Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109
Forslarning 
Bolqon 
Yunonistoniga 
birinchi 
yurishi.
Forslaming Bolqon Yunonistoniga birinchi yurishi mil. avv. 492-490 - 
yillarda bo‘lib o ‘tgan.
Kichik Osiyoliklar qo‘zg‘olonidan keyin Doro I Bolqon 
Yunonistonini bosib olish kerakligini anglab yetdi va rejalar tuza 
boshladi.
U bu yurishni qonuniy qilish uchun zo‘r strategik bahona o ‘ylab 
topdi. Unga ko‘ra Afina va Eritreyani ioniylarga bergan yordami 
uchun jazolash kerak edi.
Kichik Osiyoda 30 ming kishilik va 600 kemalik kuchli korpus 
tashkil etildi. Mazkur armiyaning boshlig‘i etib, podshoning kuyovi, 
iqtidorli harbiy yo‘lboshchi va diplomat Mardoniy tayinlandi.
Mil. avv. 492 -yilda Mardoniy o ‘zining armiyasini Egeyning 
shimolini egallash uchun Gellespont bo‘g‘ozi(hozirgi Dardanell) 
orqali harakatlantiradi.
Forslar qirg‘oqbo‘yi yunon shaharlari, Frakiyaning janubiy 
qismini, Fasos oroli qabilalarini egallay boshladi. Lekin, Afon bum ida 
fors floti kuchli bo‘ronga duch keldi. Gerodotning ma’lumotlariga 
ko‘ra, bu favqulodda holat tufayli Mardoniy 300 kema va 20 mingga 
yaqin odamini yo‘qotadi.
Mardoniy qolgan-qutgan armiyasi bilan Kichik Osiyoga qaytishga 
majbur bo‘ladi. Mil. a w . 492-yilgi omadsiz yurishga qaramay, 
Mardoniy Egey dengizining shimoliy qismida bo‘lajak harbiy 
harakatlar uchun platsdarm ЬафО qildi.
Birinchi omadsiz yurish Doro I rejalarini o ‘zgartira olmadi, 
Yunonistonga qarshi yangi yurishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. 20 
minglik qo'shin va katta flotga ega bo‘lgan yangi armiya tashkil etildi. 
Bu armiyaga harbiy boshliq qilib, Datis va podsho qarindoshi Artafem 
tayinlanadi.
Afinadan quvilgan oldingi tiran Gippiy maslahatchi vazifasini 
bajara boshladi. Chunki u Afinani harbiy strategiyasini puxta 
o ‘rgangan edi.
Forslar Egey dengizini aylanib o‘tishdan ko‘ra, birmuncha xatarli 
qaror qabul qilishdi. Ular armiyani to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri Kichik Osiyodan 
Attikaga kemalar orqali olib o ‘tish va Afinani egallashni maqsad 
qiladilar. Buning uchun uzoq vaqt diplomatik va harbiy tayyorgarlik 
ko‘rildi.
170


Mil. a w . 491-yilda Bolqon Yunonistonidagi hamm a polislami 
forslarga butunlay itoatkorlikka majburlash talab etildi yoki hech 
bo‘lmasa keyingi urushda betaraf (neytral ) bo‘lishiga erishish lozim 
edi.
K o ‘plab yunon polislari, orollar (masalan Egina ), Fessaliya, 
Beotiya bu talabga bo‘ysunishdi, Argos esa o ‘zining betarafligini 
biidirdi. Sparta va Afina esa bu talabni rad etishdi. 0 ‘z o ‘m ida 
yunonlar ham urushga tayyorlana boshlashdi.
Datis va Artafem ehtiyotkorlik yuzasidan qulay ob-havoni 
kutishdi va o'zining armiyasini Evbeya oroliga olib o ‘tdi. Bir zarba 
bilan Eritreya egallanib, aholisi qullikka mahkum etildi.
Evbeyani bo‘ysundirgandan so‘ng, forslar Attikaning shimoli- 
sharqiy qismiga yo ‘l olib, Afinadan 42 km uzoqlikda bo‘lgan 
Marafonga yetib keldilar.
Barcha ehtimollar hisobga olinib, Afinaga qarshi harbiy 
harakatning rejasini Gippiyning maslahati bilan tuzishadi. Forslar 
uzun Marafon tekisligiga o ‘z armiyasini qulay qilib joylashtirishdi. 
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad o‘zining otliq qo‘shinidan unumli 
foydalanish edi. Forslar u yerda mustahkamlanib olgach, hech qanday 
to ‘siqlarsiz butun Attikani vayron qilmoqchi bo‘lganlar.
Vaziyatni kuchaytirish uchun Gippiy o‘zining tarafdorlari bilan 
forslar “foydasiga” targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Afina qo‘shinida esa harbiy harakatlarga qarshi aniq bir reja 
mavjud emas edi. Strateglar qismi esa passiv taktika q o ila sh n i va 
Afina shahrini mudofaa qilish rejasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Eng oxirida dastlabki rejaning barcha jihatlari o ‘rganib chiqilib, 
iste’dodli qo‘mondon Miltiad tomonidan m ukamallashtirildi.
Mil. a w . VI asr oxirida Miltiad Frakiya Xersoniyasida hokim 
bo‘lgan, bir necha marta forslar bilan to'qnash kelgan va forslar 
harbiy tuzilmasimng nozik tomonlarini yaxshi bilar edi. Mil. a w . 490- 
yilda Miltiad Afina polisi strateglaridan biri sifatida harbiy harakatlar 
rejasini qayta ishlab chiqadi. Shuning natijasida afinaliklar g ‘alaba 
qozondi.
Miltiad oldindan o ‘ylab qo‘yilgan fikrini forslarga ilgariroq xabar 
berishni taklif qildi va ulam i hujumkor taktikasiga b og‘lab qo‘ydi.
U o ‘zining strateglar jamoasini kuchsizroq mustahkamlangan 
Afmada bekinib o ‘tirmaslikka, butun urush va hal qiluvchi jangni 
Marafonda b o iish ig a ishontirdi.
171


Bu jang mil. a w . 490 yilning 12- sentyabrida mashhur M arafon 
jang maydonida sodir bo ‘ldi va tarixda antiqa harbiy san’atni 
namoyish etadi.
Marafon tekisligida qadimgi ikki yirik harbiy tuzilma tizimi 
to‘qnashdi. Birinchisi qadimgi yunon falangasi bo‘lib (og‘ir 
qurollangan askarlar ya’ni goplitlardan tuzilgan), ikkinchisi yoyilib 
safga tizilgan forslar armiyasi edi. Forslar qo'shinining ustun tomoni 
mashhur 
otliq 
qo‘shinlar 
va 
mohir 
kamonchilami 
mavjud 
boMganligida edi. Miltiad odatdagidek yunonlardan umumiy soni 11 
ming kishilik falanga tuzadi. U 1000-1200 ta harbiylardan iborat 
bo‘lib, 8 qator safga tizilgan edi. Falanga markazlardagi qatorlam ing 
zichligini 
kamaytirish 
uchun 
cho‘zilgan 
falangalar 
qo‘shni 
tepalikkacha borib taqalgan edi. Chunki, yunonlar fors otliqlarining 
o‘rab olishi va hujumidan saqlanishi kerak edi.
Falanga tarkibidagi 3 qismning mustaqil harakat qilishi (chap 
falanga, markaziy va o ‘ng falanga) yunonlarga katta ustunlik beradi. 
Urush taklif qilingan reja bo‘yicha amalga oshirildi. Fors otliq 
qo‘shinlari yunon falangasini aylanib o ‘ta olmagan va amaliy jihatdan 
jangda kamchilik qatnashgan. Urush vaqtida forslar zaiflashgan 
afmaliklar markazini siqib qo‘ydi. Lekin harbiy va taktik ustunlik 
yunonlar tomonida edi. Natijada g ‘alaba yunonlar tomoniga to iiq
o‘tdi. Jang maydonida 6 mingga yaqin forslar o ‘ldirildi. Afmaliklar 
192 ta goplitidan ayrildi.
G ‘alabadan so‘ng darrov Afina shahriga chopar yuborildi. U 
agoraga yetib kelib, “g‘alaba” deya yerga yiqilib, jon beradi. Bu 
epizod Olimpiya o‘yinlarida Marafon masofasi nomi bilan saqlanib 
qoldi. Bu masofaning uzunligi 42 km 192 m ga teng edi.
Afinaliklaming Marafon jangida g ‘alaba qozonishi katta siyosiy 
ahamiyatga ega edi. Bu jang yunon harbiy tizimining ustunligini, bir 
qancha yunon polislarining kuchini isbotladi. Fors podshosi Elladani 
egallash uchun fors davlatining butun kuchi kerakligini anglab etdi.
K serksning h arbiy y u rish lari. Doro I o'zining harbiy siyosiy 
imkoniyatlari yunonlarga kuchli zarba bo‘lishini tushunib etdi. U 
Yunonistonga yangi hal qiluvchi Yurishni ikki baravar ko‘p shiddat 
bilan boshlashga qaror qildi. Lekin, mil. a w . 486-yilda Doro I vafot 
etadi. Ushbu voqea esa Bobil va Misrda qo‘zg‘olonlar boshlanishiga 
sabab bo‘ldi. Yangi podsho, Doro I ning o ‘g‘li Kserks birmuncha 
xotirjamlik va o ‘z hokimiyatini mustahkamlagandan so‘ng, mil. a w .
172


483 -yilda Yunonistonga hal qiluvchi yurishlar uchun harbiy 
tayyorgarlikka shiddatli tarzda kirishdi. Barcha tayyorgarliklar 
tugagandan so‘ng, imperiya o ‘zining harbiy kontingentini Kichik 
Osiyoga y o ‘naltirib, katta flot barpo qildi, qurol aslahalam i taxt holiga 
keltirdi va urush uchun oziq -ovqatlami g‘amladi.
Katta armiyani to ‘g‘ridan-to‘g ‘ri Egey dengizi orqali olib o‘tish 
mumkin emasdi. Shuning uchun ham Mardoniy yurgan yo‘nalishni 
tanladi. Bu yo‘nalish ancha uzunroq va shu bilan birga xavfsiz edi. 
Ushbu yo ‘l orqali Egey dengizining shimoliy qirg‘oqlari bo‘ylab 
uzunasiga aylanib o ‘tilar edi. M azkur jarayonda M akedoniyada fors 
protektorati o ‘matilganligi tan olindi. Bu yerda ulkan armiyani 
ta ’minlash uchun omborxonalar qurildi. 0 ‘zining xavfsizligini 
ta’minlsh maqsadida Afon bum ida tasodifan ro‘y bergan dahshatli 
girdob va suv ichidagi qoyalami (xuddi shu yerda mil. a w . 492-yilda 
katta fors floti halok bo‘lgan edi) hisobga olgan holda kemalam i sokin 
suvda olib o ‘tish uchun Akte yarim orolida 2 km lik kanal barpo 
etiladi.
Urushga diplomatik jihatdan ham puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 
Aristokratlar boshchiligidagi polislar hisoblangan Fessaliya, Beotiya, 
Agros o ‘zining betaraf ekanligini e ’lon qilishdi.
Mil. a w . 481 -yilda urushga tayyorgarlik nihoyasiga yetadi. Fors 
armiyasi endilikda 150-200 ming kishini tashkil etib, katta harbiy flot 
esa 1200 kemadan iborat edi. Shu o‘rinda aytib o ‘tish lozimki, 
Gerodot forslam ing kuchini fantastik raqamlar bilan bog‘lab, armiya 
sonini 5.28 mln kishi b o‘lganligini aytadi. Bu qo‘rqinchli va o iim li 
tahdidlar Elladaga qaratilgan edi.
Yunoniston ham bu tahdidni qaytarishga tayyorgarlik ko‘rdi. 
Tayyorgarlik asosan harbiy-siyosiy birlikni tashkil qilib, polislar 
o‘rtasidagi dushmanlik kayfiyatini bir tomonga qo‘yib turish, forslami 
quvib chiqarib, oppozitsiya kuchlarini y o ‘qotishga qaratilgan edi. 
Albatta, bu jarayonda har bir polisning harbiy kuch-qudratini 
oshirishga harakat qilindi. Forslar agressiyasini qaytarish b o ‘yicha 
alohida rejalar tuzib chiqiladi.
Mil. a w . 481-yilda Yunonistondgi 31 ta polis K orinf kongressida 
harbiy ittifoqga birlashdi. Asosiy e ’tibor qurolli kuchlar va flotni 
birlashtirib, armiya va flot sonini maksimal darajaga ko‘tarishga 
qaratildi.
173


Feraistoklning dengiz rejasida nafaqat harbiy, balki siyosiy nuqtai 
nazar ham hisobga olinadi. Uning rejasiga ko‘ra, afmaliklaming quyi 
qatlami rolini oshirishi kerak edi. Solon islohotlaridan keyin aholining 
to‘rtinchi qatlamiga aylangan fetlar Femistokl rejasi bo‘yicha, flotning 
asosiy qismini tashkil qilishi kerak edi. Uning ushbu qarori Afinaning 
badavlat yer egalari qarshiligiga uchradi. Shunga qaramay u 
harbiylami 
kuchaytirish, 
Afina atrofidagi 
himoya vositalarini 
mustahkamlash va faol tashqi aloqalami olib borishga harakat qildi.
Mil. a w . V asming 80-yillar oxirida Afmadagi saylovlarda 
Femistoklning jamoasi g ‘alaba qozondi, uning siyosiy raqibi Aristid 
esa astrokizm orqali quvg‘in qilindi. Femistoklning dengiz dasturi 
hayotga keng tadqiq qilina boshlandi.
Uning muvafaqqiyatli ish olib borishiga, arxontlami Afinada 
amaldorlami davlat mansabiga qo‘yishda qur’a tanlash y o ‘li bilan 
tanlashga asoslangan demokratik islohati sabab bo‘ldi. Oldinlari 
amaldorlar ochiq usulda ovoz berish yo‘li bilan saylangan. Bu 
jarayonga amaldorlar ta’sir o ‘tkazgan. Lekin, mil. a w . 487-yildan 
keyin 10 ta hududiy birlashmadan 500 kishi tanlab olingan va ulardan 
yopiq usulda ovoz berish y o i i bilan 9 ta yuqori magistr arxontlar 
tanlab olingan.
Forslar bosqin arafasida afinaliklar quvg‘in qilingan Aristid va 
uning tarafdorlarini shaharga qaytishiga ruxsat berishdi. Bundan 
ko‘zlangan maqsad, ulaming harbiy mudofaaga yordam berishi 
mumkinligi edi.
0 ‘sha davming eng zo‘r kemalaridan tashkil topgan Afina floti 
Sparta og‘ir qurollangan piyoda qo‘shinlariga katta yordam berdi. 
Ko‘ngilli askarlar va Elladaning boshqa ittifoqchi polislarining 
kemalari bilan Fors hujumiga qarshi mustahkam ittifoq bo‘ldi.
Mil. a w . 480-yilning bahor fasli boshlarida Kserksning Elladaga 
buyuk yurishi boshlandi. Forslar ikkita panton ko‘prik yasab, 
Gellespont b o ‘g‘ozi orqali o'tishdi. Bu kechuv talafotsiz bo‘lmadi, 
kuchli oqim va kengliklar bitta panton ko‘prikni buzib tashladi.
Bu talofatdan g‘azablangan Kserks o ‘zini odamlar, balki barcha 
tirik mavjudotlar sifatida ko‘rib, Gellespont suvlarini qamchilatadi 
hamda suvga kishan tashladi (G o‘yoki bo ‘ysunmagan suvni jazolash 
maqsadida). Ko‘prikni qurgan ustalar o ‘ldirildi va yangi ko‘prik 
qurildi.
174


Oldindan tanlangan yo‘nalish orqali forslar barcha Frakiya 
qirg‘oqlari va Makedoniyani eson-omon bosib o ‘tishdi. Yunonlar 
birinchi bo‘lib himoyani Tempey vodiysining tor kiraverishida 
ushlashmoqchi bo‘lishgan va hatto 10 ming kishilik otryad yuborgan, 
lekin, Fessaliya aristokratlari xoinligidan cho‘chib, ushbu pozitsiyani 
tark etishdi.
Yangi himoya qo‘rg ‘oni sifatida Fessaliyadan 0 ‘rta Yunonistonga 
o ‘tuvchi yagona tor dara hisoblangan Fermopil tanlandi. Shu yerda 
himoya vositalari devorlar, minoralar qurildi (Ulam ing qoldiqlari 
keyinchalik arxeologlar tomonidan aniqlangan). U yerga 7200 ta 
goplit va Leonid boshchiligidagi 300 spartalik jangchi yuborildi. Bir 
vaqtning o ‘zida 270 trieradan iborat yunon polislari floti Evbeya oroli 
shimolidagi Artemisiya bum iga joylashtiriladi. Ulkan fors q o ‘shinlari 
to‘rt kun davomida shiddatli hujumlar uyushtirdi. Biroq, yunon 
qo‘shinlarining mardonavor kurashlari natijasida Kserks ko‘zlagan 
maqsadiga erisha olmaydi. Hatto, jangga podshoning saralangan 
mashhur “o im a s ” jangchilarining jalb qilinishi ham hech qanday 
natija bermaydi. Spartalik sarkarda Leonid esa jangda kuchli taktikaga 
ega harbiy ekanligini namoyish etadi. Podsho Kserksga fessaliyalik 
sotqin yordamga keladi. Katta boylik evaziga u yunon qo‘shinlarini 
aylanib o ‘tuvchi y o in i ko'rsatadi. Leonid endi kurash olib borish 
befoydaligini tushunib etadi va spartaliklardan tashqari jangchilarga 
chekinishga buyruq beradi. 0 ‘zi esa 300 ta spartalik jangchi bilan 
forslarga qarshi kurash olib borib, jang maydonida halok b o ia d i. Bu 
g‘alaba forslaming yirik va so‘nggi y u tu g i b o id i. Fermopil jangi 
bilan bir vaqtda Artemisiya bum ida uch kun davomida flotlar 
ishtirokida jang b o iib o ‘tadi. Lekin bu to ‘qnashuvda ikki tomon ham 
ustunlikka erishmadi. Yunon floti chekinib, Salamin b o‘g ‘oziga 
joylashdi.
Salamin jangi mil. a w . 480-yilning 28-sentyabrida b o iib o ‘tdi. 
Femistoklning tashabbusi bilan jangga kirgan kichik va tez 
harakatlanuvchi trieralar dushmanga qaqshatqich zarba berdi. 0 ‘z 
navbatida forslaming katta kemalari tor va sayoz joylarda harakatlana 
olmay, m agiubiyatga uchradi.
Mil. 
a w . 
479-yilda 
Mardoniy 
qo‘mondonligidagi 
Eron 
qo‘shinlari Attikaga bostirib kirib, Afmani vaqtincha ishg'ol qilganlar. 
Sparta, Afina, Megara, Plateya va boshqa polislam ing birlashgan 
kuchlari eronliklarga qarshi kurashga otlangan. 
Yunonlaming
175


birlashgan qo‘shiniga spartalik sarkarda Pavsaniya boshchilik qiladi. 
Mardoniy qo‘shinlari Beotiyaga chekingan. Hal qiluvchi jang shu yili 
Plateya yonida bo‘lib o ‘tadi. Unda yunonlar g‘alaba qozongan. Eron 
qo‘shini qo‘mondoni Mardoniy ham jangda halok b o ig an . Forslar 
Yunonistonni tashlab chiqishga majbur bo‘lganlar. Shu tariqa 
yunonlar qahramonona 
kurashib 
o ‘z 
vatanlarini 
dushmandan 
tozalaganlar.
Mil. a w . 465-yili saroy fitnalari natijasida Kserks vafot etib, 
taxtga uning o ‘g‘li Artakserks keladi. Bundan foydalangan Misr 
satrapligi liviyalik Inar boshchiligida mil. a w . 460-yilda forslarga 
qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradi. Q o‘zg‘olonchilar Afina floti yordamida 
dastlab g ‘alaba qozonganiga qaramay, Ahmoniylar mil. a w . 455-454- 
yillarda yangi armiya tashkil etib, qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq 
bo‘ldilar. Misrda forslar hukmronligini tiklanishi va afinaliklaming 
m agiubiyatga uchrashi, 
Sharqiy O 'rtayer dengizida vaziyatni 
Ahmoniylar foydasiga o ‘zgartiradi. 
Afinada qaytadan 
strateg 
lavozimiga qaytgan Kimon misrliklar va kiprliklar ko‘magida mil. 
a w . 450-449- yillarda forslarga qaqshatqich zarbalar beradi. Mil. a w . 
449-yili Kimonning qarishdoshi b o‘lgan Kalliy Kiprga yuborildi. 
Uning tashabbusi bilan tuzilgan kelishuv “Kalliy sulhi “nomi bilan 
tarixga kiradi. Mazkur sulhga asosan forslar Kichik Osiyodagi barcha 
yunon polislari mustaqilligini tan oladi. Hamda ularga qarshi harbiy 
harakatlar olib bormaslik va Egey dengizi hududlariga flot 
kirgizmaslik majburiyatini oldilar. 0 ‘z navbatida yunonlar Sharqiy 
0 ‘rtayer dengizi va Misrdagi forslarga qarashli satrapliklar ichki 
ishlariga aralashmaslikni zimmasiga oldilar. Shunday qilib, uzoq 
davom etgan urush yunonlar g‘alabasi bilan nihoyasiga etadi.
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afina tez tiklandi. Pirey porti 
qayta qurilib, o‘sha davrdagi 0 ‘rtayer dengizidagi eng yirik port 
hisoblangan Karfagen portiga tenglashdi. Dengiz ittifoqiga yetakchilik 
qilgan Afina yunon dunyosi dengiz savdosida ham birinchi o'rinni 
egalladi. Afina eksporti Shimoliy qora dengiz, Sitsiliya, Apuliya, 
Etruriyani qamrab oladi. Egina, Korinf, Kerkira va boshqa shaharlar 
savdoda Afinani birinchiligini e ’tirof etishga majbur bo‘ldilar.
Mil. a w . V asr o ‘rtalariga kelib Afinada hunarmandchilik va 
dehqonchilikda foydalaniladigan qullar soni ko‘payib ketdi. Afina olib 
borgan ko‘plab urushlar natijasida Kichik Osiyo, Frakiya va
176


Illiriyadan qullar olib kelib sotiladigan Xios orolidagi qul bozori 
iqtisodiyotning ishchi kuchiga bo ‘lgan doimiy ehtiyojini qondirdi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling