Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
M avzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy Agora
- Diakriylar
- Yevpatrid
- Mavzu: Mil. a w . V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining inqirozi Reja
M avzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Polislar davri qachon boshlangan? 2. Attikada demokratiyainig vujudga kelish shart-sharoitlari. 3. Aflnada quldorlik demokratiyasining o ‘ziga xos xususiyatlari 4. Yunon-fors urushlarini keltirib chiqargan asosiy omillami sanab bering. 5. Yunon-fors urushlarining yunon polislari taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta ’siri. Glossariy Agora - bu Qadimgi Yunonistonda tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turgan shahar markaziy maydonidir. Delfa amfikteonasi - mil. a w . IV asrda D elfa ibodatxonasi muqaddas nomini qo’riqlovchi davlatlar ittifoqi. 0 ‘sha davrda Fokida Delfakuli ibodatxonasi bo‘lib, unga juda ko‘p qimmatbaho qurollar, oltin buyumlar sadaqa qilingan va u muqaddas hisoblangan. Diakriylar - Afina tog‘li tuman aholisi Drakont qonunlari - mil. a w . 621-yilda Afinada Drakont nomli arxont tomonidan qabul qilingan. Ushbu qonunga ko ‘ra ho’l meva o ‘g ‘irlagani uchun ham, odam o ‘ldirgani uchun ham o ‘lim jazosi joriy qilingan. Bu qonunni oddiy xalq (demos) shu sababli, siyoh bilan yozilmagan, balki qon bilan yozilgan deb baholagan. Yevpatrid - Qadimgi Yunonistonda nasl-nasabi oliyjanob bo’lgan zodagonlar. Tiraniya- Qadimgi Yunonistonda davlat tuzilishlaridan biri. Davlat tiran tomonidan idora qilingan. Dastlabki tiraniyalar mil. a w . VI-V asrlarda Yuzaga kelgan. Pisistrat va Polikrit tiraniyasi bunga misoldir. 177 Mavzu: Mil. a w . V-IV asrlarda Yunoniston. Polis tizimining inqirozi Reja: 1. Afinada quldorlik demokratiyasining rivoji. 2. Peloponnes urushlari(mil. avv. 431 - 404 -yy). 3. Polis tizimining inqirozi. Afinada quldorlik demokratiyasining rivoji. Yunon shahar- davlatlarining raqobati va Afina demokratiyasining rivoji. Yunonistonda fors bosqinini bartaraf qilish jarayonida kuchli ellinistik umumiylik shakllandi. Uchinchi bosqinni oldini olishga intilib, ko‘plab yunon polislari urushda harbiy dengiz kuchlari jihatidan alohida o‘rin egailagan Afina boshchiligidagi ittifoqqa birlashdilar. Bu ligadan kelgan daromadlar natijasida Afina polisining mavqei yanada ortadi, jam iyatda boshqaruv ishlarida qatnasha oladigan erkaklar soni ko‘paygan. Oddiy fuqarolar rivojlanib borayotgan shaharlar aholisining asosiy qismiga aylanib bordi, biroq ular boy va aslzodalarga siyosiy boshqaruvda an’anaviy monopol boshqaruvni qoilab-quvvatlashlariga halal berardilar. Haqiqatda Afinaning imperiya korxonalari Attikadagi qullar sonini oshirdi va erkak fiiqarolari orasida tenglik o ‘sib borsada, ayollaming mavqei pastligicha qolaverdi. Kserks m agiubiyatidan keyingi o‘n yillar mobaynida Afina shahri asosiy madaniy markazga aylandi. Barcha sayohatchilar xudo Dionis sharafiga qo‘yiladigan tragediyalami ko‘rishga kelishardi. Afinaliklaming dengizni qo‘riqlash uchun olingan pullarning bir qismi diniy marosimlami nishonlash va Afina tepaligidagi Parfenon kabi ommaviy inshootlar qurish uchun ishlatilar edi. Tragediyachilar Esxil, Evripid va Sofokllaming barchasi Afinada tug‘ilgan, shuningdek komik dramaturg Aristofan, haykaltarosh Fidiy va tarixchi Fukiditlar ham shular qatorida bo‘lishgan. Mil. a w . V asrlarda Afina Yunonistonning yirik savdo va qudratli davlatlaridan biriga aylangan. Yunon - Eron urushlari va Afina ittifoqi tashkil topayotgan bir vaqtda, katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Solon islohotlariga ko‘ra Afinaning barcha fuqarolari o ‘zlari mansub bo‘lgan mulkiy tabaqaga ko‘ra m a’lum bir harbiy majburiyatlami ado etganlar. Shuningdek, ular b a’zi huquqlarga ham ega boiganlar. 178 Islohotlardan so‘ng kambag‘al qatlam - “fetlar” Afm a siyosiy pillapoyasining eng quyi pog‘onasiga tushib qoladilar. O g‘ir qurol - yarog‘lar sotib olish uchun m ablag‘i bo‘lmaganligi tufayli ular yordamchi bo‘linmalarda xizmat qilganlar. Flot Afm a dengiz ittifoqining tayanchi bo‘lganligi uchun fetlar siyosiy ahamiyati jihatidan asta -sekin Afma demosining nisbatan yuqori darajasi - zevgitlar, qisman esa suvoriylar bilan tenglashib, mil. a w . V asrda Afina qudratining asosiy tayanchi bo‘lib qoldilar. Yunon - Eron urushlari davridayoq Afina demosini mavqei oshib, ular hokimiyat uchun kurashganlar. Afina qishloqlarida, asosan, qishloq demosining vakillari - bo‘lmish mayda va o ‘rtahol dehqonlar yashaganlar. Keyinchalik yirik yer egalari paydo bo‘la boshladi. Shu bilan birga Afinada aristokratiya hukmronligi bilan oligarxiya ham rivojlandi. Afina aristokratlari o ‘z hukmronlik mavqeini yo‘qota bordi. Yunon - Eron urushlari tugashi arafasida aristokratik va demokratik guruhlar o ‘rtasida siyosiy kurash boshlandi. Aristokratlar harbiy muvaffaqiyatlari tufayli Afina siyosatida ham yetakchilikka intilganlar. Afinada ularga mashhur sarkarda M iltiadning o ‘g‘li Kimon boshchilik qilar, ammo aristokratlar o ‘sha davr ishlab chiqarishida muhim o ‘rin tutmaganlar. Vaqt o ‘tgani sayin ulam ing yer-mulki kamayib borgan. Ular aksariyat demokrat kuchlaming Afinada yo‘qligidan foydalanib, boy fuqarolar ko‘magi bilan hokimiyatni vaqtincha kuchaytirishga erishdilar. Biroq urush harakatlari tugab, jangchi va dengizchilar urushdan qaytib kelganidan so‘ng, Afinada demos qatlamining faolligi kuchaydi. Endi demokratiyaning vazifasi hokimiyatda aristokratlaming siyosiy huquqlarini zaifiashtirishdan iborat b o id i. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling