Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Milet qo‘zg‘oloni va Kichik Osiyoning yunon shaharlari
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Milet qo‘zg‘oloni va Kichik Osiyoning yunon shaharlari.
Kichik Osiyoning yunon shaharlari fors podshosi Kir II tomonidan mil. avv. VI asming 40-30-yillarida egallangan. Boshida yunonlar bilan iliq siyosat olib borilgan, soliq olinmagan hamda ichki ishlariga kam aralashilgan. Kichik Osiyoda savdo bilan shug‘ullanuvchi mahalliy shaharlar doimo rag‘batlantirib borilgan. Doro I taxtga kelgandan so‘ng esa yunon shaharlariga nisbatan agressiv siyosat yurita boshladi. Yunon shaharlarining ichki hayotiga markaziy hokimiyat tomonidan aralashish boshlandi. Fors boshliqlari - tiranlarga ko‘plab shahar hokimliklari berildi. Shaharlar qaramligi tufayli soliq to ‘lashga majbur etildi. Kichik Osiyodagi M ilet shahri forslarga qarshi turgan eng kuchli shahar edi. Mil. avv. 500-yilda forslardan bo‘lgan boshliq, Aristagor tiranlikdan voz kechib, forslarga qarshi kayfiyatdagi guruhlarga tay£inib, Milet aholisini forslarga qarshi qurollantira boshladi. Milet shahri boshqa Ioniya shaharlari bilan birlashadi. Butun Kichik Osiyoda qo‘zg‘olonga da’vat etuvchi xabarlar tarqatildi. Bu chaqiriq Kichik Osiyoning barcha shaharlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, Vizantiya va Xalkidon, Pamfiliya va Kiprgacha bo‘lgan hududlar ham bu chaqiriqqa qo‘shilish istagini bildirdilar. 168 Avval boshida Aristagor qo‘zg‘olonga o ‘zi boshchilik qiladi. Hattoki, Bolqon Yunonistoniga yordamga ham boradi. Lekin ulaming yurishi natijasiz bo‘ldi: Sparta yordam berishni rad etdi, faqat Afina 20 ta kema, uncha katta bo‘lmagan eskadra yubordi. Ulardan 5 ta kemani Eritreya jo ‘natgan edi. Q o‘zg‘olon ko‘targan shaharlarda qo‘mondonlik joriy etildi. Mil. avv. 498-yilning yozida qo‘zg‘olon ko‘targan shaharlaming qo‘shinlari Sardga yig‘ildi. Kichik Osiyo satrapliklarining qo‘shinlari shahami vayron qilishdi lekin akropolni olisholmadi. Bu yerga satrap Artafem gamizoni joylashib olgan edi. Keyingi yilda Kipr yaqinida bir qancha Finikiya eskadralari olib kelindi. Kichik Osiyodagi qo‘zg‘olonning kattalashuvi fors hokimiyati uchun jiddiy xavf tug'dira boshladi. Doro I ehtiyotkorlik holatini topish zarurligini tushunib yetdi va buning yechimini topdi. Kichik Osiyoga qo‘shimcha harbiy qism tashladi. Kichik Osiyodagi gamizon ikkita katta armiyaga bo‘lindi. A w al boshida Kipm ing yunon shaharlari va Kichik Osiyoning janubiy qismi itoatkorligini bildirishdi. Keyin Qora dengiz bo‘g‘ozlarida polislar qo‘zg‘olonlar ko‘taradi. (Vizantiya, Xalkedon, Abidos, Lampsk ) Yunon qo‘zg‘oloni markazlari Ioniya va Milet atroflari asta-sekin siqilib bordi. Qo‘zg‘olon ittifoqi mustahkam emas edi, ittifoq parchalanib ketdi. Forslar qo‘zg‘olonni tark etganlardan va “targ‘ibot” yurg‘izganlardan oltin va saxovatini ayashmadi. Shu tariqa muvaffaqiyatga erishdi. Forslar qo‘zg‘olonchilami Efes shahri yaqiniga olib kelishgan. Mil. avv. 495-yilda forslar Finikiya kemalaridan (600 ta kema atrofida) iborat katta flot tuzadi. Q o‘zg‘olon markazi M ilet forslar tomonidan qamal qilindi va qariyb 1 yillik qamaldan so‘ng mil. a w . 494-yilda egallandi. Shahar shafqatsizlik bilan vayron qilindi. Aholisining ko‘pi o id irildi yoki qullikka berildi. Q o‘zg‘olon muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Q o‘z g ‘olon Doro I ni butun e’tiborini kuch va vaqtga qaratishga undadi. Bu qo‘zg‘olondan so‘ng yunonlar 6 yil davomida forslar bilan to ‘g ‘ridan- to ‘g ‘ri urushlarga kirisha olmadi. 169 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling