Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Aristokratiya
- Pitekussa
- Gerusiya
- Attika jamiyati.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Arxaik davr nechanchi asrlami o ‘z ichiga oladi? 2. Polislar davri qachon boshlangan. ? 3. Attikada demokratiya tushunchasining vujudga kelish shart- sharoitlarini tushuntiring. 4. Sparta va Afina o ‘rtasidagi qarama-qarshilik qachon boshlangan? 5. Afmada quldorlik demokratiyasining o ‘matilishi qanday oqibatlarga olib keldi? 157 Glossariy Aristokratiya - aslzoda, Yuqori qatlam. Apoykiya - mil. avv. VIII-VI asrlarda Qadimgi Yunonistonda buyuk ko’chishlar jarayonida yunonlar o’z polislari tarixini va madaniyatini unutmagan holda mustaqil polislarga asos solganlar. Shu polislami apoykiya deb ataganlar. Pitekussa — Janubiy Italiyadagi Yunon koloniyasi Arxaget - Sparta podshosiga nisbatan ishlatilgan atama: (basiley ham deyilgan). Apella - Spartada 30 yoshga yetgan erkaklaming xalq yig’ini. Urush va sulh masalalari hal qilingan. Gerusiya - Sparta davlatining oliy aristokratik tashkiloti - oqsoqollari kengashi. Mavzu: Attika xo‘jaligi, ijtimoiy-siyosiy hayoti va Yunon-fors urushlari Reja: 1. Attika jamiyati. 2. Drakon va Solon islohotlari. 3.Pisistrat tiraniyasi va Afinada Pisistratlar (mil. a w . 560- 510 yillar). 4. Klisfen qonunchiligi. Polis demokratiyasini tashkil topishi. 5. Yunon- fors urushlari. Attika jamiyati. Attikada davlatchilik institutlari Peleponnesning turli viloyatlariga nisbatan erta shakllana boshlagan bo‘lsa ham Afina faqatgina katta va qudratli davlat birlashmasi b o iib qolmasdan, polis Yunonistonining ramzi, klassik davrdagi Elladaning markaziga aylandi. Attikada polis tizimi urug‘ muassasalarining doimiy ichki transformatsiyasi orqali sodir b o id i. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, Attikada neolit davridayoq aholi istiqomat qilgan. Uning hududida mil. a w . II ming yillik oxirida qadimgi podsholik shakllangan. Peleponnesda qabilalarning jiddiy ko‘chishlariga sabab b o ig a n doriylar bosqini 158 Attikaga unchalik ta ’sir o4kazmagan. Doriylar Attikaga suqilib kira olmaganlar, bu yerda asosan qadimgi aholi (ioniylar va pelasglar) yashagan. Shu bilan birga Attikada Peloponnesdan siqib chiqarilgan b a’zi axey qabilalari ham boshpana topgan. Bu elementlardan mil. a w . I ming yillik boshlarida yunon tilining ioniy lahjasida gaplashadigan Afina qabila guruhlari paydo bo ‘ladi. Gomer davrida Attika hududida basileylar va oqsoqollar kengashi tomonidan boshqarilgan mustaqil urug‘ jam oalar bo‘lgan. Aholi qon- qarindoshchilik belgilari bo‘yicha 4 fila (qabila), u esa o ‘z navbatida 3 ta fratriyadan tashkil topgan. Har bir fratriyada bir necha o ‘nlab urug‘lar mavjud bo ‘lgan. Attikada boshqa yunon viloyatlarida bo‘lganidek, mil. a w . IX- VIII asrlarda urug‘ jam oa munosabatlari yemirilib, ilk davlatchilik belgilari paydo bo ‘ladi. Attikada polis tizimini paydo b o ‘lishi boshqa urug‘ manzilgohlar ichida Afinani yuksalishiga imkon beradi. Afinada sifatli gil tuproq b o‘lgan va u kulolchilikni rivojlanishi uchun katta turtki bergan. M azkur tuproqlar Afmadagi Dipilon rayonidan topilgani uchun Dipilon ko‘zlari deb nomlanib, butun Yimonistonda mashhur b o ig an . Afina dengizidan 5 km uzoqlikda joylashib, qaroqchilaming hujumidan pana bo‘lgan qoyali Akropolda joylashganligi Attikani boshqa manzilgohlariga nisbatan aholining xavfsizligini ta ’minlashga xizmat qilgan. Afina atrofida Attikadagi barcha urug‘ jam oalar, ulam ing bir qismi ko‘ngilli, bir qismi majburiy ravishda qo‘shilish jarayoniga (sinoykizm) jalb qilinadi. Bunday birlashuvni rivoyatlarga ko‘ra Afina qahramoni Tesey oxiriga etkazadi. Tesey butun urug‘ manzilgohlaridagi boshqaniv organlarini yo‘q qiladi. Butun Attikada barcha ishlar bilan Afinada joylashgan basileylardan iborat oqsoqollar kengashi shug‘ullana boshlaydi. M ahalliy xudo Afina - shahar homiysi sifatida Attika xudosiga aylanadi. Uning sharafiga Panafiney diniy bayrami ta ’sis qilinib, mahalliy aholi uni tantanali nishonlaydigan bo‘ldi. Afmaga boshqa manzilgohlardan ko‘plab urug‘ zodagonlarining ko‘chib kelishi shahar aholisining k o ‘payishiga olib keladi. M ulkiy va xo'jalik jihatdan tabaqalanish Afina jam iyatini uchta ijtimoiy guruhga ajralishiga olib keladi: yevpatridlar nomini olgan urug‘ zodagonlari, aholining asosiy qismi bo ‘lgan dehqon-geomorlar 159 va hunarmand - demiurglar. Siyosiy sohada basileylar - qabila sardorlari o‘z o ‘mini arxontlarga bo'shatib beradi. Oqsoqollar yig‘ini bo‘lsa o ‘z muddatini bajarib boMgan arxontlardan iborat Areopag yig‘ini yoki Areopagga aylanadi. Garchi arxontlar va Areopag urug‘ zodagonlari orasidan shakllantirilgan bo‘lsa ham yangi lavozimlar va yangi yig‘in urug‘ tizimining an’anaviy organlariga zarba beradi. Mil. a w . VIII-VII asrlarda shakllanayotgan Afina polisida yetakchi rolni urug‘ zodagonlari - yevpatridlar egallaydi. Avval barcha qabiladoshlarga tegishli bo‘lgan ko‘plab yerlar zodagonlar tomonidan o‘zlashtirib olinadi. Yeridan ajralgan qarindoshlaming aksariyat qismi qashshoqlashadi va yevpatridlarga qaram bo‘lib qoladi. 0 ‘sha davr an’analariga ko‘ra urug‘ tartiblari, y a ’ni huquq qoidalari yozilmagan, bu esa zodagonlaming o‘z manfaatlarini suiste’mol qilishlariga sabab bo‘lgan. Yevpatridlar urug' munosabatlari qoldiqlaridan yangi sharoitlarda o ‘z hukmronliklarini qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanganlar. D rako nt va Solon islohotlari. D ra k o n t islohotlari. Urug' muassasalariga eng katta zarba Afmadagi mavjud huquq normalarini mil. avv. 621-yilda arxont Drakont tomonidan yozma holga keltirishi bo‘ladi. Drakont faqatgina qadimgi davrlardan yetib kelayotgan amaldagi huquqni yozib qolmay, balki qonunchilikka o ‘sha davr ijtimoiy iqtisodiy vaziyatini aks ettiradigan bir qator yangi qonunlami ham qo‘shadi. Drakont qonunlari bo‘yicha qadimgi xun olish bekor qilinadi. Yangi sud tizimi kiritiladi, qasddan va ehtiyotsizlik tufayli yuz bergan qotillik o‘rtasidagi farq o‘matiladi. Qonunlar shaxsiy mulk huquqini mustahkamlab, shaxsiy mulkka ko‘z olaytirishga (u tomorqadan sabzavot o ‘g ‘irlash bo‘ladimi yoki yer maydonini o ‘zlashtirib olish bo‘ladimi) eng oliy jazo o ‘Hm belgilanadi. Bunday qat’iy tartib qoidalar o ‘sha davrda shakllanayotgan shaxsiy mulkni urug* tuzumidagi jam oa munosabatlari institutidan himoya qilish edi. Drakont qonunchiligi yangi davlatchilik tartiblarming o ‘matilishi va fuqarolami qattiq eksplutatsiya qilishdan manfaatdor bo‘lgan yevpatridlaming yirik g ‘alabasi edi. Biroq, Afina aholisining asosiy qismi og‘ir ahvolda yashashda davom etdi. Chunki, jam oa boyligining asosi boMgan yer, iqtisodiy hayotning dastagi yevpatridlar qo‘lida edi. Bu esa Afina fuqarolari o‘rtasida o ‘tkir norozilikni keltirib chiqaradi. “Bundan so‘ng uzoq vaqtgacha zodagonlar va xalq o ‘rtasida nizolar kelib chiqadi”, deb 160 yozgan edi, Aristotel. Bu davlatchilik tizimi oligarxik ko‘rinish olgan edi. Asosiysi kam bag'allar faqat o ‘zlari emas, balki xotin bolalari bilan qullikka tushib qoladilar. Ular pelatlar deb atalib, hosilning 1/6 qismi yoki 17% evaziga boylarning yerlarida m ehnat qilganlar. Yerlam ing deyarli barchasi ozchilik qo'lida edi. Agar ijara toiovlarini to ia m a sa o ‘zini yoki bolalarini qul sifatida olib ketishlari mukin edi. Bu holat Solon davrigacha davom etadi. Afm ada mil. avv. VII asrda ijtimoiy qarama-qarshilik shu qadar murakkab ko‘rinish oldiki, bundan qonli to ‘qnashuvlar xavfl kelib chiqadi. Bunday murakkab sharoitlarda yevpatridlar yon berib Solonni arxont sifatida saylashga majbur b o iad ilar. Unga vaziyatni m o“ tadillashtirishdan iborat b o ‘lgan o g‘ir vazifani yuklaydilar (mil. avv. 594 yil). Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling