Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Klisfen qonunchiligi. Polis demokratiyasini tashkil topishi
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Klisfen qonunchiligi. Polis demokratiyasini tashkil topishi.
Gippiy tiraniyasining ag‘darilishi ichki kurashni keltirib chiqardi. Natijada Afina rahbarligiga Alkmeoniylar urug‘i keladi. Uning vakili Klisfen urug‘ munosabatlami ildizi bilan sug‘urib tashlashga qaratilgan va polis qurilishini demokratik ko‘rinishda rasmiylashtirishni nazarda tutgan islohotlar dasturi bilan chiqadi. Islohotlarda Attikani m a’muriy jihatdan yangi b o iinishiga e ’tibor qaratiladi. Gap shunda ediki Attikaning an’anaviy b o iin ish i filalar, fratriya va uru g iarg a b o g iiq edi. Klisfen bu tizimni ildizi bilan yo‘qotib tashlashga harakat qiladi. Butun Attika hududi har bir uch rayondan iborat 10 ta viloyatga boiin ad i. Har bir rayon (trittiy) quyi m a’muriy birlik b o ig a n demlardan iborat edi. Har 10 ta viloyatning biri o ‘zida yaxlit hududni aks ettirmagan. Ular Attikaning turli joylarida (biri Afinaning shahar qismida, boshqasi dengizbo‘yi qismida, uchinchisi Attikaning ichki qismida) joylashgan edi. Avvalgi urug‘ jam oalari turli dem, trittiy va filalarga sochilib ketadi. Mil. a w . VI asr oxirida Afina yirik va ko‘p sonli aholiga ega shahar markaziga aylanadi. Bu yerda yirik ustaxona egalari, qullar, matroslar va eshkakchilardan tortib turli xil kishilar yashagan. Bu yirik markazda kelib chiqishi boshqa yunon shaharlari - Milet, Megara, Samos, Sigey, K orinf va boshqalardan b o ig an va doimiy 165 aholiga ayJangan kishiJar ham bo‘lgan. Bu kishilar meteklar toifasini to‘ldirib, afinaliklardan fuqarolik huquqlari yo ‘qligi bilan farqlangan. Masalan, ular xalq yig‘inida qatnashmagan, yer maydonlariga ega bo‘lmagan, lekin ustaxona ochishi yoki kem a sotib olishi mumkin bo‘ lgan. Shahar aholisini eski aristokratiyaga qarshi qo‘yish va uning siyosiy ahamiyatini oshirish uchun Klisfen yuzaga kelgan qulay vaziyatdan foydalanadi. Yangi filalami tashkil qilib, fuqarolaming tarkibiga sezilarli miqdorda ozod qilingan qullar va meteeklami kiritadi. Solon davridan beri ko‘plab yersiz dehqonlar mavjudligi sababli, davom etib kelayotgan agrar muammoni hal qiladi. Klisfen metek va qullami yer sotib olishi mumkin bo‘lgan qatlam tarkibiga kiritadi. Klisfen yangi hududiy bo‘linish prinsipini o'm atib, polisning hokimiyat organlari tizimini ham shunga moslashtiradi. Eski urug‘ filalaridan tashkil topgan 400 lar kengashi tarqatib yuboriladi. Uning o‘miga har bir yangi filadan 50 kishi kirgan 500 lar kengashi ta ’sis qilinadi. Filalar ichida 500 lar kengashiga nomzodlar demlar va trittiya asosida saylab olingan. Yangi lavozimlar apodekt (turli vznoslar yig‘uvchilar, ulaming soni 10 ta bo'lgan) va strateglar (10 harbiy qo‘mondonlar) joriy qilingan. Yangi 500 lar kengashining vakolatlari kengaytirilib, u doimiy ko‘rinish oladi va faqatgina Xalq yig‘iniga masalalami tayyorlab qolmasdan boshqaruv ishlari bilan ham shug‘ullangan. Aristokratik Areopagning fimksiyalari cheklanadi va u bora-bora siyosiy mavqeini yo‘qotib, oddiy sud bo‘g ‘iniga aylanadi. Klisfen qonunchiligi va uning tarafdorlari Solon davrida boshlangan Afina jam iyatini isloh qilish ishlarini yakunlagan. Klisfen qonunlari mil. avv. VIII asrda boshlangan Attikaning demokratik ko‘rinishidagi davlat va jam iyat shakllanishini yakunlab beradi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling