Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Solon islohotlari. Solon atoqli siyosiy arbob, mutaffakir va shoir
b o ‘lgan. U yuzaga kelgan ijtimoiy iqtisodiy vaziyatning murakkabligini yaxshi tushungan. Solon kelib chiqishiga ko‘ra yevpatrid b o iib , savdo-sotiq bilan shug'ulangan va Afina savdo- hunarmandchilik qatlamining ehtiyojlarini yaxshi bilgan. U urug‘ munosabatlari qoldiqlariga tayanib qullik va ekspualatatsiya hisobiga quvonib yashaydigan zodagon yer egalari Afinaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga to ‘siq boiayotgani, ichki hayotda portlash xavfini keltirib chiqarayotganini teran his qilib turardi. Solon Afinaning yorqin kelajagini iqtisodiyotni umumiy jonlantirish, yer egaligini takomillashtirish, hunarmandchilik ishlab chiqarishini keng yoyish, savdo-sotiqni kengaytirish, Afina o ‘rta tabaqasining xo'jalik va savdo-hunarmandchilik faoliyati uchun kafolatlami yaratish, davlatchilik tartiblarini yangilash va siyosiy hayotga aholining keng qatlamlarini jalb qilish kabilarda ko‘radi. Katta vakolatlar bilan arxofttlikka saylangan Solon o'zining Afina davlatchilik va jam iyat tizimini isloh qilishga qaratilgan dasturini amalga oshirishga kirishadi. Solon islohotlari deyarli Afina jam iyatining barcha sohalarini qamrab oladi: iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy tizim, harbiy ish va davlat boshqaruvi. Iqtisodiy sohada Afina x o ‘jaligini umumiy faollashtirish choralarini ko'radi. Odatda qurg‘oqchilikdan jabr chekadigan Attika hududida suv bilan ta’minlash tizimini tartibga keltirishga harakat qiladi. Zaytun yetishtirishni rivojlantirishga katta e ’tibor beriladi: zaytunni Attika hududidan eksport qilishga ruxsat beriladi. 0 ‘z i6i navbatida donni olib chiqib ketish qonun y o i i bilan ta ’qiqlanadi. Zaytun daraxtlarini o‘tqazish va qayta ishlash tartibga solinadi. Ko‘rilgan choralar natijasida Attikada yog‘ ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligining serdaromad va gullab yashnagan sohasiga aylangan. Afina zaytun yog‘i mashhurligi jihatidan butun yunon dunyosida qadrlangan. Solon savdo-sotiqni yanada rivojlantirishga qulay sharoitlar yaratish uchun arxaik fidon og‘irlik va uzunlik o ic h o v birligi va beso‘naqay egina pul tizimi o ‘m iga birmuncha qulay va Egey havzasida keng tarqalgan Evbeya og‘irlik va pul tizimini joriy qiladi. Solon Afina jam iyati ichida Afinaning iqtisodiy taraqqiyotiga butun diqqat e ’tibomi jam lash uchun bir qator dabdabalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirilmagan harajatlarga qarshi faol kurash olib boradi. Qimmatbaho dafnlar, maqsadsiz ko‘p miqdorda hayvonlami qurbonlikka keltirish, hashamatii maqbaralar qurish ta ’qiqlanadi. Solon islohotlarining eng muhim jihatlaridan biri Afinaning erkin tub aholisini 4 toifaga ajratgani bo‘ldi. Bular eng ko‘p daaromadga ega bo‘lgan-pentakosiomedlar, ikkinchi toifa otliqlar, uchinchi toifa zevgitlar, to‘rtinchi eng quyi toifa fetlar edi. Kishilami m a’lum bir toifaga tegishliligiga qarab huquq va majburiyatlar belgilangan edi. Birinchi va ikkinchi toifa vakillari otliq qo‘shinda xizmat qilgan, Yuqori lavozimlarga saylangan, zevgitlar og‘ir qurolli piyoda qo‘shinlarga chaqirilgan, fetlar faqat Xalq y ig‘inida ovoz berganlar. Solon islohotlaming yana bir muhim jihati qarz munosabatlari bo‘yicha edi. Avvalo, barcha qarzlar bekor qilinib qarz toshlari olib tashlanadi. Bir vaqtning o ‘zida qarz evaziga qullik bekor qilinadi. Qarz toshlarining olib tashlanishi va qarz evaziga qullikni bekor qilinishi zodagonlarga berilgan katta zarba b o iad i. Solon o ‘rta toifa vakillarini qo‘ llab-quvvatlash maqsadida qarz foizlariga ham cheklovlar kiritdi. Bu keskin choralar Afina dehqonlarining asosiy qismini iqtisodiy holatini mustahkamlab, ulaming umumiy farovonligiga xizmat qilishi kerak edi. Harbiy siyosiy sohada ham muhim o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Qo‘shindagi Afina jamiyatini to ‘rt toifaga bo iin ish i o‘zaro bir-biri bilan chamcharchas b o g iiq b o id i. Endilikda harbiy tuzilishning asosini zevgitlardan iborat b o ig a n og‘ir piyoda goplitlar tashkil etardi. 162 Solon tomonidan amalga oshirilgan chora- tadbirlar natijasida Xalq yig‘mining faoliyati yanada faollashadi. Xalq yig‘inida muhim davlat ishlari muhokama qilinadigan, zodagonlarga qarshi qonunlar qabul qilinadigan bo'ladi. Solon xalq yig'ini ishlarini yaxshi tashkillashtirish maqsadida 400 kishidan iborat yangi Kengash (har bir filadan 100 kishi) ta ’sis qiladi. U Xalq yig‘iniga tayyorgarlik ishlariga rahbarlik qilib, bir qator muhim boshqaruv ishlarini muhokama qilardi. Xalq yig‘ini rolining oshishi va 400 lar Kengashining ta’sis qilinishi Aristokratik kengash Areopag vazifalarining cheklanishiga olib keladi. Yangi davlat organi gelieya ko‘p sonli sud jam oasi bo‘lib, barcha fuqarolardan, shu jumladan, fetlardan ham saylangan. Gelieya boshqa davlat organlari ichida eng demokratiga aylanadi. Politsiya vazifasini 11 kishidan iborat jam oa bajargan. Solon islohotlarining asosiy mohiyati shunda ediki, unda demosning keng qatlamlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Keyinchalik u demokratiya nomini oladi. Solon mil. avv. V-IV asrlarda o ‘z rivojiga erishgan Afina demokratiyasiga asos soladi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling