Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Granik jangi ( mil. a w . 334-yil).
Kichik
Osiyoning istilo etilishi. M akedoniya mustahkamlangach, Aleksandr mil. a w . 334-yilning bahorida Osiyoga yurish boshladi. Uning armiyasi to‘liq 37.000 kishi edi, bundan Makedoniya falanga piyodalari 12.000 nafar, qo‘shimcha 3.000 kishilik «qirol gvardiyasi” va 1800 kishilik otliq askarlar edi. Bundan tashqari, Illiriya va Tihrasaning 9.000 ga yaqin yunon piyoda va otliq askarlari ham mavjud edi. Q o‘shinlaming transport vositasi bo‘lib 200 ta yunon kemalari xizmat qiladi. Aleksandming Osiyodagi dastlabki harakatlari xuddi teatr sahnasidagiday bo‘ldi. U Osiyo tuprog‘iga qadam qo‘ygan ilk Makedoniya podshosi bo‘ldi. Keyinchalik Aleksandr Troya shahriga bordi, afsonaviy Troya shohi Triamdan Afinani bosib olgani uchun kechirim so‘radi va ajdodi Axillesga xurmat ko‘rsatdi. Granik jangi ( mil. a w . 334-yil). Forslar Aleksandmi dastlab hozirgi Turkiya hududida kutib olishdi. Ilk to ‘qnashuv Granik daryosi, hozirgi Ko‘chabosh bo‘yida, Anatoliyaning shimoli-g‘arbida b o id i. Bu davrda forslar tomonida yunon yollanma askarlari ham bo ig an . Jangda Aleksandr Troyadan Afinaga keltirilgan zirhda tushdi. “Axilles zirhi” deb nom olgan bu zirh forslami sarosimaga soldi. Jangda Aleksandr yaralanib, uning hayotini hamshirasining akasi Klit qutqarib qoldi. Jangda Aleksandr 2. 000 nafar vatan xoinini qatl ettirdi, tirik qolganlarini Makedoniyagacha bo‘yinlarida zanjir bilan olib bordi. Aleksandr askarlari Anatoliyaning janubi bo‘ylab g'arbga harakat qila boshladi va fors satrapliklari Lidiya, Kariava Lusiani egalladi. Mil. a w . 333-yil bahorigacha Aleksandr hozirgi Anatoliya markazi Anqara, o‘sha paytdagi Frigiya poytaxti Gordiumga yetib bordi. Kichik Osiyodagi m agiubiyatlardan keyin Doro III qo‘shinga iste’dodli sarkarda Memnonni qo‘mondori qilib tayinlaydi. Memnon Milet shahrini mustahkam qilishga harakat qiladi, lekin tasodifiy 200 halokat tufayli vafot etadi. Aleksandr ixtiyorida otliq va piyoda qo‘shinlardan tashqari, harbiy flot ham b o igan ligi va qamal dengizdan ham amalga oshirilganligi hisobiga M ilet shahri egallandi. Endi Aleksandr Kichik Osiyoning ichiga qarab - Kappadokiyaga qarab harakat boshladi. Bu yerlarda yashovchi mahalliy qabila va elatlar Eron hokimiyati ostida bo‘lsalar ham, mustaqillikka intilar va Eron zulmidan aziyat chekar edilar. Shu tufayli ular Aleksandr va M akedoniya armiyasini xursandchilik bilan kutib oldilar. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling