Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
Yunon- fors urushlari
Yunon-Fors urushlarining kelib chiqish sabablari. Yunon 
polislarining ijtimoiy, siyosiy jihatdan tashkil topishi mil. avv. VI 
asrda tugallandi. Bolqon Yunonistonidagi ko‘plab polislarda ichki 
holat m e’yorlashdi, xo‘jalik hayoti rivojlandi, aholi o ‘rta qatlamining 
siyosiy ahvoli o ‘zgardi. Xullas, madaniyatni yuksaltirish uchun sharoit 
yaratildi.
166


Mil. avv. VI asr oxirida yunon polislari uchun xavfli dushman 
paydo boMdi. Bu ham bo ‘lsa, dastlab Fors viloyatida tashkil topgan 
hamda keyinchalik ulkan imperiyaga aylangan Ahmoniylar podsholigi 
edi. Kambiz vafotidan so ‘ng taxtga o ‘tirgan Doro I (522-486-yy) ning 
iqtisodiy va harbiy islohotlaridan so‘ng forslar imperiyasi yanada 
ravnaq topdi. Mil. a w . VI asr oxiriga kelib esa hududi jihatidan ham 
ulkan saltanatga aylandi.
Ahmoniylar Kichik Osiyo shaharlari va Egey dengizining sharqiy 
qirg‘oqlarini egallab olganlaridan so‘ng, ular Bolqon Yunonistonidagi 
polislami bosib olishning turli xil rejalarini tuza boshladilar. 
Ahmoniylaming 
harbiy-iqtisodiy 
potensialini 
ortib 
borishi, 
cheklanmagan moliyaviy imkoniyat, ulkan armiyani mavjudligi 
hamda yunon polislarining bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida 
boMganligi kabi sabablar urushni boshlash uchun yetarli asos boMib 
xizmat qilgan.
Yunon shaharlari savdo-sotiq markazi, ulkan madaniyat o‘chog‘i 
sifatida mashhur boMgan. Bu yerlami egallanishi forslar g‘aznasini 
ulkan boylik bilan toMdirgan boMar edi.
Bolqon Yunonistonini egallash ulkan strategik ahamiyat ham 
kasb etgan. Forslar Sharqiy 0 ‘rtayer dengizini buyuk podsholiklarini 
ham qoM ostiga olmoqchi boMishgan.
Yunon polislari uchun forslami paydo boMishi oMim xavfidek 
tuyulgan.
Yunon-fors urushlari mil. avv. 500-449 -yillar oraligMda boMib 
o'tgan. Bu urush uzoq davom etgan dunyodagi urushlardan biridir. 
Jahon tarixshunosligining so‘nggi yutuqlariga asoslanib, mazkur 
urushni 5 bosqichga boMish maqsadga muvofiqdir:
1) Mil. a w . 500-494 -yillar - Milet va Kichik Osiyo yunon 
shaharlarining forslarga qarshi qo‘zg‘oloni;
2) Mil. avv. 492-490- yillar - fors qo'shinlarining Bolqon 
Yunonistoniga birinchi hujumi;
3) Mil. a w . 480-479 -yillar - Yunonistonga Kserksning harbiy 
yurishi — yunon-fors urushlarining kulminatsion nuqtasi;
4) Mil. avv. 478-459 -yillar - urush harakatlari xarakterining 
o‘zgarishi, ustunlikni yunonlar qoMiga o‘tishi, Egey dengizi va Kichik 
Osiyodagi yunon shaharlarining forslar zulmidan ozod boMishi.
5) Mil. avv. 459-449 -yillar Afinaning harbiy ekspeditsiyasi. Misr 
bilan ittifoqi va yunon-fors urushlarining tugashi.
167


Yunon-fors urushlariga oid asosiy manba Gerodotning “Tarix5' 
asari 
hisoblanadi. 
Ayrim 
tarixchilar 
esa 
bu 
urushga 
o ‘z 
munosabatlarini bildirib, ayrim xususiyatlarini hikoya qiladilar. Esxil 
o‘zining “Forslar” tragediyasida shohid va bevosita ishtirokchi sifatida 
Salamin oroli yonida yunonlaming forslar bilan qilgan dengiz jangini 
yorqin obrazlarda tasvirlagan. Keyinroq yunon- fors urushlari tarixi 
Diodor asarlarida ham yoritilgan. Plutarx o\sha zamonda Afinaning 
atoqli siyosiy va harbiy arboblari bo‘lmish Femistokl, Aristid va 
Kimonning taijimai hollarini yozgan.
Fors tarixi bo‘yicha manbalar afsuski cheklangan. Forslar mixxat 
yozuvi asosida o ‘z alifbolarini yaratgan bo‘lsalar ham, fors shohlari 
qurilish ishlariga bag‘ishlangan yozuvlardan tashqari hech qanday fors 
adabiyoti namunalari saqlanib qolmagan. Shuning uchun forslar tarixi 
forsiy b oim ag an manbalar bobil, oromiy, ivrit va boshqa xalqlar 
tarixi manbalarida keng uchraydi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling