Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Yunon 
polislarning 
shakllanishi. 
Shahar-davlat 
asosan 
markaziy shahar va unga tutash b o ig an hududlami birgalikda yagona
o ‘z-o‘zini boshqaradigan siyosiy tuzilma sifatida birlashtiruvchi 
m a’lum geografik rayon hisoblanadi. Yunonlar bu kelishuvni polis 
deb atashgan.
Yuqorida ta ’kidlanganidek, yunon shahar-davlatlarining asosiy 
elementlari so‘nggi zulmat asri day oq paydo b o ig a n edi. Butun zulmat 
asrida mavjud bo‘lgan poytaxt shaharlar shahar-davlatlarga aylandi va 
ulaming ko‘pchiligi M iken davridayoq markaz shaharlarga aylanib 
ulgurgan edi. 
Gomer eposlarida tasvirlangan yunon 
shahar- 
davlatlarining ikki asosiy boshqaruv organlari bo‘lmish chaqimv 
yoshidagi erkaklar yig‘ini va “oqsoqollar” kengashi to‘la rivojlanib 
bo‘lgan edi. Mil. a w . 800- yilda demos jam iyatlari mavjud bo‘lgan 
bo‘lsa, mil. avv. 700- yillarga kelib, mazkur jam oalar shahar-davlatlar 
ko‘rinishida faoliyat yurita boshladi.
Yunon polislarining vujudga kelishi. Mil. avv. VII-VI asrda 
quldorlik jamiyati va polis tizimi shaklidagi davlat tuzildi. Bu sinfiy 
jamiyat taraqqiyoti va davlat tuzumida yangi yo‘l bo'lgan.
Mil. 
avv. 
VIII-VI 
asrda yunon sivilizatsiyasi 
m a’muriy 
b oiinishga 
ko‘ra 
emas, 
balki 
urug‘-jamoa 
va 
qarindoshlik 
munosabatlari asosida shakllangan. Bu murakkab madaniyat Krit- 
Miken sivilizatsiyasining merosxo‘ri bo‘lgan.
Mil. a w . II mingyillikdagi tarixiy tajriba shunchaki qolib ketmay, 
u umumiy tarixiy jarayonni yanada boyitdi.
Ishlab chiqarish kuchlari II mingyilliklarga nisbatan mil. avv. 
VIII-VI asrlarda yuqori darajada rivojlandi. Yangi metall-temiming 
ixtiro qilinishi ishlab chiqarish kuchlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
Temir uskunalar yordamida tosh yerlami tozalash va daraxtzor 
yerlami kesib ulami tekisliklarga aylantirish imkoni paydo bo ‘ladi.
Tabiiyki, bu material yunonlaming xomashyoga bo‘lish imkonini 
beradi. Murakkab iqtisodiyot vujudga keldi, tovar ishlab chiqarish 
tezlashdi. Bu jihat xo‘jalik va jam iyat rivojlanishi uchun sabab bo‘ldi. 
Yunoniston 
tabiati 
qadimgi 
sharq 
mamlakatlaridan 
ko‘ra 
boshqacharoq bo‘lib, hududda yerga ishlov berish uchun murakkab 
gidrotexnika shart bo‘lmagan. Bu sharoit xususiy yerlaming
148


rivojlanishi uchun imkon bergan. Davlatga asosiy daromad podsho 
yerlaridan emas, balki qullar ishlagan xususiy yerlardan kelgan.
VIII-VI 
asrda 
yunon 
jam iyatining 
rivojlanishi 
kichik 
respublikalarga, o‘rta boy tabaqagaga bog‘liq bo‘lgan. Shu kichik 
mamlakatlar va jam iyatlarda iqtisod rivojlanishi uchun zamin 
yaratiladi. Albatta, har bir polis o ‘ziga xos rivojlanish yo‘liga ega 
bo‘lgan.
Hududi va aholi soni bo‘yicha yunon polislari bir-biridan ajralib 
turgan. Polislar orasida ju d a kattalari ham bo‘lgan. Masalan, 
Lokedemon yoki Sparta hududi 8400 km, aholisi taxm inan 200 -300 
ming kishi atrofida bo‘lgan. Afma polisining hududi 2, 5 km. kv 
bo‘lib, 250-300 ming atrofida aholi yashagan. Lekin shunday polislar 
ham bo'Iganki, hududi 30-40 km. kv dan iborat bo‘lib, bir necha yuz 
aholiga ega bo‘lgan, xolos. Mintaqadagi Fokid polisi, Panopey 
(Beoteya ) polislari shular jumlasidandir.
Eng ommalashgan va keng tarqalgan yunon polisining hududi 
100-200 km. kv, ya’ni 10x10, 10x20 kmni tashkil etgan. Aholisi 5 
mingdan 10 minggacha bo‘lib, uning tarkibi: bolalar, ayollar, chet 
elliklar va qullardan iborat boMgan. Aristotel aytganidek, polis hududi 
ko‘zga ko‘rinadigan bo‘lishi kerak, sababi himoya qilish oson bo‘ladi. 
Polis markazida shahar joylashgan. Bu shahaming vazifasi markaziy 
punkt vazifasini bajarish, ya’ni polisning barcha hududiga yordam 
j o ‘natish, o ‘rmon mahsulotlarini yetkazib berish, bu mahsulotlami 
o‘sha yem ing o‘zida qayta ishlash lozim bo‘Igan.
Shahar va polislaming dengizga chiqish imkoniyati bo‘lishi ular 
uchun ju d a katta ustunlikni ta ’minlagan. Birinchidan, davlat 
xavfsizligini ta’minlangan, ikkinchidan, mahsulotlami yetkazib berish 
qulay bo‘lgan. Bu kabi qulayliklarga ega bo ‘lgan polis Aristotelning 
fikricha ideal ko‘rinishdagi polis hisoblangan
Odatda yunon polislari kichik-kichik davlat bo‘lgan. Hududining 
kichik bo ‘lishi polis hududining boshidan oxirigacha borib-kelish 
oson b o‘lishini ta’minlagan. Shahami bir necha soatlarda aylanib 
chiqish mumkin bo‘lgan. Aholisi ham kam bo‘lib ko‘pchilik bir-birini 
tanigan. Markaz bitta bo‘lib xalq shu yerda yig‘ilgan. Bu yerda 
ibodatxona, hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan. Shahar dengiz 
qirg‘og‘ida yoki bir necha km uzoqlikda joylashgan. Shahaming 
markaziy polisi mudofaa devorlari bilan o ‘ralgan bo‘lishi kerak edi. 
Shahar aholining 50%dan ortig‘i istiqomat qilgan. Yer egalari va
149


yerga ishlov beruvchilar har hafta unga ishlov berishga borishgan. 
Chunki, yer markazga yaqin boMgan. Markaziy maydonda turli xii 
bayramlar, savdo operatsiyalari, sport o ‘yinlari o ‘tkazilgan. Polis 
hududida bir nechta qishloq aholisi boMishiga qaramay, shahar 
markazi butun bir davlat hududida bitta edi, xolos.
Polisning asosiy iqtisodi yer hisoblangan. Tabiiy sharoitdan kelib 
chiqqan holda yunon shaharlarining katta qismi va qishloq xo ‘jaligi 
murakkab tuzilishga ega edi. Masalan, qishloq xo ‘jaligining o ‘zi bir 
necha tarmoqqa bo‘lingan bo‘lib, g ‘allachilik, uzumchilik, zaytun 
etishtirish, bog‘dorchilik, polizchilik, chorvachilik asosiy xo‘jalik 
turlarini tashkil qilgan.
Uzumchilik, polizchilik va zaytun yetishtirish juda katta mehnat 
va mablag4 talab qilar edi. Shuning uchun iqtisodiy imkoniyatni 
hisobga olib, qo‘shimcha qullar kuchidan foydalanishgan. K o‘p 
hollarda shahar markazlari dengiz bo‘yida joylashganligi sababli u 
yerda 
hunarmand, 
savdogarlar 
mol 
ayirboshlash 
va 
savdo 
operatsiyalarini qulay sharoitlarda olib borishgan.
Kichik hajmdagi yunon polislarining hududida zarur metallar 
ya’ni, temir, mis, bronza va boshqa turli xil xom ashyolar etishmas 
edi.
Tovarga boMgan munosabat va bozor orqali mahsulot savdosi olib 
borilishi polis xo'jaligining asosiga aylandi. Yer egalari va dehqonlar 
bozorga sharob, yog1, don, ju n olib kelib sotishar edi.
Sharqqa nisbatan polislardagi iqtisod keng imkoniyatlami ochdi, 
ya’ni tovar-pul munosabatlarini rivojlantirdi.
Qishloq joylarda katta yer egalari, 
shaharda esa yirik 
hunarmandchilik do‘konlari paydo bo‘ldi.
Polisning ijtimoiy tarkibi uchta tabaqadan iborat boMgan:
1. Quldorlar
2. Erkin mayda ishlab chiqaruvchilar
3. Turli kategoriyadagi qullar.
Quldorlar toifasiga katta yer egalari, hunarmandchilik do‘konlari 
xo‘jayinlari, savdo kemalari sohiblari kirgan. Erkin mayda ishlab 
chiqaruvchilar polis aholisining asosiy qismi boMib, dehqonlar, 
hunarmandlar, afmaning ijtimoiy hayotidagi zevkit va fetlar, savdogar 
ya’ni o ‘z mehnati evaziga o‘z rizqini topuvchilar ham shular 
jumlasidandir.
150


Mil. av VI asrda qullar toifasi kam sonli b o ig an . Qullar katta yer 
egalarida ham kam b o iib , hunarmandchilik do‘konlarida ham 
ulaming roli sezilarli bo‘lmagan. Biroq polis iqtisodiyotining 
qiyinlashuvi, hunarmandchilik ishlab chiqarilishining rivojlanishi, 
savdo operatsiyalarining kengayishi natijasida qullar soni o ‘sib bordi.
Yunon polislarining o ‘ziga xos muhim bir ijtimoiy tarkibi ijtimoiy 
kategoriya, ya’ni teng huquqli fuqarolar jam oasidan iborat.
Polis fuqaroligini quyidagi toifalargina qabul qila olgan:
Avloddan 

avlodga 
o ‘tadigan 
yer 
m erosxo‘rlari; 
xalq 
xizmatchilari; falangadagi og‘ir qurollangan goplitlar. Boshqa 
shaharlardan kelgan, hattoki qo‘shni polisdan kelgan kishilar ham bu 
yem ing fuqaroligiga kirmagan.
Yer tomorqalarini yo‘qotish fuqarolik huquqidan va fuqarolar 
jam oasidan mahrum b o iish g a olib kelgan. Savdo va hunarmandchilik 
rivojlangan markazlar K orinf va Afinada yer tomorqalaridan mahrum 
b o ig a n
fuqarolar 
hunarmandchilik 
va savdo-sotiq 
bilan
shug‘ullanishga majbur edi. Bunday odamlar fuqarolik huquqidan 
mahrum b o im a s edi, lekin ikkinchi darajali fuqarolarga aylanar edi. 
Ular birinchi imkoniyatdayoq tomorqalarini qaytarib olishga harakat 
qilgan va shu bilan o ‘zlarining jam iyat oldidagi o b ro iarin i tiklab 
olganlar. Polis hukumati yerdan ajragan fuqarolarga siyosiy yordam 
ko‘rsatgan.
Har bir polisda xususiy yerdan tashqari zahiradagi fond yerlari 
ham b o ig an . Ushbu joylar fuqarolarga b o iib berilgan. (agerpublikus) 
Bu yerlar tarkibiga yaroqsiz, y a’ni, botqoqliklar, o ‘rmonlar kirgan. 
Fuqarolar jam oasi shu yerlardan foydalanganlar va shu yerga egalik 
qilish butun bir polis oldida va fuqarolar oldida fuqarolik majburiyati 
ko‘rib chiqilar edi. Yer sotish chegaralab qo‘yilgan edi, chunki yer 
uchastkalarini yo‘qotilishi fuqarolik huquqidan mahrum qilish 
darajasigacha borgan..
Iqtisodiy rivojlanish jarayoni fuqarolik jamoasini mol —mulkka 
b o ig a n
egaligini 
kuchaytirdi 
va 
uning 
oqibatida 
fuqarolik 
jam oasining ijtimoiy jihatdan ajraluviga olib keldi.
Ayrim fuqarolaming birdamligini quvvatlash uchun polis 
hukumati bir nechta chora-tadbirlar qabul qilgan. Boy fuqarolarga 
lutergiyalar, y a’ni o ‘zlarining mulklaridan jam iyat ehtiyojlariga 
sarflash, kemalar yetkazib berish, bayramlami o‘tkazish va boshqa 
majburiyatlar belgilangan. 
Jamiyat 
fikri 
bo‘yicha 
pul yig‘ib
151


to'plaganlar muhokama qilinib, qoralangan. Aksincha namunali 
fiiqarolar sifatida o ‘rta yer egalari, o‘zining xo‘jaligini yaxshi tashkil 
qilib, fiuqarolik burchlarini bajargan, o'zlarining polislarini vijdonan 
himoyachilari tan olingan.
Bir tarafdan o ‘zaro munosabatlar, y a’ni erkin va xususiy 
mulkdorlaming munosabati u lam i tashqi olamga qarshi birlashtiradi. 
Davlat boshqaruvi nuqtai-nazaridan Yunon polisi respublika tizimiga 
ega edi. Oliy hukumat va qonunchilik xalq yig'iniga tegishli edi. Xalq 
yig‘ini polisni amaldor shaxslar bilan birgalikda qonun b o ‘yicha bir 
yil boshqargan. Doimiy davlat apparati bo'lmagan. Amaldor shaxslar 
muddatidan keyin xalq yig'ini oldida hisobot bergan.
Polis fuqarosi vatanparvarlik odob- qoidalariga binoan kuchli 
bo'lishi kerak edi. Yunonlar faqat o'zining kichik davlatida fuqaro 
edi. Agar u qo'shni davlatga borsa haq-huquqsiz metekga aylanar edi. 
M ana shuning uchun yunonlar o ‘ziarimng polislarini qadrlashar edi. 
Ular o'zlarining kichik shahar davlatida chin erkinligmi sezishar 
hamda haqiqiy shaxs sifatida his qilishar edi. Barcha yunon shahar- 
davlatlari ikkita asosiy tipga b o iin g a n edi:
1. Agrar polis. Qishloq xo ‘jaligi rivojlangan, biroq savdo- 
hunarmandchilik va tovar-pul munosabatlari zaif bo‘lgan; misol uchun 
Sparta va Lakemidonni aytish mumkin.
2.TovaT-pul 
munosabatlari, 
savdo-huriarmandchilik 
ishlab 
chiqarishda qo‘l mehnatidan foydalanib rivojlangan polis. Jumladan, 
Afina polisi shunday polislar tarkibiga kirgan. Umuman olganda 
qadimgi yunon sivilizatsiyasi rivojida polislam ing mavjud b o ‘lishi 
alohida o ‘rin egallagan.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling