Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Milet qo‘zg‘oloni va Kichik Osiyoning yunon shaharlari


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109
Milet qo‘zg‘oloni va Kichik Osiyoning yunon shaharlari. 
Kichik Osiyoning yunon shaharlari fors podshosi Kir II tomonidan 
mil. avv. VI asming 40-30-yillarida egallangan. Boshida yunonlar 
bilan iliq siyosat olib borilgan, soliq olinmagan hamda ichki ishlariga 
kam aralashilgan. Kichik Osiyoda savdo bilan shug‘ullanuvchi 
mahalliy shaharlar doimo rag‘batlantirib borilgan.
Doro I taxtga kelgandan so‘ng esa yunon shaharlariga nisbatan 
agressiv siyosat yurita boshladi. Yunon shaharlarining ichki hayotiga 
markaziy hokimiyat tomonidan aralashish boshlandi. Fors boshliqlari 
- tiranlarga ko‘plab shahar hokimliklari berildi. Shaharlar qaramligi 
tufayli soliq to ‘lashga majbur etildi.
Kichik Osiyodagi M ilet shahri forslarga qarshi turgan eng kuchli 
shahar edi.
Mil. avv. 500-yilda forslardan bo‘lgan boshliq, Aristagor 
tiranlikdan voz kechib, forslarga qarshi kayfiyatdagi guruhlarga 
tay£inib, Milet aholisini forslarga qarshi qurollantira boshladi. Milet 
shahri boshqa Ioniya shaharlari bilan birlashadi.
Butun Kichik Osiyoda qo‘zg‘olonga da’vat etuvchi xabarlar 
tarqatildi. Bu chaqiriq Kichik Osiyoning barcha shaharlari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, Vizantiya va Xalkidon, Pamfiliya va 
Kiprgacha bo‘lgan hududlar ham bu chaqiriqqa qo‘shilish istagini 
bildirdilar.
168


Avval boshida Aristagor qo‘zg‘olonga o ‘zi boshchilik qiladi. 
Hattoki, Bolqon Yunonistoniga yordamga ham boradi.
Lekin ulaming yurishi natijasiz bo‘ldi: Sparta yordam berishni rad 
etdi, faqat Afina 20 ta kema, uncha katta bo‘lmagan eskadra yubordi. 
Ulardan 5 ta kemani Eritreya jo ‘natgan edi. Q o‘zg‘olon ko‘targan 
shaharlarda qo‘mondonlik joriy etildi.
Mil. avv. 498-yilning yozida qo‘zg‘olon ko‘targan shaharlaming 
qo‘shinlari Sardga yig‘ildi. Kichik Osiyo satrapliklarining qo‘shinlari 
shahami vayron qilishdi lekin akropolni olisholmadi. Bu yerga satrap 
Artafem gamizoni joylashib olgan edi. Keyingi yilda Kipr yaqinida 
bir qancha Finikiya eskadralari olib kelindi. Kichik Osiyodagi 
qo‘zg‘olonning kattalashuvi fors hokimiyati uchun jiddiy xavf 
tug'dira boshladi. Doro I ehtiyotkorlik holatini topish zarurligini 
tushunib yetdi va buning yechimini topdi. Kichik Osiyoga qo‘shimcha 
harbiy qism tashladi. Kichik Osiyodagi gamizon ikkita katta armiyaga 
bo‘lindi. A w al boshida Kipm ing yunon shaharlari va Kichik 
Osiyoning janubiy qismi itoatkorligini bildirishdi. Keyin Qora dengiz 
bo‘g‘ozlarida polislar qo‘zg‘olonlar ko‘taradi. (Vizantiya, Xalkedon, 
Abidos, Lampsk )
Yunon qo‘zg‘oloni markazlari Ioniya va Milet atroflari asta-sekin 
siqilib bordi. Qo‘zg‘olon ittifoqi mustahkam emas edi, ittifoq
parchalanib ketdi.
Forslar 
qo‘zg‘olonni 
tark 
etganlardan 
va 
“targ‘ibot”
yurg‘izganlardan oltin va saxovatini 
ayashmadi. 
Shu 
tariqa
muvaffaqiyatga erishdi.
Forslar qo‘zg‘olonchilami Efes shahri yaqiniga olib kelishgan. 
Mil. avv. 495-yilda forslar Finikiya kemalaridan (600 ta kema 
atrofida) iborat katta flot tuzadi. Q o‘zg‘olon markazi M ilet forslar 
tomonidan qamal qilindi va qariyb 1 yillik qamaldan so‘ng mil. a w . 
494-yilda egallandi. Shahar shafqatsizlik bilan vayron qilindi. 
Aholisining ko‘pi o id irildi yoki qullikka berildi.
Q o‘zg‘olon muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Q o‘z g ‘olon Doro I 
ni butun e’tiborini kuch va vaqtga qaratishga 
undadi. 
Bu
qo‘zg‘olondan so‘ng yunonlar 6 yil davomida forslar bilan to ‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri urushlarga kirisha olmadi.
169



Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling