Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
. Mil. a w . 3000-1900- yy 
Materik Yunonistonda Ilk bronza asri: Kritda ilk
Ellada: Ilk Minoy
2. Mil. a w . 1900-1600 -yy 
Materik Yunonistonda o ‘rta Bronza asri: Kritda
o‘rta Ellada: 0 ‘rta Minoy (Linerar A В chiziqli 
yozuvlami paydo b o iish i)
3. M il. a w . 1600-1200 -yy 
So'nggi Bronza asri: Kritda so'nggi Ellada yoki
Miken davri: So‘nggi Minoy 
Yunonistonda davlatchilik tarixiga qadar mashhur kishilardan ilk 
va o ‘rta Bronza asrida Kritda yashagan minoyliklar bo‘lgan. Ulami 
orolning afsonaviy hukmdori sharafiga shunday nomlashgan.
Arxeologik qazishmalar orasida oroldagi eng diqqatga sazovor 
joy sifatida Knoss saroyi bo‘lib, Ser Artur Evens tomonidan qazib 
o‘rganilgan. Minoyliklar hayratlanarli saroy, ajoyib go‘zallikka ega 
badiiy tasvirlar va hozirgacha o ‘qilmagan Krit ieroglifi yoki A chiziqli 
yozuv deb ataladigan yozuvlami qoldirganlar.
Minoyliklar M isr bilan savdo sotiq aloqalarini olib borganlar, shu 
jihatdan Misr yozuvida ulami “Keftiu” nomi bilan tilga olishadi. Bir 
matnda, hattoki, Krit “shohi” haqida so‘z boradi. Agar bu yagona 
matn to‘g ‘ri b o isa , orol yagona hukmdor boshqaruvi ostiga 
birlashtirilgan. M inoy tili 0 ‘rtayer dengizi hududidagi savdogarlar 
orasida keng tarqalgan. Keyinchalik yaratilgan yunon afsonalarida 
Egey dengizidagi Minoy dengiz boshqaruvi haqida ham to‘xtalib 
o ‘tilgan. Afsuski, minoyliklaming Krit ieroglif va A chiziqli matnlari 
(bir nechta M isr ilovalaridan tashqari) haligacha o ‘qilmagan. Shu bois, 
m inoyliklaming qadimgi tarixi faqat arxeologik qazishmalar orqali 
bizgacha m a’lum. Shu jihatdan minoyliklar yaratgan sivilizatsiya 
hozirga qadar o‘tmish jum boqlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Kritning ilk gullab-yashnash davri va uning Egey dunyosidagi 
yetakchiligi mil. avv. III-II ming yilliklarga to‘g‘ri keladi. Buning 
birinchi sababi Krit jam iyatida ishlab chiqaruvchi kuchlaming 
rivojlanishi va takomillashuvi bo‘ldi. Mil. avv. Ill ming yillikdayoq 
Kritda avval mis, keyinchalik bronza ishlab chiqarish o ‘zlashtirildi. 
Bronza qurollar tosh qurollami siqib chiqaradi. Bu davrda muhim 
o'zgarishlar qishloq xo‘jaligida ro‘y berdi. Dehqonchilikda donli
13Б


ekinlar (asosan arpa), uzumchilik va zaytun etishtirish kabi asosiy uch 
yo ‘na!ish paydo bo‘ldi.
Mazkur o ‘zgarishlar o‘z navbatida qishloq xo‘jaligida ishlab 
chiqarish kuchlarining o ‘sishi va ortiqcha mahsulotning ko ‘payishiga 
olib keldi. Buning asosida alohida jam oalarda qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlarining zahira fondi yaratila boshlandi. Bu esa faqatgina 
hosil kam b o ig a n yillarda oziq-ovqat yetishmasligini qoplabgina 
qolmay, qishloq xo ‘jaligida band bo‘lmagan odamlami, masalan usta- 
hunarmandlami boqish uchun ham yetarli bo‘lgan. Shu tariqa 
hunarmandchilik qishloq xo‘jaligidan alohida soha sifatida ajralib 
chiqib, hunarmandchilikning turli sohalarida professional ravishda 
ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga yordam berdi. Arxelogik 
qazishmalar jarayonida topilgan zargarlik buyumlari, idishlar, tosh 
buyumlar, kesilgan muhrlar mil. a w . Ill ming yillikning ikkinchi 
yarmidayoq 
minoylik 
hunarmandlar 
mohir 
usta 
bo‘tib 
yetishganlaridan guvohlik beradi.
Bu davrda jam oa zahira fondlarining m a’lum qismi jam oalararo 
va qabilalararo ayriboshlash uchun ham ishlatilishi mumkin edi. 
Butun Egey havzasida bo ig an i kabi Kritda ham savdo-sotiqning 
rivojlanishi dengiz savdosining rivojlanishi bilan bog‘liq b o ig an . 
Bizga m a’lum b o ig a n Krit manzilgohlarining aksariyat qismi sohil 
bo‘yida yoki sohildan uncha uzoq b oim ag an hududda joylashgan edi. 
Mil. a w . Ill ming yillikdayoq kritliklar Kiklada arxipelagi oroliari, 
materik Yunonistonning sohilbo‘yi hududlari aholisi bilan qalin 
munosabatlar o ‘m atib, Suriya va M isrgacha yetib boradilar. Boshqa 
dengiz xalqlari kabi kritliklar savdo-sotiq va baliqchilikni qaroqchilik 
bilan uyg‘unlashtirganlar. Kritning mil. avv. III-II ming yilliklarda 
iqtisodiy jihatdan gullab-yashnashi m a’lum darajada bu uchta boyish 
manbalariga ham bog‘liq b o ig an .
Krit iqtisodiyotini rivoji orolning birmuncha hosildor hududlarida 
ahoii sonining oshishiga olib keladi. Ulam ing katta qismi Kritning 
sharqiy qismi va keng markaziy tekisliklarda (Knoss va Fest hududi) 
joylashgan edi. Shu bilan bir vaqtda Krit jam iyatida tabaqalashuv 
jarayoni ro‘y beradi. Alohida jam oalar ichida nufuzli zodagonlar 
tabaqasi 
ajralib 
chiqadi. 
Uning 
tarkibiga 
asosan 
sulolaviy 
yo‘lboshchilar va kohinlar kirgan. Ular ishlab chiqarish jarayonidan 
bevosita qatnashishdan ozod qilingan b o iib , boshqa jam oa a ’zolariga 
qaraganda birmuncha imtiyozlarga ega edilar. Shu davrdan boshlab
136


asosan bosib olingan qabila a ’zolari orasidan asirga olingan 
kishilardan qullar toifasi paydo b o ‘la boshlaydi. Shuningdek, shu 
davrdan boshlab siyosiy munosabatlaming ham yangi shakli vujudga 
kela boshlaydi.
Taxminan mil. a w . 1700 yillarda Kritda kuchli zilzila ro‘y berib, 
hammayoqni qamrab olgan yong‘inga aylandi. Natijada Knoss va 
Fest, M alliya va Kato Zakrodagi saroylar vayron b o ‘lgan. Aholi 
yashaydigan boshqa joylar ham zarar ko‘rgan. Bu faqatgina Krit 
madaniyatini birmuncha vaqt to‘xtab turishiga sabab bo‘ladi. Tez 
orada saroylar qayta tiklanib, Knoss orolda ustun ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Arxeologik topilmalarga ko ‘ra orolning turli tomonlaridan 
Knossga qarab qurilgan yo‘llar ana shundan dalolat beradi. Saroylar 
qayta qurilganidan keyin miloddan avvalgi XVIII asm ing ikkinchi 
yarmidan to miloddan avvalgi XV asrgacha bo ‘lgan vaqt oralig‘ida 
Krit davlati qudrati avjiga chiqqan edi. Qaytadan qurilgan Knoss 
saroyida devorlarga solingan turli bezakli suratlar zodagonlaming 
qudrati va mavqeini yanada ortganligini aks ettiradi.
Knoss va Kritning boshqa saroylarida egalarining dabdabali 
hayoti va aksariyat aholining ayanchli hayoti arxeologik materiallar: 
turar joy, ro‘zg‘or buyumlari va maqbaralarda yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Saroy omborxona, ustaxonalari va boshqa yordamchi binolar 
esa saroy x o ‘jaligini murakkab tuzilganidan dalolat beradi.
Saroy xo‘jaligida ko‘plab mutaxassis va hunarmandlar -
yordamchi xodimlar, xizmatkorlar xizmat qilgan. Saroyda xodimlari 
orasida qullar ham ko ‘p bo‘lgan.
Kemalar flotidan tashqari, Kritda quruqlik qo‘shini ham bo‘lib, 
askarlar jang aravalarida harakatlanganlar. Krit davlati ma’muriy 
jihatdan viloyatlardan iborat bo‘lib, ular shoh noiblari tomonidan, 
oqsoqollar kengashlari bilan birga idora qilingan. Yerlar qisman 
jamoaga qarashli bo‘lib, qisman yakka tartibda ijaraga berilgan va 
xususiy mulk mavjud edi. Dengizning narigi tomonidagi Krit nazorati 
ostidagi yerlar mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. Masalan, 
Attika viloyatida shunday jarayonni kuzatish mumkin bo‘lgan.
Qadimgi kritliklaming e ’tiqodi xususida arxeologik manbalar 
ko‘proq m a’lumotlar beradi. Kritliklar katta ibodatxonalar qurmay, 
balki kichik- kichik sajdagoh va mehroblar qurish bilan cheklanganlar. 
Ko‘pgina rasm va haykalchalar kritliklaming bosh xudosi - ayol-iloha 
bo‘lib, u mahalliy xalq tasavvurida hayot baxsh etgan, o ‘simliklar,
137


hayvon va odamlami himoya qilgan. Diniy marosimlar asosan ayollar 
tomonidan ado etilgan. Yunon afsonalari Krit dinini keyinchalik 
yunonlaming yuzaga kelgan diniga ta ’sir ko‘rsatganidan dalolat 
beradi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling