Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


M avzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109
M avzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Polislar davri qachon boshlangan?
2. Attikada demokratiyainig vujudga kelish shart-sharoitlari.
3. Aflnada quldorlik demokratiyasining o ‘ziga xos xususiyatlari
4. Yunon-fors urushlarini keltirib chiqargan asosiy omillami 
sanab bering.
5. 
Yunon-fors urushlarining yunon polislari taraqqiyotiga 
ko‘rsatgan ta ’siri.
Glossariy
Agora - bu Qadimgi Yunonistonda tevaragini turli-tuman 
imoratlar qurshab turgan shahar markaziy maydonidir.
Delfa amfikteonasi - mil. a w . IV asrda D elfa ibodatxonasi 
muqaddas nomini qo’riqlovchi davlatlar ittifoqi. 0 ‘sha davrda Fokida 
Delfakuli ibodatxonasi bo‘lib, unga juda ko‘p qimmatbaho qurollar
oltin buyumlar sadaqa qilingan va u muqaddas hisoblangan.
Diakriylar - Afina tog‘li tuman aholisi
Drakont qonunlari - mil. a w . 621-yilda Afinada Drakont nomli 
arxont tomonidan qabul qilingan. Ushbu qonunga ko ‘ra ho’l meva 
o ‘g ‘irlagani uchun ham, odam o ‘ldirgani uchun ham o ‘lim jazosi joriy 
qilingan. Bu qonunni oddiy xalq (demos) shu sababli, siyoh bilan 
yozilmagan, balki qon bilan yozilgan deb baholagan.
Yevpatrid - Qadimgi Yunonistonda nasl-nasabi oliyjanob 
bo’lgan zodagonlar.
Tiraniya- Qadimgi Yunonistonda davlat tuzilishlaridan biri. 
Davlat tiran tomonidan idora qilingan. Dastlabki tiraniyalar mil. a w . 
VI-V asrlarda Yuzaga kelgan. Pisistrat va Polikrit tiraniyasi bunga 
misoldir.
177


Mavzu: Mil. a w . V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining
inqirozi
Reja:
1. Afinada quldorlik demokratiyasining rivoji.
2. Peloponnes urushlari(mil. avv. 431 - 404 -yy).
3. Polis tizimining inqirozi.
Afinada quldorlik demokratiyasining rivoji. Yunon shahar- 
davlatlarining 
raqobati 
va 
Afina 
demokratiyasining 
rivoji. 
Yunonistonda fors bosqinini bartaraf qilish jarayonida kuchli ellinistik 
umumiylik shakllandi. Uchinchi bosqinni oldini olishga intilib, 
ko‘plab yunon polislari urushda harbiy dengiz kuchlari jihatidan 
alohida o‘rin egailagan Afina boshchiligidagi ittifoqqa birlashdilar. Bu 
ligadan kelgan daromadlar natijasida Afina polisining mavqei yanada 
ortadi, jam iyatda boshqaruv ishlarida qatnasha oladigan erkaklar soni 
ko‘paygan. 
Oddiy 
fuqarolar 
rivojlanib 
borayotgan 
shaharlar 
aholisining asosiy qismiga aylanib bordi, biroq ular boy va 
aslzodalarga siyosiy boshqaruvda an’anaviy monopol boshqaruvni 
qoilab-quvvatlashlariga 
halal 
berardilar. 
Haqiqatda 
Afinaning 
imperiya korxonalari Attikadagi qullar sonini oshirdi va erkak 
fiiqarolari orasida tenglik o ‘sib borsada, ayollaming mavqei 
pastligicha qolaverdi.
Kserks m agiubiyatidan keyingi o‘n yillar mobaynida Afina 
shahri asosiy madaniy markazga aylandi. Barcha sayohatchilar xudo 
Dionis sharafiga qo‘yiladigan tragediyalami ko‘rishga kelishardi. 
Afinaliklaming dengizni qo‘riqlash uchun olingan pullarning bir qismi 
diniy marosimlami nishonlash va Afina tepaligidagi Parfenon kabi 
ommaviy inshootlar qurish uchun ishlatilar edi. Tragediyachilar Esxil, 
Evripid va Sofokllaming barchasi Afinada tug‘ilgan, shuningdek 
komik dramaturg Aristofan, haykaltarosh Fidiy va tarixchi Fukiditlar 
ham shular qatorida bo‘lishgan.
Mil. a w . V asrlarda Afina Yunonistonning yirik savdo va qudratli 
davlatlaridan biriga aylangan. Yunon - Eron urushlari va Afina ittifoqi 
tashkil topayotgan bir vaqtda, katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Solon 
islohotlariga ko‘ra Afinaning barcha fuqarolari o ‘zlari mansub bo‘lgan 
mulkiy tabaqaga ko‘ra m a’lum bir harbiy majburiyatlami ado 
etganlar. Shuningdek, ular b a’zi huquqlarga ham ega boiganlar.
178


Islohotlardan so‘ng kambag‘al qatlam - “fetlar” Afm a siyosiy 
pillapoyasining eng quyi pog‘onasiga tushib qoladilar. O g‘ir qurol - 
yarog‘lar sotib olish uchun m ablag‘i bo‘lmaganligi tufayli ular 
yordamchi bo‘linmalarda xizmat qilganlar. Flot Afm a dengiz 
ittifoqining tayanchi bo‘lganligi uchun fetlar siyosiy ahamiyati 
jihatidan asta -sekin Afma demosining nisbatan yuqori darajasi -
zevgitlar, qisman esa suvoriylar bilan tenglashib, mil. a w . V asrda 
Afina qudratining asosiy tayanchi bo‘lib qoldilar. Yunon - Eron 
urushlari davridayoq Afina demosini mavqei oshib, ular hokimiyat 
uchun kurashganlar.
Afina qishloqlarida, asosan, qishloq demosining vakillari -
bo‘lmish mayda va o ‘rtahol dehqonlar yashaganlar. Keyinchalik yirik 
yer egalari paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga Afinada aristokratiya 
hukmronligi bilan oligarxiya ham rivojlandi. Afina aristokratlari o ‘z 
hukmronlik mavqeini yo‘qota bordi. Yunon - Eron urushlari tugashi 
arafasida aristokratik va demokratik guruhlar o ‘rtasida siyosiy kurash 
boshlandi.
Aristokratlar harbiy muvaffaqiyatlari tufayli Afina siyosatida ham 
yetakchilikka 
intilganlar. 
Afinada 
ularga 
mashhur 
sarkarda 
M iltiadning o ‘g‘li Kimon boshchilik qilar, ammo aristokratlar o ‘sha 
davr ishlab chiqarishida muhim o ‘rin tutmaganlar. Vaqt o ‘tgani sayin 
ulam ing yer-mulki kamayib borgan. Ular aksariyat demokrat 
kuchlaming Afinada yo‘qligidan foydalanib, boy fuqarolar ko‘magi 
bilan hokimiyatni vaqtincha kuchaytirishga erishdilar. Biroq urush 
harakatlari tugab, jangchi va dengizchilar urushdan qaytib kelganidan 
so‘ng, 
Afinada 
demos 
qatlamining 
faolligi 
kuchaydi. 
Endi 
demokratiyaning vazifasi hokimiyatda aristokratlaming siyosiy 
huquqlarini zaifiashtirishdan iborat b o id i.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling