Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Peloponnes urushi arafasida Yunoniston
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Peloponnes urushi arafasida Yunoniston.
Delos va Peloponnes ittifoqlari. Yunon shahar-davlatlarining gullashi davomiy bo ‘lib chiqmadi. Bu yunon-fors urushlaridagi g‘alabalar va Peloponnes urushlari orasidagi qisqa m o‘tadillik va ko‘tarilish davri edi. Buning ustiga hatto o ‘sha davrda ham m o‘tadillik nisbiy edi, ko‘tarilish esa qulash tendensiyalariga t o i a edi. Forslar bilan to ‘qnashuvda yunonlaming ozod fuqarolar jam iyati forslar despotiyasidan ustun ekanligini ishonch bilan isbotlab berishdi. Shu bilan birga yunon-fors urushlari xo‘jalikning kuchli quldorlik shakllarini rivojlantirgan holda fiiqaroviy jamoalarda ijtimoiy va egalik manfaatlarini o ‘sishiga yordam bergan. Shuningdek, ular umumiy ozodlikning qudratli himoyachilari b o ig an Afina va Spartani oldingi qatorlarga olib chiqdi. Qadimgi Yunonistonda, aslida shahar davlatlar orasida asosan ikki qarama-qarshi kuch mavjud b o ig an . Bir tomonda Sparta Janubiy Yunonistonning katta qismlari bo‘yicha konservativ polislami birlashtirgan holda mil. a w . VT asrdayoq Peloponnes ligasining tashkilotchisiga aylangan edi. Boshqa tomonda keyingi yuz yillikdagi yirik birlashma - Delos, yoki savdo aloqalari jihatida umumiylashgan dengizbo'yi va orol polislarining katta qismini birlashtirgan va forslarga qarshi kurashda o‘sha kuchlami birlashtirishni ko‘zlagan Afina dengiz ittifoq ini mavqei ortib borardi. Peloponnes ligasining yadrosi konservativ, agrar tipga mansub b o ig an , asosan savdo-iqtisodiy aloqalarga moslashgan doriylar jam oaiari edi. Har jamoa o‘z sardorining tashabbusiga bo‘ysungan 181 holda ta’sir doirasini saqlab qolish va kengaytirishga intilgan va raqobatchi guruhlar muvaffaqiyatlarini obdon kuzatib borgan. Ikki ittifoq o‘rtasidagi bu raqobat- o‘z o ‘m ida mil. a w . V asrda Yunoniston jam iyatida shunday siyosiy qarama-qarshilikka aylanganki, u umumiy katta ichki mojaroni, Peloponnes urushi (mil. a w . 4 3 I-404-yy)ni keltirib chiqargan. Bunda birinchi o ‘rinda, Afma tashabbuskor tomon sifatida namoyon b o ia d i. Tez rivojlanib borayotgan iqtisodiyot va unga asoslangan ijtimoiy harakatlarga b o ig an ehtiyoj afinaliklami o‘z ta’sir doirasini, hududini kengaytirishga, xom-ashyo va resurslarini ko‘paytirishga undagan. Afma bilan dengizda raqobatini olib borgan doriylaming savdo shaharlari, eng avvalo, Megara va Korinf, shuningdek butunlikni saqlab qolish g ‘amidagi katta yer egalarining barchalari Spartaga murojaat qilishardi. O lz navbatida Sparta ham Peloponnes ligasida siyosiy yaxlitlikni saqlab qolishni xohlardi. Afinaning V asming 50- yillarida Istma va 0 ‘rta Yunonistonda o ‘z kuchini o ‘matishga b o ig a n harakatlari oxir oqibat uning Sparta bilan qurolli to‘qnashuviga olib keldi. Bu birinchi yoki kichik Peloponnes urushi nomini olgan harbiy to‘qnashuvlar (mil. a w . 457—446-yy. ) o‘ziga xos kuchlami sinash voqeasi bo‘ldi. U ikki tomonga ham muvaffaqiyat keltirmadi; shunchaki navbatdagi urushga tayyorgarlik vazifasini o ‘tovchi qisqa vaqt b o ig a n “0 ‘ttiz yillik” tinchlik sulhi bilan tugadi. Urushning sababi Afma va Sparta o ‘rtasida Yunonistonda gegemonlik qilish uchun olib borilgan kurash hisoblanadi. Shuningdek, boshqa tomondan K orinf va M egara o‘rtasidagi savdo raqobatlari dastlabki mojarolami keltirib chiqargan edi. mil. a w . 433- yilda Kerkira va materik orasidagi havzada kerkiraliklar va korinfliklar o ‘rtasida jan g bo‘lganda Afma floti unga aralashib kerkiraliklami m ag‘lubiyatdan saqlab qoladi. Shunday qilib K orinf va Kerkira o ‘rtasidagi tortishuv Afma va Korinfning bir-biriga qarshi qurollanishiga sabab b o ig an . Bu orada Xalkidika yarimorolidagi Potideya tufayli ikkinchi mojaro kelib chiqdi. Korinfliklar tomonidan asos solingan Potideya Afina dengiz ittifoqi tarkibiga kirgan. mil. avv. 430-yillarda afmaliklar tomonidan ittifoq to io v i summasining oshirilishi va Xalkidika shaharlari ustidan qattiqroq nazoratning o‘matilishi potideyaliklaming Peloponnes ittifoqiga yaqinlashish yoilarini qidirishigaolib keldi. Mil. a w . 433-yilda Afinadan ochiqchasiga ajralib chiqqan Potideya yordam so‘rab K orinf va 182 Peloponnes ligasiga murojaat qildi. Peloponnesdan Potideyaga ikki ming k o ‘ngillidan iborat otryad yetib keldi. Afmaliklar o ‘z o‘mida mil. avv. 432-yilning bahorida qo‘zg‘olon qilayotgan shaharga yirik harbiy qo‘shin yubordi. Nihoyat, uchinchi falokat ham qo‘shildi: afmaliklar Megara ustiga yurish qilishdi. Afmaliklar Megaraga Peloponnes ittifoqi bilan aloqalami uzishni talab qilib, bosim o ‘tkaza boshlaydi. Bu bosim hech qanday natija bermagach esa megaraliklarga Afina portlari va Afm a ittifoqi shaharlariga kirish va savdo qilish taqiqlab qo‘yildi. Potideya va Megaraning Peloponnes ittifoqidan ulami q oilab-quw atlashini so ‘rashi va korinfliklaming afinaliklarga qarshi darhol chora ko‘rilishini talab qilishi Spartaning hal qiluvchi qadamni tashlash istagini uyg‘otdi. Mil. a w . 432-yilning kuzida spartaliklar xalq yig‘ini afinaliklami “0 ‘ttiz yillik” tinchlikni buzganlikda aybdor deb qaror chiqardi. Birozdan so‘ng Afinaga qarshi urush boshlashga qaror qilgan Peloponnes ittifoqi a ’zolarining Spartada yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Yilning kech payti bo‘lgani uchun urush darrov boshlanm adi-tom onlar qishni kuchlami to ‘plash va ikki tomonlama diplomatik hujjatlami tayyorlashga sarflashdi. Spartaliklar Potideya qamalini bekor qilish, Eginaga avtonomiya berish, megaraliklar haqidagi qaromi bekor qilish va nihoyat, Afma qo‘li ostidagi barcha yunon shaharlariga ozodlik berish kabi talablami qo'yadi. Biroq u bilan birga Spartaning boshqa talablari ham rad qilindi. Afinaning yon bosmasligi undagi ichki vaziyat bilan izohlanadi. V asming 30-yillaming oxiriga kelib Afinadagi siyosiy vaziyat keskinlasha boshladi. Oxirgi 10 yil davomida mamlakat boshqaruv kemasini mutlaq o ‘zi boshqarib kelayotgan Periklning holati kuchsizlandi. Periklning avtoritar pozitsiyasi turli qatlamlar- oligarx va demokratlar muxolifati asta kuchayib borayotgan guruhlar orasida norozilikni keltirib chiqargan edi. Urush arafasida Afina piyoda qo‘shinlari 30 mingdan ortiq edi. Ulardan 13 mingtasi goplitlar, 1200 tasi otliqlar, 16 mingtasi gamizon jangchilari bo‘lgan. Flot 300 ta suzishga tayyor turgan trieralar va ularga qo ‘shilishi kerak b o ig a n ittifoqdosh xioslik, lesboslik va kerkiraliklar eskadralaridan iborat edi. Afma dushmanlarining kuch va imkoniyatlari nisbatan ishonchsizroq ko‘rinardi. To‘g ‘ri, Peloponnes ittifoqi piyodalar qo‘shinini 60 ming kishiga chiqarishi mumkin edi. Biroq peloponnesliklar floti afinaliklamikidan ikki, uch marta kam edi. Agrar polislaming moliyaviy imkoniyatlari afinaliklamiki bilan 183 hatto tenglasha olmasdi. Peloponnesliklar Attika ustiga hujum qilishni rejalashtirar edi. Ular odamlar urushga jalb qilinishi mumkin bo'lgan qishloq xo‘jaligi hududlarini yakson qilib, birinchi jangdayoq urushni yutib chiqmoqchi bo‘ldilar. Periklning rejasi quruqlikda Afinaning o‘zini va boshqa qal’alami himoya qilish bilan cheklanish, faol operatsiyalami esa dengizda olib borishdan iborat edi. Peloponnes qirg‘oqlarini qurshab olib, qo‘shinlami kiritib va tobe aholida qo‘zg‘olon uyg‘otish bilan afinaliklar o‘z dushmanlari davlatining qulashi va yakson bo‘lishiga umid qilishadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling