Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Sitsiliya ekspeditsiyasi va Dekeley urushi. Mil. avv. 416-yilda
Sitsiliyaning kichik bir shahri Egesta o‘z qo‘shnisi, qudratli Sirakuza qo‘llab-quvvatlab turgan, doriylaming Selinuntiga qarshi kurashda Aflnadan yordam so ‘raydi. Afina savdogarlarini Sitsiliyaning hosildor yerlari o ‘ziga jalb qilgan bo‘lsa, dengizchi va eshkakchilami uzoq sayohat o ‘ziga tortardi. Xalq yig‘ini katta flot va qo‘shin yuborishga qaror qildi. Tashqaridan qaraganda bu Egestaga ko‘rsatiladigan yordam edi, aslida esa ular Sirakuzaga qarshi kurashib, butun Sitsiliyani egallab olishmoqchi edi. Bu ekspeditsiya uchta strateg - Alkiviad, Nikiy va Lamaxga bo‘lib berilgan edi. Mil. a w . 415-yilning bahoriga kelib hammasi tayyor bo‘ldi va 6 mingdan ortiqroq jangchi joylashtirilgan ulkan armada urushga shay holatda Pirey portida jam landi. Ammo suzib ketish oldidan boshlangan barcha harakatlarga soya solgan noxushlik sodir b o ‘ldi. Bir kechada Afinada qandaydir bezorilar hamma germlami - savdo va sayohat xudosi Germes tasvirlangan tosh ustunlarni buzib ketishadi. Ammo, bu voqea ko‘pchilik tomonidan shunchaki bir necha ichib olgan yoshlam ing bezoriligi emas, balki fitnachilaming demokratiyaga qilgan tahdid d a’vati sifatida qabul qilindi. Bunda Alkiviad shubha ostiga olindi. 0 ‘z navbatida Sitsiliyada afinaliklami yaxshi kutib olishmadi: Naksos darvozaiarini cchdi, lekin Katanga kuch bilan kirishga to ‘g ‘ri keldi. Bu ikki shaharda o ‘rnashib olgach afinaliklar Sitsiliya qirg‘oqlaridan ichkariga suzishdi. Afinaliklaming asl maqsadi ko‘pgina sitsiliyaliklarga ayon b o ‘lib bo‘lgan edi. Bu orada Afinada “muqaddas marosim” tergov ishlari davom etardi. Alkiviadga qarshi ish ochildi va uni Afma sudiga olib kelish uchun Sitsiliyaga maxsus kema yuborildi. Alkiviad kelganlar bilan yo‘lga tushdi, ammo y o id a kemadan qochib, qirg‘oqqa yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. U suddan qochganligi bilan o ‘z aybini isbotladi. Afinada uni o ‘limga hukm qilishdi, ismini la’natlab, mulkini musodara qilishdi. Bu esa voqealar rivojiga o‘z ta’sirini o ‘tkazmay qolmadi. Bosh qo ‘mondonga aylangan Nikiy maqbul y o ‘l!ar bilan harakat qilmayotgan edi. Mil. a w . 414-yilning bahorida afmaliklar Sirakuzaga yaqin kelib uni qamal qila boshlaydi. Qish bo‘yi sirakuzaliklar shahar atrofida yangi himoya chizig‘ini yaratishdi, kuchli qo‘shin to ‘plab Peloponnes davlatlarining qo‘llab-quvvatlashi 189 va yordamidan bahramand bo‘layotgan edilar. Ular afinaliklaming qamal harakatlarini yo ‘qqa chiqarishni uddalashdi. Mil. a w . 413- yilning bahorida sirakuzaliklar dengizda ham ancha jonli harakat qilishga o ‘tishdi. Sirakuza yonidagi Afma qo‘shinlari xavf ostida qolgandi. Bu orada Yunonistonning o ‘zida ham urush qayta boshlandi. Mil. a w . 414-yildayoq spartaliklar armiyasi Afinaning ittifoqdoshi Argos yerlariga bostirib kirgan edi. Afinaliklar floti javob tariqasida Lakonika qirg‘og‘iga hujum qiladi. Afinani tinchlik sulhini buzganlikda ayblab spartaliklar qo‘shini shoh Agis qo‘mondonligida keyingi bahorda Attikaga bostirib kirishdi. Bu paytga kelib Spartaga o‘tishga muvaffaq b o ig an Alkiviadning maslahatiga ko‘ra ular Afma shimolidan 20 km uzoqlikda joylashgan Dekeleyani egallashdi va Attikaning yarmini doimiy kuzatuv ostiga olishdi. Spartaliklar Afinaga qarshi hamma operatsiyalarini Dekeleyadagi bazalariga tayanib olib borganliklari uchun Peloponnes urushlarining bu bosqichini Dekeleya urushi deb ham nomlashadi. Spartaliklar qo‘shinini Afinaga bu qadar yaqin ekanligi dahshatli tahdid uyg‘otardi. Shunga qaramay afinaliklar Sitsiliyadagi kampaniyani davom ettirishardi. Mil. a w . 413-yilning yozida ular u yerga yangi, aw algisidek katta flot va q o ‘shinlami mashhur Demosfen boshchiligida yuborishdi. Biroq Sitsiliya va Peloponnesdagi ittifoqdoshlaridan yordam etib kelishi natijasida sirakuzaliklar bilan b o ig an ikkita jangda Afina floti m ag iu b b o id i. Afinaliklar Sitsiliya janubiga y o i olishdi. Ulam ing bir qismi asirga tushdi, Nikiy va Demosfenni esa tinch holatdagi davlatga asossiz hujum qilgan qo‘mondonlar sifatida qatl qilishdi. Afinaning Sitsiliyadagi m agiubiyati ulkan talofotli b o id i. Shunchalik ko‘p odam va kemalar yo‘qotilgan ediki, ulami yaqin yillar ichida tiklab olishning iloji yo‘q edi. Afinaning eng muhim ittifoqdosh shaharlari - Evbeya, Lesbos va Xios - yashirincha peloponnesliklar bilan aloqaga kirishishdi. Tez orada bu harakat butun Ioniya va Eliodani egalladi. Separatistlami qoilab-quvvatlash uchun spartaliklarga katta flot kerak edi. Biroq uni qurish katta m ablag‘ni talab qilardi, spartaliklarda esa bu mablag1 yo‘q edi. Shunday sharoitda Sparta Eron bilan yaqinlashdi. Sparta kerakli ko‘makni oldi, ammo ular fors hukmdorining butun Kichik Osiyoda, bir necha sohilbo‘yi yunon shaharlarini ham hisoblagan holda, hukmronligi va hokimiyatini tan 190 oldilar. Eron Sparta yordamida o ‘zining eski dushmani Afina bilan hisobni tenglashtirib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mil. avv. 411-yilning boshiga kelib Afma qo‘li ostida Lesbos, Samos, Kos va ikki-uchta Kichik Osiyo sohillaridagi shaharlar qoldi. Barchaomadsizliklar natijasida mil. avv. 411-yili Afinada siyosiy inqiroz yuzaga keldi. Sofist Antifont, Frinix hamda Pisandming sa’y- harakatlari bilan butun hokimiyat oligarxlaming 400 lar Kengashiga topshirildi. Oligarxiya g ‘olib bo‘ldi, ammo ulaming g‘alabasi uzoqqa cho‘zilmadi. Aholining katta qismi demokratik an ’analar davomchisi bo‘lgan Afinada oligarxik tuzumning mustahkam va uzoq davom etishi uchun poydevor yo‘q edi. Oligarxlaming Samosdagi flot va qo‘shinni o ‘z nazoratiga olish harakatlari samarasiz bo‘ldi. Demokratiyaga moslashgan jangchilar dengizchilar, eshkakchilar oligarxiya haqida eshitishni ham xohlashmasdi. Afinadagi ichki inqirozdan foydalangan spartaliklar kanallarda operatsiyalami boshlab yuborishdi. Ulaming paydo bo‘lishlarining o ‘ziyoq Afma ittifoqchilarining ajralib ketishi uchun yetarli edi. Afmaliklar uchun yana bir dahshatli zarba Evbeyaning boy berilishi b o ‘ldi. Evbeyaning boy berilishi Afinani yangi inqirozga olib keldi: 400 lar hukumati quladi va boshqaruvga Feramenning konservativ ruhdagi guruhi keldi (mil. avv. 411-yil kuz). Yangi yo‘nalish ishlab chiqildi va yangi hukumat Alkiviadga amnistiya haqida qaror qabul qildi hamda shu bilan flot bilan hamkorlikka y o ‘l ochdi. Uchta ketma-ket jangda Alkiviad va afmaliklar Peloponnes flotini yer tishlatishdi hamda suv yo ‘llari ustidan deyarli mutlaq nazoratni q o ig a olishdi. Afinada bu g‘alabalardan ruhlangan xalq bosh ko‘tardi va mil. avv. 410-yil bahorda demokratik tuzum to ialigich a tiklandi. M uvaffaqiyatlarda Alkiviadning katta hissasi edi. Mil. avv. 407-yilda Alkiviad o ‘z yurtiga qaytdi va Afm a xalqi tomonidan yuksak kutib olindi. U quruqlik va dengizdagi yakka qo‘mondon etib tayinlandi. 0 ‘sha yilning so‘ngidayoq 100 ta trieradan iborat eskadraga bosh bo‘lib Alkiviad Ioniyani zabt etish uchun yo‘lga chiqdi. Bu orada spartaliklar o 'z flotlarini tiklab olishdi va Efesda afinaliklami ham deyarli o ‘shanday eskadra kutib turardi. Sparta flotining qo‘mondoni mohir sardkarda Lisandr edi. U Sparta flotining ta’minotini o 'z bo‘yniga olgan Kir Kichkina bilan yaxshi aloqalar o ‘matgan edi. Mil. a w . 406- yilning bahorida Alkiviadning vaqtinchalik yo‘qligidan foydalangan Lisandr Afma flotiga qisman talofot yetkazdi. Bu orada Sparta floti 191 140 ta trieraga etdi. Afina floti Lesbosdagi M itelena bandargohida yakson qilindi. Mil. avv. 405-yilning bahorida Lisandr boshchiligidagi Sparta floti Gellespontda urush harakatlarini boshlab yubordi. Lisandr qulay fursatni poylab kutilmaganda afmaliklarga hujum qildi. Afina kemalari qirg‘oqda ekipajsiz turar edilar va spartaliklar ulami osongina egallashdi. Bu m ag‘lubiyat afinaliklar uchun katta falokat edi. Endi ularda yo ‘qotilganlami tiklab olishning hech qanday imkoniyati qolmagan edi. Afina davlatining taqdiri hal bo‘lgan edi. Afina mulklari bo‘ylab Lisandr o ‘z reydini boshladi. Hamma shaharlarda haydab chiqarilayotgan Afina gamizonlarining o'm iga o‘zinikilami joylashtirdi hamda oligarxik hukumat -dekarxiya (lOlar komiteti)ni o‘matdi. Mil. a w . 405-yilning kuzida Lisandr 150 ta kema bilan Afina yaqinida paydo b o id i. Bir vaqtning o ‘zida shaharga ikki tomondan spartalik piyoda qo‘shinlar yaqin kela boshlashdi. Mil. a w . 404-yilning bahorida qamaldagilaming ahvoli chidab bo‘lmas darajaga keldi. Tinchlik tarafdorlari ustun kelishdi; Afina uchun juda og‘ir sharoitlarda tinchlik sulhi tuzildi. Ular barcha tashqi mulklaridan ayrilishdi. Afinaning tashqi siyosati butunlay Spartaga qaram b o iib qoldi. Mil. avv. 404-yilning aprelida Lisandr Afinaga kirib bordi va darhol g‘oliblar xursandchiligida Uzun devorlar buzilishi boshlandi. Keyin Lisandr Samosga y o i oldi. U yerda mahalliy demokratiya Afinaga chindan sodiq qolgan edi. Uzoq muddatli qamaldan so‘ng samosliklar ham m ag iu b qilindi va shu bilan Peloponnes umshi o ‘z nihoyasiga etadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling