Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Buyuk Yunon kolonlashtirish davri
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Buyuk Yunon kolonlashtirish davri. Qadimgi Yunoniston
tarixida mil. avv. IX-VIII asrlarda chuqur o ‘zgarishlar sodir bo‘ladi. May da, bir-biridan ayro boMgan urug‘ va qishloq jam oalari yangi ijtimoiy-siyosiy institutlarga aylana boshlaydi. Bunda turli xil ijtimoiy guruhlar o ‘rtasida qonli to‘qnashuvlarga olib kelgan o ‘tkir qarama- qarshiliklar paydo b o ‘ladi, davlatchilik organlari tizimi shakllanadi, yuksak madaniyat yaratiladi. Bu yangi ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar polis nomini olib, qadimgi yunon jam iyati, davlatchiligi va madaniyatining asosiy yacheykasiga aylandi. Polislar faqat urug‘ jamoalari negizidagina shakllanib qolmasdan Egey havzasi, Qora va 0 ‘rtayer dengizi sohillarida yangi manzilgohlar - koloniyalarga asos solinishi bilan ham ahamiyatlidir. Bu jarayon faqatgina mil. a w . VI asr oxiriga kelib yakuniga yetadi. Mil. avv. VIII-VI asrlarda yunon jam iyatining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti qadimgi yunon tarixida Buyuk kolonlashtirish jarayonini boshlab beradi. Aholi Egey havzasidagi yunon shaharlaridan 0 ‘rtayer va Qora dengiz sohillari bo‘ylab joylashgan ko‘p sonli koloniyalarga (yunoncha “apoykiya”) ko‘chib o ‘tadi. Umumiy aholisi 1.5-2 mln. kishi bo‘lgan bir necha yuz koloniyalar vujudga keldi. Buyuk kolonniyalashtirishning bir necha sabablari bor edi. Birinchidan yangidan paydo bo'layotgan yunon polislarida hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi faoliyat maydonini kengaytirishni talab qilardi: o ‘zining chek yerlarini yo ‘qotgan fuqarolar uchun yangi yerlar kerak edi, hunarmand ustalar uchun xomashyo manbalari va sotish uchun bozor talab qilinardi. Bu sharoitlami barchasini atrofi mahalliy qabilalar bilan o ‘ralgan 0 ‘rtayer va Qora dengizning boy va qulay viloyatlaridan topish mumkin edi. Koloniyalaming vujudga kelishining yana bir sababi yunon jam iyatida tabaqalashuv va ijtimoiy differensiyalash jarayoni boMdi. 0 ‘zining yerini yo‘qotgan kambag‘allar, sudxo‘rlar domiga tushganlar, turli ijtimoiy kurashlarda m ag‘lubiyatga uchragan guruh vakillari o ‘zga koloniyalardan omad va farovonlik qidirdilar. Aristokratlar bunday ko‘chishlarga qarshilik qilmadilar. Chunki 145 koloniyalarga hukmron tabaqa uchun xavfli, norozi b o ‘lib yurgan siyosiy raqiblar ketayotgan edi. Shu bilan birga shahar-metropoliya hukmron doirasi uchun ham o‘zaro manfaatli aloqalar o ‘matilgan, qimmatbaho xomashyo olish mumkin bo ‘lgan koloniyalarning bo‘lishi manfaatli edi, shu tufayli metropoliyalar o‘zlarining siyosiy ta’sirini kengaytirar edilar. Koloniyalarga ko‘p sonli aholining ko‘chishi umumiy yunon aholisi sonini ko‘paymasdan sodir bo'lm as edi. Yunoniston mil. avv. VIII-VI asr o ‘ziga xos demografik portlashni boshdan kechirdi. Buyuk yunon kolonizatsiyasi uchta y o ‘nalishda amalga oshirildi. Ular orasida birmuncha kuchlirogM g ‘arbiy yo‘nalish edi. Miloddan avvalgi VIII asrda ko‘plab aholi Yunonistondan Sitsiliya va Italiyaning janubiga qishloq xo‘jaligi uchun yangi yerlami o'zlashtirish uchun ko ‘chib ketadi. Ular g ‘arbga qishloq xo‘jaligi uchun emas, balki savdo-sotiq tufayli borgan ilk sayohatchilar ortidan ergashdilar. Tez orada yirik va gullab-yashnagan g ‘arbiy Yunon polislariga aylangan shaharlar - Sirakuza (mil. a w . 733-y), Zankla (mil. a w . 730-y), keyinchalik Messana deb nomlangan Regiya (mil. a w . 720-y), Tarent (mil. a w . 706-y), Sibaris, Kroton, Gela, Selinunt Akragant va boshqalarga asos solinadi. Sitsiliya va Janubiy Italiyada yunon kolonistlari shu darajada zich o‘m ashgan edilarki, bu hududlarni “Buyuk Yunoniston” atamasi bilan atay boshladilar. Yana bir kuchli kolonizatsiya harakatlari shimoliy-sharqiy yo‘nalishda yuz berdi. Bunda yirik va boy yunon shaharlaridan biri bo‘Igan Milet yetakchi rol o ‘ynadi. Rivoyatlarga ko‘ra, Miletdan 100 ga yaqin manzilgoh va koloniyalar ajrab chiqqan. Bu yo‘nalishda Kizik (mil. avv. 756-y), Xalkedon (mil. avv. 685-y), Vizantiy (mil. a w . 667-y) lar eng mashhurlari sanalgan. Mil. a w . VI asrda kolonizatsiya to ‘lqini Shimoliy Qora dengiz bo‘yiga etib boradi. Bu yerdagi yunon koloniyalaridan Olviya, Tavrika, Pantikapey, Tir, Gorgippiya va boshqalami aytib o ‘tish mumkin. Yunon kolonizatsiyasining birmuncha kuchsiz yo‘nalishi sifatida janubiy-sharqiy va janubiy yo‘nalishlar bo‘lib, Finikiya sohillari, Misr va Liviyaning dengizbo‘yi hududlari hisoblangan. Bu hududlarda Yunon koloniyachilari qudratli Ossuriya va Yangi Bobil podsholari va Misr fir’avnlari qo‘llab turgan Finikiya savdogarlarining qattiq qarshiligiga duch keladi. Shu boisdan bu hududlarda faqatgina bir nechta savdo faktoriyalari rolini o ‘ynagan va mahalliy hukmdorlarga 146 bo‘ysungan sanoqli manzilgohlarga asos solingan, xolos. Bular Shimoliy Suriyadagi El Mina, Finikiyadagi Sukas, Misrdagi Dafna va Navkratislardir. Faqatgina dengizdan bir necha kilometr uzoqlikda joylashgan, Finikiya savdogarlari va Misr fir’avnlari q o ii yetmagan Kirena (mil. avv. 630 y) rivojlangan Yunon polisi sifatida Bolqon Yunonistoni shaharlari bilan faol savdo aloqalarini olib boradi. Yunon kolonistlari xalqaro savdo ittifoqiga qo‘shilganlar va hech qancha vaqt o‘tmasdan boshqa Evbeyaliklar Italiyaning janubidagi Pitekussada savdo koloniyasiga asos solganlar. Shu bilan birga ko‘p sonli yunon kemalari 0 ‘rtayer dengizi bo‘ylab o‘tgan savdo yo‘llarida suzganlar va hattoki 0 ‘rtayer dengizidagi yetakchi dengiz savdogarlari bo‘lgan fmikiyaliklar bilan ham raqobatlashganlar. G ‘arbda paydo bo‘lgan yangi yunon koloniyalari nafaqat dehqonchilik uchun qulay yerlar, balki o ‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish va qadimgi Yunoniston bilan shimoliy Yevropa aholisi uchun xomashyo materiallar, ayniqsa metallga ehtiyoj tufayli ham borgan edilar. Birinchi koloniyalaming aholisi uncha ko‘p bo‘lmagan. Ko‘chib borgan guruhlar odatda bir necha yuz kishidan iborat bo‘lgan. Koloniyachilar m a’lum darajada mahalliy aholi bilan aloqaga kirishishi lozim b o ig a n . Odatda (har doim ham emas) bunday aloqalar tinch o‘tmagan, kolonistlar agressiv siyosat olib borish uchun kamchilik qilganlar. 0 ‘z navbatida mahalliy qabila boshliqlari ularga vino, zaytun y o g i, taqinchoq buyumlari olib keladigan birmuncha sivilizatsiyalashgan yunonlar bilan aloqa o ‘matishga qiziqqanlar. Begona joyga ko‘chib borgan birinchi ko‘chmanchilar metropoliya bilan qalin aloqalami saqlab qolganlar va ulam ing har tomonlama qoilab-quvvatlashiga tayanganlar. Biroq bunday qalin aloqalar va yaqin qarindoshchilik munosabatlariga qaramasdan koloniyalar mustaqil polis sifatida tashkil etiladi. Mil. avv. VIII-VI asrlardagi buyuk kolonlashtirish butun yunon dunyosining siyosiy-iqtisodiy va madaniy rivojidagi eng muhim omillardan biri b o id i. K o‘chib boruvchilaming yangi qabilalar, mamlakatlar bilan tanishishi yunonlaming madaniy jihatdan dunyoqarashini kengaytirdi. Yangi shaharlami qurish, hududlami o ‘zlashtirish zarurati shahar qurilishi va arxitektura hamda tasviriy san’atning rivojiga katta turtki beradi. Qadimiy sharq mamlakatlari madaniyati, 0 ‘rtayer dengizi qabilalari dunyosi bilan o ‘zaro aloqalar 147 yunon madaniyatini yangi g ‘oyalar va bilimlar bilan boyitdi, yunon falsafasi va adabiyotini rivoji uchun rag‘batiantiruvchi omil bo‘lib xizmat qildi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling