garchand podsho Syan-Van davrida ko‘chmanchilar bilan tinimsiz urush olib borilsada davlat kuchsizlanadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling