Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Pisistrat tiraniyasi va Afinada Pisistratlar (mil. a w . 560- 510


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109
Pisistrat tiraniyasi va Afinada Pisistratlar (mil. a w . 560- 510 
yillar). Solon islohotlari polis demokratiyasi asosiga tamal toshini 
qo‘ydi, lekin qisqa muddatda urug‘ tuzumining barcha qoldiqlarini 
ildizi bilan sug‘urib tashlashga hamda zodagonlar hukmronligiga to ‘la 
barham bera olmadi. Demos va zodagonlar o ‘rtasidagi kurash Solon 
islohotlaridan keyin ham davom etdi, lekin u endilikda yangi mazmun 
kasb etdi. Solondan so‘ng Afinada urug‘ zodagonlari vakillari 
boshchilik 
qilgan 
uchta 
siyosiy 
guruh 
shakllanadi: 
Likurg
boshchiligidagi pedieylar, Megakl boshchiligidagi paraliylar va 
Pisistrat boshchiligidagi diakriylar. Ular urug‘ zodagonlarining 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuzilgan guruhlar edi.
Siyosiy 
guruhlar 
o ‘rtasidagi 
o ‘tkir 
kurashlar 
Pisistrat 
boshchiligidagi diakriylaming g ‘alabasi bilan tugadi. U mil. a w . 560- 
yilda Afinani egallaydi va o ‘zini polisning oliy hukmdori deb e ’lon 
qiladi. Uning vazifasi o‘zining hokimiyati mustahkamligini ta ’minlash 
va uni qo‘llab-quw atlagan ijtimoiy guruhlar va urug‘ zodagonlaming 
manfaatlarini himoya qilish edi.
Pisistrat o ‘zi boshqargan tuzumni aholining turli qatlamlari -
dehqonlar, 
savdogar-hunarmandlar 
toifasi, 
zodagonlaming 
bir 
qismining ehtiyojlarini ta’minlaydigan jam iyat sifatida ko‘rsatishni 
istardi. Pisistrat dehqonlarga g ‘am xo‘rlik qilib, ularga dehqonchilik
163


ishlari uchun qulay foizli qarzlar taqdim etadi. Dehqonlami qishloq 
xo‘jalik ishlaridan chalg‘itmagan holda yuzaga kelgan bahslam i hal 
qilish uchun sayyor sudlar tashkil qildi. Pisistrat og‘ir ishlar o ‘miga 
o‘zining g ‘aznasiga hosilning 10 %i miqdorida soliq joriy qildi.
Uning davrida Afmada keng qurilish ishlari boshlanadi: 
Akropolda Afina ibodatxonasi, Zevs va Apollon ibodatxonalari 
qurilishi boshlanadi. Shahami ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 
vodoprovod olib kelinadi. Pisistrat Egey havzasida faol siyosat olib 
boradi, dengiz savdosini 
kengaytiradi. 
Bu esa kemasozlikni 
rivojlanishiga olib keladi. Pisistrat davriga kelib mashhur ko‘zalardagi 
qora rang nisbatan ko‘rkamroq boMgan qizil rangga o ‘zgaradi. Bu esa 
kulolchilik ishlab chiqarishiga katta turtki beradi. Keramika - kulollar 
mavzesida yangi ustaxonalar ochiladi.
Pisistrat o‘ziga raqib zodagonlaming yerlarini musodara qilib 
ulaming bir qismini kam bag'al dehqonlarga boMib beradi. Lekin, 
urug‘ zodagonlarining aksariyat qismi o‘zining boyliklarini saqlab 
qoladi. Ular boshqalarga ta ’sir ko‘rsatish bilan tiran foydasiga harakat 
qilishi lozim edi.
Pisistrat saroy ga yunon adabiyoti 
va san’atining yorqin 
namoyondalarini 
taklif 
qiladi. 

ommaviy 
bayramlami 
tashkillashtirish uchun pullami ayamaydi. Uning davrida Afina va 
Dionis xudolariga bagMshlab o ‘tkaziladigan bayramlar umumattika, 
umumdavlat miqyosiga ko‘tariladi va juda tantanali o'tadi.
Afina tiranlarining tashqi siyosati ham muvaffaqiyatli va keng 
miqyosli boMadi. Uning asosiy maqsadi dengiz qoMtiqlari va Qora 
dengizgacha olib boradigan muhim punktlar ustidan nazorat o ‘matish 
edi. Pisistrat Frakiya sohillarida joylashgan Pangeyadagi boy konlami 
egallashga muvaffaq boMadi, afinaliklar Lemnos va Imbrosga 
o‘mashadilar. Gellespontga kirishdan uzoqda boMmagan Osiyo 
qirg‘ogMdagi Sigey ham bosib olinadi. Evpatridlardan biri Miltiad 
Frakiya Xersonesini egallaydi.
Pisistratning o‘gMllari Gippiy va Gipparxlar mil. avv. 527- yilda 
otasining oMimidan so‘ng uning siyosatini davom ettirdilar. Lekin ular 
hokimiyatni o‘z qoMlarida tutib tura olmadilar. Mil. a w . 514 -yili 
fitna natijasida Gipparx oMdiriladi, Gippiy boMsa umumiy norozilikni 
keltirib chiqargan shafqatsiz rejimni kuchaytiradi. Afinaning tashqi 
siyosiy holati ham yomonlashadi. Ulkan Ahmoniylar imperiyasi 
Kichik Osiyodagi barcha yunon shaharlari va Egey havzasidagi
164


orol laming 
katta 
qismini 
bosib 
oladi. 
Afinaliklar 
Frakiya 
Xersonesidan 
ketishga 
majbur 
bo‘ladilar. 
Pisistratlar 
tashqi 
siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklaridan raqib alkmeonidlar foydalanib, 
kuch yig‘ishni boshladilar va Afmadagi tiraniyaga qarshi chiqadilar. 
Ular Delfiya orakullari va Spartani o‘z tarafiga og‘dirib oladilar. 
Sparta podshosi Kleomen kuchli qo‘shin bilan Attikaga bostirib kiradi 
va himoyalangan Akropolni qamal qiladi. Har qanday yordamdan 
mahrum bo‘lgan Gippiy taslim b o ia d i va Eronga qochib ketadi. Mil. 
avv. 510 -yilda Afinada tiraniya qulaydi.
Pisistrat va uning o ‘g ‘illarining tiraniyasi kam davom etgan b o is a
ham Afinaning rivojida muhim o ‘rin tutadi. Garchi tiranlar m aiu m
darajada o ‘z manfaatlarini o ‘ylab ish tutgan b o isalarda, ulaming 
siyosati aholining keng qatlamlari tomonidan iliq qarshi olindi. U 
Afina jam iyatining iqtisodiy barqarorligi, ijtimoiy tinchligi, iqtisodiy 
va madaniy rivojiga sabab b o ig a n edi. Tiranlar Solon qonunchiligini 
bekor qilmadilar va jam iyatda Solon tomonidan asos solingan polis 
tartiblari mustahkamlanishda davom etdi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling