Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.K rit sivilizatsiyasining tarixda tutgan o ‘mi haqida m aiu m o t 
beringl
2. Knoss shahri xarobalaridan nimalar topilgan?
3. Miken aholisining etnik tarkibi qanday b o ig an ?
4. Yunonlaming qo‘shni xalqlar bilan o ‘zaro madaniy aloqalari 
haqida nimalami bilasiz?
5. Krit-Miken madaniyatining jahon sivilizatsiyasida tutgan 
o ‘m iga baho bering.
Glossariy
Fol toshi-Krit din va madaniyatiga oid yozma manba
“B” chiziqli yozuv-Axeylar ta ’sirida o ‘zgargan Krit yozuvi
Nukleus-o‘zak toshli mehnat quroli
Stela- tom taxta. Ularga suratlar uyilgan
Vanaka - Pilos va Kritda davlat hukmdori unvoni (mil. avv. II 
ming yilliklar). Keyinchalik hukmdor podsho.
Patreve-shoh noiblari
Mavzu: Miloddan a w a lg i XI asr oxiri-V I asrlarda Yunoniston
Reja:
1. Mil. avv. XI-IX asrlarda Gomer davri (“Zulmat asri”) da 
Yunoniston.
2. Buyuk Yunon kolonlashtirish davri.
3. Yunon polislaming shakllanishi.
4. Sparta davlati
142


Mil. avv. XI-IX asrlar Gomer davri (“Zulmat asri”)da 
Yunoniston. Krit-Miken davridan keyingi Yunon tarixi davrini sobiq 
sovet va ba’zi bir g ‘arb tarixshunoslari “Iliada” va “Odisseya” asarlari 
muallifi Gom er nomi bilan Gomer davri deb atashgan. Sababi, mazkur 
davr bo‘yicha asosiy m a’lumotlar Gomer dostonlarida keltirilgan 
tarixiy voqeilikka asoslanib yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy g‘arb 
tarixi maktablari, jumladan, amerika, ingliz, fransuz va boshqa maktab 
vakillari bu davmi “Zulmat asri” deb ham nomlashadi.
Gomer davri bo‘yicha m a’lumotlami arxeologik tadqiqotlar 
sezilarli ravishda to‘ldiradi va kengaytiradi. Bu davr uchun asosiy 
arxeologik topilmalar nekropol (qabriston)lardan topilgan. Ulaming 
eng yiriklari Afinadan (Keramika va so‘nggi Agora), Salamin oroli, 
Evbeyadan 
(Lefkanda yaqinida) 
va Argos atroflarida ochib 
o‘rganilgan. Mil. avv. XI-IX asrlarga oid b o ‘lgan manzilgohlaming 
soni hozirgacha ko‘p emas. ulam ing deyarli hammasi yetib borish 
qiyin, tabiiy himoyalangan joylarda joylashgan. Ularda doriylar 
tomonidan siqib chiqarilgan mahalliy minoy-axey aholisining 
qoldiqlari yashagan. Gomer davri dengizbo‘yi aholisi quruqlik bilan 
tor yo'llar orqali bog‘langan yarim orollarda joylashgan. Ular 
qaroqchilardan himoyalanish uchun devorlar bilan o‘rab olingan. 
Bunday manzilgohlaridan biri sifatida Eoliya kolonistlari tomonidan 
asos solingan Kichik Osiyo sohilidagi Smimani ko‘rsatish mumkin.
Arxeologik topilmalar shuni ko ‘rsatadiki, doriylar bosqini 
Yunoniston taraqqiyotini bir necha asrlarga orqaga ketishiga sabab 
bo‘lgan. Miken davrida erishilgan yutuqlardan faqatgina yangi 
yerlami o ‘zlashtirish uchun kerak bo‘lgan ishlab chiqarish usullari va 
texnikalar saqlanib qolgan edi. Bunga kulolchilik charxi, metallga 
ishlov berish texnikasi, yelkanli kema, zaytun va uzum yetishtirish 
madaniyatini misol keltirish mumkin. M iken sivilizatsiyasiga xos 
bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, davlat muassasalari, diniy- 
g ‘oyaviy tasaw urlar o ‘zining mavjudligini to ‘xtatgan edi. Butun 
Yunoniston hududida uzoq vaqtgacha yana ibtidoiy jam oa tuzumi 
qaror topdi.
Miken saroylari va qal’alari tashlandiq holda yotgan. Ulaming 
devorlari ortiga endilikda hech kim kelib joylashmadi. Hattoki, 
doriylar bosqinidan zarar ko‘rmagan Afinada ham mil. a w . XII asrda 
Akropol uzoq vaqtgacha huvillab yotdi. Bu davrda deyarli barcha 
uylar yog‘och yoki xom g‘ishtdan qurilgan. Gomer davrida dafn qilish
143


marosimi ham Miken qabrlariga nisbatan qiyoslaganda ancha 
nochorroq. Erkaklar qabrlarida faqatgina sopol ko‘zalar bronza yoki 
temir qilichlar hamda nayza va kamon o ‘qi uchlari mavjud b o‘lsa, 
ayollar qabrlarida arzon taqinchoqlar uchraydi. Ularda deyarli 
qimmatbaho buyumlar bo‘lmagan. Gomer davri hunarmandchiligi 
ham badiiy ham texnik jihatdan Miken davridan ortda qolganligini 
ko‘rish mumkin. Shuningdek, qabrlarda o ‘zga xalqlar, xususan, 
sharqiy xalqlarga tegishli bo‘lgan buyumlar uchramaydi. Bulaming 
hammasi hunarmandchilik va savdoning keskin susayib ketganligi, 
malakali ustalarning urush natijasida ommaviy tarzda qochib 
ketganligi, M iken Yunonistonini Yaqin Sharq va boshqa 0 ‘rtayer 
dengizi bilan bog‘lab turgan dengiz savdo yo‘llarining uzilganini 
ko‘rsatadi.
Lekin shuni ta ’kidlash lozimki, Gomer davri Yunonistonning 
madaniy rivojiga hech narsa bermadi, deb bo ‘lmaydi. Bu davrda ba’zi 
bir muhim yangiliklar ham qilindi. Ulardan eng muhimi yunonlar 
tomonidan temimi eritish va qayta ishlash bo‘ladi. Miken davrida 
temir qimmatbaho metall hisoblanib, undan faqat uzuk, tumor kabi 
taqinchoqlar yasash uchun foydalanilgan. Bolqon Yunonistoni va 
Egey orollari hududlaridan topilgan tem ir qurollaming qadimiy 
ko‘rinishlari (qilich, hanjar, o ‘q va kamon uchlari) mil. avv. XII-XI 
asrlarga tegishlidir. Birozdan keyin mil. avv. X-IX asrlarda temirdan 
birinchi mehnat qurollari yasala boshlanadi. Misol tariqasida Afina 
agorasidagi qabrlardan birida topilgan bolta va iskana, keramika 
nekropolidagi qabrlardan biridagi iskana va poytesha, Tirinfdagi temir 
o‘roq va boshqalami keltirish mumkin.
Gomer davri iqtisodiyotida natural ishlab chiqarish hukmron 
bo‘lib, asosiy sohalar Miken davriga o ‘xshab dehqonchilik va 
chorvachilik edi. Gomeming “lliada” va “Odisseya” dostonlarida 
dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sahnalar o‘rin olgan. 
Gomer davri iqtisodiyotida chorvachilik favqulodda muhim rol 
o ‘ynagan. Chorva asosiy boylik o ich o v birligi hisoblangan. Masalan, 
Odissey “Itaka va yaqin materikdagi qahramonlaming birinchisi” 
hisoblangan, chunki unga 12 suruv yirik shoxli qoramol, shuncha 
miqdorda echki, qo ‘y va cho‘chqa tegishli b o ig an .
Arxeologik jihatdan Gomer davrini o ‘rganish natijalaridan 
shunday xulosa chiqarish mumkinki, mil. avv. XI-IX asrlarda 
Yunoniston va Butun Egey havzasi iqtisodiy izolyatsiyada yashagan.
144


Gomer davri jam oalari hattoki o ‘zi bilan qo‘shni bo‘lgan jam oalar 
bilan ham deyarli aloqaga kirishmagan. Jamoalar x o ‘jaligi natural 
ko‘rinishga ega bo‘lgan. Umuman olganda bu davrda ishlab chiqarish 
sust rivojlangan, ijtimoiy munosabatlar ham taraqqiyotda ancha ortda 
qolgan bosqich sifatida tarixda qoldi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling