Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzu: Aleksandr Makedonskiy imperiyasi va Ellinizmni
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Filipp II va M akedoniyaning yuksalishi.
Mavzu: Aleksandr Makedonskiy imperiyasi va Ellinizmni
Sharqqa yoyilishi. Eilinistik bosqich va uning xususiyatlari Reja: 1. Filipp II va Makedoniyaning yuksalishi. 2. Aleksandr Makedonskiy imperiyasi. 3. Eilinistik bosqich va uning xususiyatlari. Filipp II va M akedoniyaning yuksalishi. Qadimgi yunonlar tarixining o ‘ziga xos jihatlaridan biri hududda uzoq vaqt davomida o‘z mustaqilliklarini saqlab kelgan yunon polislarining mavjud bo‘lganligidir. Ulaming kichik hajmi va beqarorligi antik davrda ham hayratlanarli bo‘lishiga qaramasdan forslar hujumidan omon qolganlar. Mil. a w . IV asrda xorijliklar bosqini xavfi ajablanarli holat emas edi, lekin bu xavf-xatar qudratli Fors imperiyasidan emas, balki o ‘sha vaqtgacha unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan M akedon yoki Makedoniya nomlari bilan tanilgan podsholik tomonidan edi. M akedoniyaning muvaffaqiyatlariga Afmadagi siyosiy bo‘linishlar va iqtisodiy bosim hamda yunon polislarining parokandalikka uchrashi sabab bo‘lgan edi. Bulaming barchasi mil. a w . 359 yilda Makedoniya shohi b o ig a n noyob harbiy va diplomatik mahoratga ega Filipp II uchun imkoniyat yaratdi. Filipp II mil. a w . 382 -yilda tu g ilgan , otasi Aminta III va uning Illiriyalik xotini Evridikaning farzandi b o ig an . Plutarxning yozishicha Evridika bolalarini tarbiyalash uchun o‘qishni o ‘rgangan, 195 lekin Filippning o'qishi akasi Aleksandr II m agiubiyati natijasida mil. a w . 369-367- yillarda Fivaga garov sifatida asirlikka jo ‘natish bahonasida to‘xtab qoladi. Uning garov sifatida ushlab turilishi unchalik katta yo ‘qotish bo im ad i. Filipp Fivada bo‘lganida Lektra ustidan g‘alabasi unga zamonaviy yunon siyosati va harbiy taktikasi bo‘yicha qimmatli m a’lumotlami o‘rganishiga turtki beradi. Filipp mil. avv. 367 -yilda Makedoniyaga qaytganida mamlakatda hamon tartibsizlik hukm surardi. So‘nggi yetti yil mobaynida uchta qirol davlatni boshqargan edi. Siyosiy beqarorlik Filippga kutilmagan imkoniyat hosil qildi va u Predikass o‘limidan keyin hokimiyatni egallashga da’vo qila boshladi. Filipp II mil. a w . 359-yilda Makedoniya podshosi b o id i. Filipp II taxtga kelganda, Makedoniya har taraflama o g ‘ir iqtisodiy, siyosiy inqiroz holatida edi. Filipp II o ‘zidan oldingi hukmdorlaming siyosiy harakatlaridan voz kechdi. Makedoniyani birlashtirib, davlatni mustahkamladi. Undan oldingi podsholaming markaziy hokimiyatni mustahkamlash borasidagi yagona sistemasini mantiqan tugatgan. Shu tufayli Filipp II Makedoniyani Yunondunyosidagi kuchli davlatlardan birigaa ylantirish orqali Forslar bilan raqobatlasha oladigan davlat maqomiga olib chiqqan. Filipp II birinchi b o iib M akedoniyaning xo‘jalik ishlarini rivojlantirishga bor e ’tiborini qaratgan. U iqtisodiy jihatdan to g ii hududlardan yangi yerlami o‘zlashtirib, qishloq aholisining bir qismini o‘sha yerga ko‘chirgan. Bu yangi shaharlar (masalan Filipp shahri) strategik jihatdan qulay joyga qurilganligidan tashqari iqtisodiy-harbiy tomondan hammarkaz b o ig an . Filipp II bor e’tiborini konlami topishga va u yerdan temir ishlab chiqarib, harbiy jihatdan armiyasini kuchaytirishga jalb etadi. Filipp П Pangeya konlarini bosib olib, u yerdagi ishlab chiqarishni kuchaytirish orqali, yiliga 1000 talant oltin foyda ko‘rgan. Bu unga o ‘zining oltin tangalarini ko‘pIab ishlab chiqarish imkonini bergan. Oltin va kumush tangalardan iborat katta zahiraga ega b o iish i M akedoniyaga Egey dengizi, Qoradengiz qirg‘oqlari va Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi hududlarida savdo aloqalarini olib borish imkonini berdi. Ulkan flot qurilishi bilan dengizda u katta oijalarga ega b o id i. Filipp II bir necha yil Yunonistonda (Fivada) yashagani bois, yunon harbiy qismlari kamchiliklarini yaxshi bilar edi. Filipp II ning islohotlaridan biri yunon harbiylarining kuchli taraflarini o‘z armiyasiga joriy qilganida edi. Asosiy harbiy tuzilishga kiritilgan 196 o ‘zgarishlardan biri sifatida og ‘ir qurollangan piyoda qismlami joriy qiladi. Agar yunon q o ‘mondonlari o‘zining harbiy qatorlarini bitta qismga birlashtirgan bo‘lsa, Filipp II buni aksini qilgan va jangda ushbu harbiy taktika ustunlikni ta ’minlagan. Bunday taktika va tuzilishi unga jangda muvaffaqiyatlar garovi boigan : Filipp II davlat boshqaruvida ham katta islohotlami amalga oshirdi. Birinchi b o iib mustaqil knyazliklami yo‘q qildi. U aristokratlami to‘plab davlat xizmatiga oldi. Filipp II mamlakatdagi yoshlardan shaxsiy gvardiya tuzib, podsho xos soqchilarini tayyorlagan va o ‘ziga sodiqlik ruhida tarbiyalagan. Filipp II o‘z oldiga davlatni markazlashtirish maqsadini qo‘yadi. Boshqaruvining birinchi besh yilligida bir qancha islohotlami bajarishga harakat qiladi. Jumladan, o‘zining shimoliy chegaralarini illeriyalik va frakiyaliklar hujumlaridan himoyalash va o ‘z ta’sir kuchini Xalkidika yarimoroliga yoyish edi. U frakiyalik bilan illeriyaliklarga qarshi kurashish uchun ittifoq tuzdi. Chunki, ular mamlakat shimoli-sharqini talon-taroj qilayotgan edi. Keyinchalik u Malos qabilasi oqsoqolining qiziga uylanib ular bilan ittifoq tuzadi. Illeriyaliklar yengiladi va tinchlik so‘rashadi. Filipp II Olimp shaharlari bilan kurashish uchun Afinaga yon berishga majbur b o iad i. Ayniqsa, Filipp Anfiopol shahri bilan strategik aloqani y o ig a qo‘yadi. Bu shaharga o ‘z vaqtida Afma da’vogar edi, biroz vaqt o‘tib bu safar Olimp bilan ittifoq tuzib shu shahami egallaydi. Mil. a w . IV asming 50-yillari o ‘rtasida Filipp Iisharqqa qarab yura boshlaydi va Frakiyaning Egey dengizi qirg‘oqlarigacha yetib boradi va Filipp shahriga asos soladi. Makedoniyani Xalkidika yarimoroliga harbiy yurishlari Frakiya qirollarini birlashishga majbur etdi va Olimp hamda Afma boshchiligida Xalkidika ittifoqi tashkil etiladi. Lekin Afma ittifoqchilariga o ‘z qo‘shini bilan unchalik ko ‘p yordam berolmaydi va makedoniyaliklar tomonidan m a g iu b etiladi. Filipp II o ‘zining shimoliy chegaralari va Xalkidikadagi siyosiy maqomini mustahkamlab olgandan so‘ng, o ‘rta yunon siyosatiga ta ’sir ko‘rsata boshladi. Yunon shaharlarini ichki ishlariga aralashishi oqibatida yunon-shahar davlatlarining Vatan urushi (mil. a w . 355- 346-yy) boshlanadi. Harbiy Yurishlar natijasida Apollon ibodatxonasiga tegishli bir qancha hududlarni egallab oladi. Apollon Xudosiga o ‘z muhabbatini ko‘rsatish uchun Filipp 3000 ta fakidiyalik 197 asirlami dengizga cho'ktirib yubordi. Fessaliya ham Filipp II ning qudratini tan olishga majbur bo‘ladi. Filipp II ning Yunonistonda mavqeyini ortib borishi, doimiy ichki ishlarga aralashuvi Afinani ehtiyot b o iish g a undaydi. Makedoniya armiyasini o ‘rta Yunonistonga kirib borishini to'xtatish uchun Fermopil yo‘lini egallab oladi va Filippni Fessaliyaga kirib borishini to‘sib qo‘yadi. Makedoniyaliklami 0 ‘rta Yunonistonga yurishi omadsiz tugagandan so‘ng ular yana janubiy Frakiya hududlarini bosib olishni boshlaydi. Kuchli tayyorgarlikdan keyin Xalkidika ittifoqi markazi bo‘lgan Olimp shahriga hujum qiladi. Afmaliklar Olimpga yordam berish uchun unga 17 triera 300 otliq va 400 goplit jo ‘natadi. Lekin Filipp yordam kelgunga qadar shahar taqdirini hal qiladi. Yunonlaming eng katta shaharlaridan biri bo'lgan Olimp vayron qilinadi va aholisi shahami tark etadi (mil. a w . 348-y.). Xalkidika ittifoqi tarqatib yuboriladi. Filipp II yana Vatan urushiga aralashishni boshlaydi. Afina esa Xalkidika va janubiy Frakiyadagi yo‘qotishlardan keyin bu tarafdagi o‘z hududlarini saqlab qolish maqsadida Filipp II bilan sulh tuzadi. (Bu sulh mil. a w . 346-yiida Filokrad sulhi nomi bilan tarixga kirgan). Filipp II Afma bilan urushni to ‘xtatgandan keyin markaziy Yunoniston ishlariga aralasha boshladi. U Fivani taklifini qabul qilib o‘zining armiyasini Fakidiya hududlariga olib kiradi. Filipp II o‘zining bor e’tiborini Fakidiya va Fermopil yaqinidagi muhim strategik punktlarini nazorat qilishga qaratadi. Mil. a w . 346-yil qariyb o‘n yil davom etgan Vatan urushi nihoyasiga yetadi. Bu urush bir tarafdan yunon polislarining kuchsizlanishiga olib kelgan bo‘lsa, Makedoniya davlatining siyosiy hokimiyatini yanada kuchaytirdi. K o rin f Kongressi. Mil. a w . 337-yil Filipp II tashabbusi bilan Korinfda umumyunon kongressi chaqirildi. Bu yo‘l kongressda Yunonistondagi Makedoniya gegemonligini huquqiy jihatdan mustahkamlash va yunonlami Makedon podshosi qo‘li ostida birlashtirish edi. Kongressda yunon xalqlarining Ellin ittifoqi tuzildi, Filipp П esa gegemon sifatida e’lon qilindi. Filipp II harbiy qo‘shin oliy bosh qo‘mondoni bo‘ldi va tashqi siyosat boshqaruvini ham o‘z qo‘liga oldi. Barcha yunon urushlari to'xtatildi va Yunonistonda umumiy tinchlik o‘matildi. Bir-birining ichki ishlariga aralashish ta’qiqlandi va siyosiy tuzilishni o‘zgartirish man qilindi. 198 Qaroqchilarga qarshi urush e ’lon qilindi. Dengizlarda savdo-sotiq maqsadida suzuvchilami ozodligi mustahkamlandi. Filipp II mil. avv. 336-yilda Kichik Osiyoga yurish arafasida o ‘z xizmatkori tomonidan oidiriladi. Makedoniyalik podshoning vorisi sifatida uning o‘g ‘li Aleksandr taxtga o ‘tiradi. Uning ismi bilan yunon tarixida ellinizm yangi davrga o ‘tadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling