Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Arxidam urushi va mustahkam bo‘lmagan yarashuv. mil. avv
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxidam urushi va mustahkam bo‘lmagan yarashuv. mil. avv.
431-yilning bahoriga kelib tomonlar tayyorgarlikni tugatishdi. Urush harakatlari fivaliklaming Afinaga ittifoqdosh bo‘lgan beotiylar shahri Plateyaga kutilmagan hujumi bilan boshlandi, lekin fivaliklar otryadi tor-mor etildi. Asirga olingan jangchilar qatl etildi. Ular orasida ko‘zga ko‘ringan fivalik aristokratlar ham bor edi. Javob tariqasida katta Peloponnes qo‘shinlari yoz oyi boshida Attika hududiga kirib bordi. Peloponnesliklarga spartalik hukmdor Arxidam qo‘mondonlik qildi. Shuning uchun ham Peloponnes urushlarining butun birinchi davrini mil. a w . 421-yilgacha Arxidam urushi deb atashadi. Dushmanlaming hujumi qishloq aholisini shaharga ko ‘chib, uning devorlaridan panoh topishga majbur qildi. Ammo, Perikl dushmanning ustun qo‘shinlari bilan ochiqdan-ochiq jangga kirish tavakkal ekanini anglab turardi va shuning uchun yurtdoshlarini bunday to ‘qnashuvdan saqlab qolishni uddaladi. Attikaning shimoliy qismini bo‘m-bo‘sh qilgach, Arxidam tezda o‘z qo‘shinini Peloponnesga qaytarib olib ketdi, afinaliklar esa jonli kuchlarini saqlab qolishdi. Bu orada Afinaning floti Peloponnes bo‘ylab tekshiruv, reyd o ‘tkazib ulgurgandi. Afinaliklar qirg‘oqbo‘yi hududlarini bo‘shatib, ulami o ‘zlarining Kefalleniy orollari itiifoqiga birlashtirishdi hamda Korinfning bir koloniyasini ham qo‘lga kiritishdi. Undan tashqari, afinaliklar ikkita qaqshatqich operatsiyani amalga oshirishdi: Eginadan spartaliklami qo‘llab-quvvatlagani uchun mahalliy aholi quvg‘in qilindi va u yerga Afina koloniyalari joylashtirildi, yil oxiriga borib esa Megaraga yurish qilindi. Mil. a w . 430-yilda peloponnesliklar Attikaga takror yurish qildi; bu safar Arxidam ancha ichkariga kirib bordi va mamlakatda deyarli bir yarim oy qolib ketdi. Dushmanlar yana ekinlami yo‘q qilib, Afina dehqonlarining uylarini yoqib yuborishardi. Qishloq xo‘jaligi 184 hududlarining vayron etilishi afmaliklar uchun og‘ir zarba b o id i, ammo undan ham yomoni shundaki, Pirey bandargohi, so‘ngra Afinaning o ‘zida ham vabo tarqaldi. Uncha katta hududga ega b o im ag an va oddiy gigiena shart-sharoitlari mavjud b o im ag an bu shaharda 200 minggacha odam to ‘plangan edi. Epidemiya aql bovar qilmas darajada tez tarqalib borardi. Fukididning guvohlik berishicha, jang salohiyatiga ega b o ig an armiyaning to‘rtdan bir qismi halok b o id i. Bundan tashqari Afina xalqining m a’naviy ahvoli ogirlashib, ishonchsizlik kayfiyati avj olib borardi. 0 ‘sha vaqtning o ‘zidayoq Perikl floti yordamida Peloponnes atrofida yana reyd o ‘tkazdi, biroq shimoliy va sharqiy sohildagi bir nechta punktlaming vayron etilishidan boshqa natijaga erishilmadi. Keyin flot va qo‘shin Xalkidika qirg‘oqlariga yo‘naltirildi, lekin bu yerda afmaliklaming harakatlari epidemiya tufayli mutlaq cheklangan edi. Kasallik yangi qo‘shilgan jangchilam ing uchdan birini nobud qildi va mil. a w . 432- yildan beri Potideyani qamal qilib kelayotgan Afma qo‘shinlariga o‘tdi. Bu hamma muvaffaqiyatsizliklar natijasida Perikl siyosiy jihatdan quladi. Mil. a w . 430-yilning yozida navbatdagi mehnat yili uchun strateglar tanlash saylovida oxirgi 15 yil ichida birinchi b o iib u Afinadagi eng muhim bu lavozimga saylanmadi. Ammo Periklning chetlatilishi Afinada siyosiy oqimning o ‘zgarishiga olib bormadi. Sparta bilan muzokaralar olib borish haqidagi taklif va urinishlar tez orada qoldirildi: ikkala tomon ham yon bosishni xohlamasdi, urush davom etdi. Mil. a w . 430/29-yilning qishida afmaliklar holati biroz yaxshilandi: ular nihoyat Potideyani q o ig a kiritishdi; Afina floti K orinf ko ‘rfaziga kirib borib, Korinfni qamal qila boshladi. Afinada siyosiy vaziyat biroz yengillashadi. Perikldan ayblari olib tashlanib, u yana strateg etib tanlandi. Lekin bu mashhur afinalik siyosatchining so‘nggi zafari edi: mil. a w . 429-yilning kuzida uning o ‘zi shafqatsiz kasallikning qurboni b o id i. Perikldan so‘ng Xalq y ig in id a Юеоп ancha ko‘zga ko‘ringan edi, lekin u shunchaki demagog(balandparvoz so‘zlar, va’dalar bilangina cheklanadigan siyosiy arbob) edi; harbiy ishlarga esa Perikl davrasidan b o ig an Nikiy ismli aslzoda strateg boshchilik qilardi. Tashabbuskor sardoming yo‘qligi darrov sezildi: mil. a w .. 429-yilda afmaliklar bironta ham faol harbiy yurishlami amalga oshirishmadi. Ammo dushman tomon dadil harakat qilardi: peloponnesliklar Plateyani qamal qilishni boshlab g ‘arb tomonga ikkita: quruqlikda - Akamaniyaga, dengizda esa - Navpaktdagi Afma 185 flotiga qarshi hujum uyushtirishadi. T o‘g ‘ri, ikkala harakat ham omadsizlik bilan tugadi, biroq peloponnesliklaming dengizda ancha faol ekanligi namoyon b o id i. Mil. a w . 428-yil afinaliklar uchun og‘ir sinovlar yili b o id i. Spartaliklar yana Attikaga hujum qilishdi va deyarli darhol shu voqeadan keyin muhim orol Lesbosda qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Bu orolning ajralib chiqishi Afinaning Egey dengizini shimoli-sharqiy qismida hukmronligini xavf ostida qoldirardi. Afina xalq y ig in id a bosh ko‘targan lesbosliklar harakati bostirildi. Lesbos shaharlari (sodiq qolgan M etimnadan tashqari) o ‘z avtonomiyasi va flotidan mahrum qilindi, qatl hukmi faqatgina qo‘zg‘olonning eng faol ming nafar ishtirokchilariga berildi. Lesbos yerlarining sezilarli qismi esa 2700 ta Afma kolonistlariga b o iib berildi. Lesbos va Kerkiradagi voqealar Afma himoyasining kuchsiz tomonini ko‘rsatib qo‘ydi. Separatchilik harakatlari va davlat qulashining ehtimoli kuchayib borar edi. Afinaliklar o ‘z manfaatlari y o iid a olib borgan urush ittifoqchilaming noroziligini keltirib chiqardi, xolos. Shu bilan birga, Afinaning hatti-xarakatlari ittifoqdosh shaharlarda noroziliklami keltirib chiqardi. Natijada Peloponnes urushlari xususiy jangovar to‘qnashuvdan ko‘ra ko'proq butun-yunon ijtimoiy-siyosiy nizosiga aylanib borar edi. Mil. a w . 427-yilning kuzida strateg Laxet 20 ta kema bilan Sitsiliyaga suzib ketdi. U ulkan ulkan zafarlar quchdi. Shu tariqa Messapa afinaliklar tomoniga o ‘tdi. Mil. a w . 426-yilda muvafaqqiyatdan ruhlangan afinaliklar spartaliklarni muzokaralar boshlashga urinishini rad etganlaridan so‘ng 425-yilda spartaliklar 5- marta Attikaga hujum qilishdi. Bu orada afmaliklar Sitsiliyaga 40 ta kemadan iborat yangi eskadrani yuborishdi. Ekspeditsiyaga bosh etib mohir strateg Demosfen tayinlandi. U dushmanga sezdirmasdan Messeniyaning g‘arbiy sohilidagi Pilos bandargohiga tushdi va u yerda uncha katta bo im agan otryad bilan qolib himoya qo‘rg‘oni qura boshladi. Afinaliklaming Messeniyaga -doim o ilotlaming bosh ko‘tarishiga tayyor b o ig a n mamalakatga o ‘mashib olishi spartaliklarni Attikaga yurishini darrov to‘xtatishga majbur etdi. Demosfenni tashqi dunyodan uzib qo‘yish maqsadida spartaliklar Pilos bandargohiga boradigan y o in i to ‘sib qo‘yadigan Sfakteriya orollarini egallashadi. Shu vaqtda Sitsiliyaga yuborilgan Afina fioti yetib keldi. Afmaliklar Peloponnes eskadrasini yakson qildi va spartaliklaming Sfakteriyadagi garnizonini qamalgaoldi. Spartaliklar 186 tinchlik muzokaralarini olib borishni taklif qilishdi. Nikiyning guruhi, aftidan, bu taklifni qabil qilishga moyil edi, lekin Kleonning partiyasi bunga rozilik bermadi. Mil. a w . 424-yilda afinaliklaming yangi hujumi bilan boshlandi: Nikiy Lakon sohillari yaqinida joylashgan Kifer orollarini q o ig a kiritdi, boshqa strateglar esa megaralik demokratlar bilan til biriktirib Megaraning bandargohi Piseyani qo‘lga kiritishadi. Bu Afina zafarlarining eng yuqori nuqtasi edi, biroq g ‘alabadan mast bo‘lgan Megaradagi afinaliklar shunday natijaga Beotiyada ham erishmoqchi b o iad ilar. Afma qo‘shinlarining Beotiyadagi harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. 0 ‘sha vaqtda afinaliklar uchun shimoldagi vaziyat keskinlashdi. Yosh spartalik qo‘mondon Brasid ajoyib g‘oyani ilgari surdi. U Frakiyada yangi front ochish, Afinadan norozi ittifoqchilami o ‘z tomoniga og‘dirib shu y o i bilan Afinaga qaqshatqich zarba berish rejasini tuzadi. Brasid ilotlar va yollanma jangchilardan uncha katta b o im ag an otryad tuzib, Xalkikka yetib keldi. M akedoniyalik hukmdor Perdikka darhol Sparta tomonga o4di. Brasid Afinaning shimoldagi hukmronligining poydevori bo‘lgan Amfiopol shahrini qo‘lga kiritdi. Afinaliklaming Beotiya va Frakiyadagi m agiubiyatlariga yana bittasi qo‘shildi: afinaliklaming faolligidan qo‘rqqan Sitsiliyadagi yunon shaharlari ichki urushlami to‘xtatish haqida kelishib olishdi va Afma floti oldiga kelgan joyiga qaytib ketish shartini ko‘ndalang qo'ydi. Bu ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar harbiy partiyaning obro‘sini zaiflashtirib qo‘ydi. Sparta bilan tinchlik haqida muzokaralar boshlanadi. Yil tugashi bilan Kleon urush harakatlarini qayta tiklab, uning o ‘zi shimolga yurishga boshchilik qildi va qisqa muddat ichida boy berilgan punktlar ustidan Afma nazoratini qaytardi. Lekin Amfipolga ketishda Kleonni Brasid qarshi oldi va Kleon m ag‘lub bo‘ldi. Afina m ag‘lubiyatga uchradi Kleonning o‘zi esa jangda halok b o ‘ldi. Spartaliklar kam talofot ko‘rishdi, lekin nobud bo ‘lganlar ichida Brasidning o ‘zi ham bor edi ( mil. a w . 422- yil). Jang qilayotgan ikkala tomonning sardorlarini bir vaqtdagi o ‘limi yana tinchlik muzokaralari uchun yo‘l ochadi. Ikki tomon ham 10 yillik urush davomida bir-birini yengish mumkin emasligiga ishonch hosil qildi. Afinada moliyaviy va odam resurslari sarflanib bo‘lgan edi. So‘nggi mag‘lubiyatlar dengiz qo‘shinlarini ancha kuchsizlantirib, g ‘alabaga bo‘lgan ishonchini so‘ndirdi. Spartaning ham og‘irlashdi. 187 Bunday sharoitda mil. avv. 421-yil bahorida Sparta va Afina tinchlikka erishdi. Tomonlar urushdan avvalgi vaziyatga qaytib, afmaliklar Pilos va Kiferani, spartaliklar-Amfipolni qaytarib berishga kelishib oldilar. Afmadan ajralib chiqqan Xalkidika shaharlari o ‘z mustaqilligini saqlab qoldilar, ammo afinaliklarga dastlab belgilangan hisobda o‘lpon to‘lab turish majburiyati belgilandi. Barcha asirlar kelishilgan holda almashildi. Bu tinchlik tantanali ravishda 50 yilga qabul qilindi. Bu kelishuv uning afinalik tashabbuskori Nikiy sharafiga “Nikiy sulhi” deb ataldi. Mil. avv. 421-yilda tuzilgan kelishuv unchalik mustahkam bo‘lmagan yarashuv edi. Sulhni tuzgan ikki davlat uning shartlarini bajarishga unchalik shoshilmadilar. Sparta Amfipolning Afinaga qaytarib berilishini ta’minlamadi (ular shunchaki o‘z qo‘shinlarini shahardan olib chiqib ketdilar, biroq shahar mustaqilligini saqlab qolgan edi), afmaliklar ham o‘z o ‘m ida Pilos va Kiferani qaytarishga shoshilmadilar. Na Potideya va Kerkira, shuningdek, Afina q o ii ostida qolib ketganiga sira ko‘nika olmagan Korinf, na Xalkidika shaharlari Nikiy tinchlik sulhini tan olmadilar. Bu orada Afinada tinchlik tarafdori b o ig a n partiyaning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Periklning jiyani b o ig a n Alkiviad urush tarafdori edi. Mil. a w . 420-yilda Alkiviad birinchi strateg etib tayinlandi va o ‘shandan boshlab o ‘z davlatining siyosatiga ta ’sir ko‘rsatib, uni urush tomon yaqinlashtirdi. Afinada urush kayfiyatiga qaytayotganligini uning mil. a w . 420-yilda Argos, M antineya va Elida bilan ittifoqqa kirishi guvohlik beradi. Natijada K orinf Spartaga qarshi ittifoqdan chiqib, u bilan yaqinlashib oldi. Mil. a w . 419-yilda Afina va Argos Epidavrga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Epidavrga spartaliklar yordamga kelishdi, mil. a w . 418-yilda esa vaziyat Sparta va Afma yordam berayotgan o‘sha Peloponnes ittifoqi o‘rtasida ochiq urush boiishigacha yetib bordi. Nikiyning noto‘g ‘ri harakatlari va qaror qabul qila olmaslik qobiliyati tufayli Afma yomon ahvolda edi. Sparta Mantineya yaqinidagi jangda dushmanlarini yer bilan yakson qildi va butun Peloponnesda o‘z gegemonligini o ‘rnatdi. Bu Afinada siyosiy inqirozga olib keldi: Giperbolning tashabbusiga ko‘ra demokratiya siyosiy arboblarni ostrasizmga (qadimgi Yunonistonda sodiq b o im ag an fuqarolami q u v g in qilish) hukm qildi. Keyingi yillarda Afinada hal qiluvchi rolni Nikiy va Alkiviad o‘ynadi. 188 Mil. avv. 415-yilda bir nechta tashqi siyosiy zafarlardan keyin Sitsiliyaga ajoyib ekspeditsiyani uyushtirishga kelishildi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling