Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Sparta davlati. Peleponnes hududida ilk davlatlarning paydo


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Sparta davlati. Peleponnes hududida ilk davlatlarning paydo 
bo‘lishi. Peleponnesda mil. a w . XII-X asrlarda Miken sivilizatsiyasi 
qulaganidan so‘ng Yunonistonning hamma joyida bo'lganidek 
to‘xtovsiz ravishda qabilalaming ko'chishlari sodir b o ‘ladi. Uch asr 
davomida yarim orol hududida aholining sezilarli qismi almashadi. 
Mil. a w . II ming yillikda Peleponnesda o‘m ashgan axey va 
ioniylaming bir qismi o ‘z yerlarini tashlab Sharqqa - Kichik Osiyo va 
Kiprga qochadilar, bir qismi esa yarim orolning Arkadiya deb 
nomlangan ichki tog‘li hududlariga siqib chiqarilgan. Biroq ulam ing 
katta qismi o ‘z yerlarida qolib yoki ko‘chib kelganlar bilan aralashib 
ketdi. B a’zi qabilalar bo'ysundirilib, tovon to ‘lashga majbur qilindi. 
Peleponnesning shimoli va janubidagi nisbatan hosildor hududlar
152


hisoblangan Argolida Istma rayoni yoki K orinf bo‘yni, Lakoniya va 
Messeniyaga shim oliy-g‘arbiy Yunonistondan (Epir rayoni) ko‘chib 
kelgan jangovor doriy qabilalari joylashadi. Argolida va Lakoniya 
hududlariga birinchi doriy qabilalarining kirib kelishi mil. avv. XI-X 
asrlarda yuz beradi. Taxminan shu davrda Peleponnesning shimoliy- 
g ‘arbiy viloyatlari sanalgan K orinf ko‘rfazining janubiy sohillaridagi 
Axayya va Elidani - doriylar kabi yunon xalqining shim oliy-g‘arbiy 
tarmogMga tegishli ko‘chmanchilar egallab olishadi.
Bu ko‘chishlar natijasida Peleponnes aholisining xilma-xil etnik 
tarkibi shakllanadi. B a’zi joylarda yunon tilining turli shevalarida 
so‘zlashadigan turli xil etnik guruhlar yonma-yon joylashadi. Ba’zi 
joylarda esa bosqinchilar va ular tomonidan bo‘ysundirilgan mahalliy 
aholining qoldiqlari o ‘rtasida o ‘tkir tabaqaviy dushmanlik avj oladi. 
M ag iu b etilgan axeylar g ‘olib doriylar tomonidan yerga bog‘lab 
qo‘yilgan ishchilarga aylantiriladi. Bularga misol sifatida birmuncha 
taniqli boMgan Sparta ilotlari va ular bilan bir xil darajadagi 
Peleponnesning doriy davlatlari boMgan Argos, Sikion, Epidavr, 
shuningdek, Krit oroli va uning atrofidagi doriylar hukmron boMgan 
joylar aholisini keltirish mumkin.
Butun arxaik davr, ya’ni mil. avv. VIII-Vl asrlarda Peleponnes 
asosiy rayonlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivoji bir maromda 
kechmagan. Bu jihat asosan ulam ing geografik joylashuvi va tabiiy 
sharoitlari o'zaro bogMiq boMganligi bilan izohlanadi. Dengizdan 
uzoqda joylashgan togMi Arkadiyaning asosiy iqtisodiyoti mil. avv. V- 
IV asrlarda ham qishloq xo'jaligi boMib, unda chorvachilik yetakchi 
o ‘rin tutgan edi. Mil. a w . IV asm ing ikkinchi yarmiga qadar ham bu 
yerda birorta shahar boMmagan. Shuningdek, Peleponnesning janubiy 
va g‘arbiy viloyatlari boMgan Lakonika, M esseniya va Axeyya ham 
asosan Egey dengizidan uzoqda boMganligi 
uchun iqtisodiy 
taraqqiyotda ancha orqada qolgan edi.
S p a rta davlati. Mil. a w . VII asming ikkinchi yarmida 
Peleponnes davlatlarining ichida Sparta alohida yetakchi sifatida 
ajralib chiqadi. Butun davlatga o ‘z nomini bergan Sparta shahri mil. 
a w . XI yoki X asrda vujudga kelgan. Lakonikaga bostirib kirgan 
doriylar Frot vodiysining o‘rta qismidagi hosildor yerlarga borib 
o ‘mashadilar. Mil. avv. IX-VIII asm ing birinchi yarmida spartaliklar 
qo‘shni qabilalar bilan Lakonika ustidan hukmronlik qilish uchun 
shiddatli kurash olib bordilar. Oxir oqibat ular janubda Arkadiya tog‘
153


yonbag‘irlaridan Peleponnesning janubidagi Tenar va Maleya 
burnigacha b o ig a n b o ig a n yerlam i o ‘z hukmronligi 
ostida 
birlashtirishga muvaffaq b o ia d i. Mahalliy aholining asosiy qismi 
(aftidan asosan axeylar) asoratga olinib, ilotlarga aylantiriladi. 
Lakonikanmg eng hosildor yerlariga o ‘m ashib olgan spartaliklar o‘z 
manfaatlari y o iid a siyosat olib bordilar. T og‘ yonbag‘irlaridagi kam 
hosilli yerlam i egallagan boshqa Lakonika jamoalari k o ‘ngilli 
ravishda Spartaning ustunligmi tan olib, aholisi perieklar (atrofda 
yashovchilar) deb nomlangan Lake demon iya davlati tarkibiga 
kirganlar. Ilotlardan farqli ravishda perieklar erkin ozod hisoblangan 
va hattoki yashagan polislari yoki polislaridagi hududlarda fuqarolik 
huquqlardan ham foydalanganlar. Shu tariqa Sparta jam iyatida uchta 
tabaqa: t o i a huquqli spartaliklar, qul qilingan ilotlar va erkin lekin 
t o i a huquqli b oim agan perieklar shakllangan.
Xuddi shu davrda o ‘zining barqarorligi v a ko‘p asrlar davomida 
kam o‘zgarganligi bilan ajralib turgan Spartaning davlatchiiik asoslari 
yaratilgan. Bu o‘ziga xos siyosiy tizimning muhim elementlari juft 
podsholik hokimiyati, oqsoqollar kengashi yoki gerusiya va xalq 
kengashi yoki apella hisoblangan. Qadimgi davrlardan Spartada bir 
vaqtning o ‘zida b a’zida o ‘zaro raqobatlashgan va dushmanlashgan 
ikkita podsho sulolasi hukmronlik qilgan. Kelib chiqishi Geraklning 
o‘ziga borib taqaladigan podsholar hurmat va ehtiromga sazovor 
boiganlar. Biroq ulam ing hokimiyati qonun y o ii bilan chegaralab 
qo‘yilgan. Harbiy vaqtlarda ular harbiy y o ib oshchilar vazifasmi 
bajargan, tinchlik vaqtida esa sud va din ishlari bilan shug‘ullanganlar. 
Ikkala podsho ham oqsoqollar kengashi tarkibiga kirgan b o iib , (ular 
bilan 30 kishi b o ig an ) asosan davlat boshqaruvi masalalari hal 
qilinadigan yig'ilishlarda ishtirok etganlar. Butun t o ia huquqli Sparta 
fiiqarolarini qamrab olgan Xalq yig‘ilishi bu davlat tizimida ikkinchi 
darajali rolni o‘ynagan. O 'zining mohiyatiga ko‘ra u faqatgina 
podsholar va oqsoqollarnmg qo‘shina yig‘ilishida qabul qilingan 
qarorlami tasdiqlagan, xolos.
Spartaning ilk tarixida M esseniya urushlari deb nomlangan davr 
alohida o ‘rin tutadi. Taxminan mil. a w . VIII asrda boshqa yunon 
davlatlarida b o ig an i kabi hududda o ‘tkir yer yetishmovchiligi sodir 
b o iad i. Bu muammoni hal qilish uchun spartaliklar boshqa yunon 
polislari kabi kolonlashtirish siyosati ini olib bormay, qo'shni lari ning 
hududlari 
orqali 
erlari 
kengaytirishga 
kirishadilar. 
Sparta
154


ekspansiyaning asosiy obyekti Peleponnesning janubiy-g‘arbidagi boy 
va keng viloyat- Messeniya b o id i.
M esseniya uchun kurash uzoq va mashaqqatli kechgan. Birinchi 
M esseniya urushi (mil. avv. VIII asm ing ikkinchi yarmi) 20 yil davom 
etdi va spartaliklaming g ‘alabasi bilan tugadi. Ular Messeniya 
aholisini yillik oladigan hosilining teng yarmini tovon sifatida 
to ia sh g a majbur qiladilar. Messeniya yerlarining bir qismi spartaliklar 
tomonidan o‘zaro b o iish ib olinadi. Biroq, bu barcha yerga 
muhtoj lam ing ehtiyojini qondirish uchun yetarli b o im adi. Spartada 
fuqarolar o ‘rtasida nizolar va isyonlar boshlanadi.
Shu bilan birga messeniyaliklar spartaliklar hukmronligiga qarshi 
bosh ko‘taradilar. Avvalgisidan kam davom etmagan yangi urush (mil. 
a w . VII asming ikkinchi yarmi) boshlanadi. M esseniyaliklaming 
mardligi 
va 
qahramonligi, 
shuningdek, 
Spartaning 
kuchayib 
ketayotganidan tashvishga tushgan ayrim Peleponnes davlatlarining 
yordamiga qaramasdan ular yana m ag iu b etiladilar. Bu safar bir 
nechta periek mavqei berilgan dengizbo‘yi shaharlari aholisini 
hisobga olmaganda aksariyat fuqarolar ilotlarga aylantiriladi va ularga 
tegishli yerlar spartaliklar ixtiyoriga o'tadi.
Hosildor M esseniya yerlarining egallanishi Sparta hukumatiga 
o ‘sib borayotgan agrar inqirozni to‘xtatishga yordam beradi. Ikkinchi 
M esseniya urushidan so‘ng chek yer egalari va t o i a huquqli fuqarolar 
miqdori qat’iy tenglashtirish prinsipiga asoslangan yer egaligi tizimi 
vujudga keladi. Lakonika va Messeniyadagi birmuncha hosildor yerlar 
daromad keltirishiga, ko 'ra bir-biriga yaqinroq b o ig a n 9000 ulush 
(yer b o ia g i) ga b o iin ad i va shunga mos ravishda spartaliklar 
o ‘rtasida taqsimlanadi. Keyinchalik Sparta hukumati alohida ulushlar 
har doim o ‘zgarishsiz qolishini (masalan uni meros sifatida b o iib
berish mumkin emas edi) diqqat bilan kuzatadi. Yerlar bilan birga 
bo‘ysundirilgan Lakonika va Messeniya aholisi ilotlar sifatida ularga 
biriktirilgan. Bunda har bir ulushga bir nechtadan ilot oilasi to‘g‘ri 
kelib, o ‘zining mehnati bilan ulushning xo‘jayini va oilasini butun 
kerakli buyumlar bilan ta ’minlashi kerak edi. Har yili ilot o ‘zining 
xo‘jayiniga а ф а doni yoki un, vino, y o g i va boshqa mahsulotlar 
ko‘rinishida obrok to ia g a n . Odatda bu norma qonun bilan belgilanib 
(ba’zi m aium otlarga ko‘ra u hosilning yarmini tashkil qilgan), 
spartalik o ‘z xohishiga ko‘ra uni o ‘zgartirishi mumkin boim agan. 
Obrokdan ortib qolgan qismini xohishiga qarab ishlatilish mumkin
155


bo‘lgan. Spartaliklar odatda ulam ing ishiga aralashmaganlar, ilotlar 
ham o ‘z vaqtida to‘laganlar. Spartaliklar ilotlami o ‘ldirish yoki sotish 
huquqiga ega bo‘lmaganlar, Spartada qullar yer kabi davlat mulki 
hisoblangan. Shu bilan birga ilotlar o ‘zlarining y o ‘qotilgan ozodligini 
hech qachon unutmaganlar.
Sparta hududidagi arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, mil. 
avv. 
VII-VI 
asming 
birinchi 
yarmida 
ushbu davlat 
butun 
Yunonistondagi eng sezilarli badiiy hunarmandchilik markazlaridan 
biri bo‘lgan. Bu davr Lakonika hunarmandlarining mahsulotlari Afina 
Korinf va Evbeya hunarmandlarining eng yaxshi buyumlaridan 
qolishmagan.
Mil. avv. VI asming ikkinchi yarmida Lakonika maktabi keskin 
inqirozga uchraydi va butunlay yo‘qolib ketadi. Bu davrda chetdan 
Spartaga o‘zga yurt hunarmandlarining buyumlarini kirib kelishiga 
ham chek qo‘yiladi. Shuningdek, katta ibodatxonalar va boshqa 
me’moriy inshootlar qurilishi ham to‘xtatiladi. Ajablanarlisi, mil. a w . 
VI asr Olimpiada o ‘yinlarida spartaliklar o‘yin g ‘oliblarining deyarli 
yarmini tashkil qilgan bo‘lsa ham, mazkur o ‘yinlardan qatnashishdan 
voz kechishadi. Shu tariqa Sparta uzoq vaqtgacha o ‘zini-o‘zi yakkalab 
boshqa yunon polislari bilan xo‘jalik va madaniy aloqalami ongli 
ravishda uzadi.
Messeniya egalanganidan so‘ng Sparta jam iyati ko‘p minglab 
ilotlar jamoasi ustidan hukmronlik qiladigan professional jangchi- 
goplitlar toifasiga aylandi. Spartaning ko‘pchiligini tashkil qiladigan 
ilotlar doimo spartalik bosqinchilaming hukmronligidan ozod 
bo‘lishni o‘ylar edilar. Ulami tizimli va shafqatsiz terror yordamida 
ushlab turishga urinishgan. Plutarxning ma’lumotlariga ko‘ra, Sparta 
hukumati vaqti-vaqti bilan ilotlar qirg‘inini uyushtirib turgan. Bunday 
turdagi operatsiyalar “kriptiya” (yunonchada “kriptos” - “yashirin”, 
‘"sirli”) deb nomlangan.
Doimiy ilotlar qo‘zg‘oloni xavfi Sparta hukmron tabaqasidan 
yuqori darajada birdamlikni va hamjihatlilikni talab qilgan. Shuning 
uchun yer islohoti bilan birga Sparta qonun chiqaruvchisi Likurg 
tomonidan tarixga Likurg qonunlari nomi bilan kirgan bir qator 
muhim ijtimoiy islohotlar o‘tkaziladi. Bu islohotlar Sparta davlati 
qiyofasini o‘zgartirib, uni qat’iy tartib- intizomga bo'ysungan yagona 
harbiy lagerga aylantiradi. Spartada Likurg qonunlariga so‘zsiz amal 
qilganlargina to ‘la huquqli fuqarolar hisoblangan. Ushbu qonunlarda
156


Sparta fuqarolari amal qilish kerak boMgan ko ‘ylagining andozasidan 
tortib, soqol va m o'ylov shakli kabi eng mayda detallargacha belgilab 
qo‘yilgan edi.
Qonun har bir spartalikka yetti yoshga to ‘lgan o ‘g ‘lini maxsus 
lager- agellarga (m a’nosi “poda”) berish majburiyatini yuklagan. U 
yerda chidamlilik, kattalarga xurmat, ayyorlik, shafqatsizlik, buyruq 
bera olish qobiliyati va boshqa “haqiqiy spartalikka” xos bo‘lgan 
sifatlar o‘rgatilgan.
Bu kabi tartib-qoidalar Sparta davlatini mustahkam jam oaga 
aylantirib, o ‘ziga xos tarix sinovlariga bardosh berishiga olib kelgan. 
Masalan, mil. avv. 464- yildagi buyuk ilotlar qo‘zg‘oloni yoki mil. 
avv. 431-404- yillardagi Peleponnes urushlarida doimiy harbiy 
tayyorgarliklar o ‘z mevasini beradi. M ashhur Sparta falangasi (og‘ir 
qurolangan 
piyodalar) 
uzoq 
vaqtgacha 
kurash 
maydonlarida 
engilmagan. Mil. avv. VI asm ing o ‘rtalaridayoq Sparta Peleponnes 
davlatlari o ‘rtasida gegemonlik o ‘matib, Peleponnes ittifoqiga asos 
solgan edi.
Keyinchalik spartaliklar boshqa yunon davlatlariga ham o ‘z 
ta’sirini yoyishga urindilar. Biroq, Spartaning buyuk davlatchilik 
uchun bo‘lgan da’volari faqatgina harbiy kuchga aoslangan edi. U 
madaniy va iqtisodiy jihatdan boshqa yunon polislaridan ancha ortda 
qolgan. Siyosiy biqiqlik va tashqi dunyoga dushmanona kayfiyat, 
demokratik qarashlardagi Yunonistonda unga qarshi noroziliklami 
keltirib chiqargan edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling