Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Miken. Mil. avv. II ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida
qabilalaming ko'chishi bilan jam iyat ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy o ‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko ‘ra bu vaqtda Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi qirg‘oqlarida Hind-Yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Bu haqda M ikenda arxeologik qazishmalar olib borgan Genrix Shlimann m a’lumotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Miken keyinroq yaratilgan yunon afsonasi bo‘lmish Iliada dostonida yunonlami Troyaga qarshi urushga boshlab borgan Agamemnon ismli afsonaviy hukmdoming yashash joyi bo‘lgan. Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatni mavjud bo ‘lishi uni shartli ravishda “M iken” madaniyati deb atalishiga sabab bo‘ldi. Mikena siyosiy markaz sifatida o ‘z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira olmadi. Faqat M ikenada olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Mikena madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876 yilda arxeolog G. Shliman M ikenada qoyaga o ‘yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlarda kumush va oltin bilan bezatilgan bronza (jez) qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang lavhalari tasvirlangan. Mil. avv. 1600 yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Markaziy va janubiy Yunonistonda qudratli markaz Mikena shahri va boshqa shaharlar shakllana boshlaydi Biz bugun Mikenning oxirgi yuz yil davomidagi boyligi va kuch- qudrati, 14-15 asrlar oldin qurilgan joy-majmualarining xarobalarini ko‘ramiz. Ulaming arxitekturasi va bezagi diqqat bilan qaralganda, Minoy uslubiga o ‘xshatiladi, shu bilan birga bir-nechta ajoyib farqlari ham bor. Ular odatda tepaliklarda joylashgan bo‘lib, hashamatli qalin devorlar bilan o'ralgan va ular Krit makonlaridan farqli o ‘laroq, ancha kichik edi. Biz Miken hukmdorlarining dastlabki vazifasi mamlakatga bostirib keluvchi raqiblardan mudofaa qilish deb, xulosa qilamiz. Qal’alami o ‘rab olinishi yashirinish va istiqomat qilish uchun 138 dastlabki shahar b o iib xizmat qilgan. Keyinchalik Yunonlarda juda katta devorlar insoniyat aqli bovar qilmaydigan darajada ulkan va hashamatli qilib qurilgan. Haqiqatdan ham bunday ishlar, ehtimolki shohning maqtanishi, davlati va kuch-qudratini odamlar ko ‘z o ‘ngida namoyish qilish uchun kerak b oig an d ir. Shuningdek, Miken makonlari Minoydan farqli o ia ro q , turli vaqt oraligida o‘zlashtirilgan. Krit komplekslarida hovliga tosh yotqizilgan, markazda to‘g ‘ri to ‘rtburchakli saroylar b o iib , zal, megarondan tashkil topgan. Megaron - bayramlarda kengash a ’zolari va mehmonlami kutib olish uchun ishlatiladigan tantanali markaz edi. Birinchi hovli orqali peshayvon va kichik xonaga kiriladi. 0 ‘rtada katta xona b o iib , u yerda plastikdan yasalgan dumaloq o ‘choq, yon tomonida to ‘rtta ustun hamda ochiq balkon b o ig a n ( U yerda ilohdan madad so‘ralgan). Yangi qirollik davri (mil. avv. 1575-1087- yy) da Anatoliya, Suriya, Misrga qarshi agressiv harakatlar olib borilgan. Shunga qaramay, 0 ‘rtayer dengizi dunyosida M iken madaniyati va boshqa davlatlar bilan diplomatik jarayonlar shakllandi. Mintaqadagi yana bir muhim markaz haqida Gomeming “Iliada” va “Odisseya” dostonlari m aiu m o t beradi. Unda Pilos shahri va M essaniya haqida hikoya qilinadi. “Nestor” makoni Amerika arxeologi Kar Belgans tomonidan 1939-yili Pilosdan topilib, so‘nggi bronza davriga oid ekanligi aniqlanadi. Belgans ko‘p sonli В chiziqli muhim yozuvlami topadi. В chiziqli yozuvlar Knoss va boshqa markazlardan ham topilgan. Unda Mikenning iqtisodiy jamiyati haqida m a’lumotlar uchraydi. Yana bir markaz “Pilos” hisoblanib, В chiziqli yozuvda “Pu-ro” deyilgan. U yerdagi jo ‘shqin hayot mil. a w . 1400-1200- yillaming o‘rtasigacha cho‘zilgan. Nestorda inshootlar mil. avv. 1300-1200- yillar atrofida qurilgan va ular kichikroq ko ‘rinishda b o ig an . Pilos qiroiligi ikki yuz atrofida shahar va qishloqlami o ‘z ichiga oladi. Hududi 1400 kv km milni tashkil qilib, 2 ta viloyatga b oiinadi, viloyatlar esa, yetarlicha tumanlarga boiin ad i. Jamiyat piramidasining Yuqorisida qirol turgan b o iib , u “vanaks yoki vanaka” deyilgan. Qiroldan keyin peshqadamlik armiyada b o ig an . Markazlashtirilgan ishlab chiqarish va tarqatish tizimi, asosan, hashamatli uylarda yashovchi mansabdorlar uchun xos b o iib , kichik b o ig an guruhlaming ba’zi qismi ta’minlangan. Lekin, ko‘pchilik odamlaming 139 asosiy ishlab chiqaruvchi boyligi - dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatishdan iborat bo'lgan. Oddiy aholi kamtarona hayot kechirishgan, uylari bir-ikki xonali bo‘lib, ulami ozchilik qismigina serhasham yashagan. K o‘pchilik oilalar oliy darajadagi kishilardan yerlami ijaraga olgan, qolganlari esa, o ‘zining yeriga ega bo‘lgan. Hunarmand, chorvador va ruhoniylar yerlam ing “shaxsiy” xo‘jayinlari hisoblanishgan. Oddiy qishloq kishisi fermada ishlashi, yer, daraxtlar, tok, uy hayvonlariga qarashi, soliq to ‘lashi lozim bo‘lgan. Bir necha uy xizmatkorlari armiyada ham xizmat qilishgan. Ayollar asosan uy ishlari bilan m ashg‘ul bo‘lishgan. Shuningdek, qishloqdagi ayollar mato to‘quvchilardan asboblami ijaraga olib, ulush evaziga jun va zig‘irdan buyumlar tayyorlashgan. M ikenda aholi uyda mahsulot tayyorlab, eksport qilgan. Ayollar to‘qimachilik, ko‘ylak tayyorlash, choyshab tikish bilan band bo‘lsa, erkaklar duradgorlik, kulolchilik, charm tayyorlash va boshqa ishlar bilan shug’ullanishgan. 0 ‘sha vaqtda Yunonistondan mis, qalay, oltin, fil suyagi, bo ‘yoq, qahrabo va ziravorlar chet davlatlarga eksport qilingan. Ayniqsa, vino va qimmatbaho taqinchoqlar eng ko‘p chiqarilgan mahsulotlar sirasiga kirgan. В chiziqli yozuvga qaraganda, Mikenda aholi Zevs, Poseydon, Germes, Artemidaga ibodat qilgan. Zevsni “Osmon otasi” deb atashgan. Mikenda doriylar o ‘z davlatiga asos soladi va bu tarixda “doriylar bosqini” deyiladi. Miken qirolligi miloddan avvalgi 1100-yilgacha yashagan. Minoy san’ati va arxitekturasi Yaqin Sharq sivilizatsiyalari, avvalo Misr oldida katta qarzdordir. O 'sha paytda ular qadimgi sivilizatsiyalar metod va texnologiyalaridan unumli foydalanilgan holda o ‘ziga xos farqli jihatlar va uslub asosida rivojlantirdilar. Tashrif buyuruvchilar uning hashamatli o‘lchami (300 xonadan iborat 3.2 akr maydonni egallagan) va arxitekturasining jozibadorligidan hayratga tushganlar. Saroy tosh va g ‘ishtdan qurilgan bo‘lib, shuningdek, ko‘plab ustunlar ham ishlatilgan. Ko‘plab ayvonlar, peshayvonlar va balkonlar yorqin ranglar bilan bo‘yalgan bo‘lib, tashqaridan teatrona ko‘rinish bergan. Kichkina tuynuklar saroy ichkarisiga toza havo va kunduzi yorug‘lik berib turgan. Quvurlar tizimi va kanalizatsiya ko‘plab xonalarga chuchuk suv olib kelish va 140 chiqindilami chiqarib tashlash imkonini bergan. Devorlar va yo‘laklar o‘simliklar tasviri, hayvonlar hayotidan olingan lavhalar va kishilar faoliyati, b a’zida diniy jarayonlar yoki marosimlar bilan bezatilgan. Bu kabi tasvirlar shahar va qishloqlardagi biror- bir uylarda uchramaydi. Krit san’ati nafisligi, hayotiyligi va rang-barangligi sabab bugungi kunda ham undan ilhom oladilar. Freskalar, idishlardagi rasmlar va kichik haykalchalar bizga saroy va villalar egalari o‘zlarining qanday tasvirlaganliklarini tasavvur qilishimizga yordam beradi. Ayol va erkaklar yosh, xushbichim va bejirim tasvirlangan. Erkakiaming soqollari olingan va M isr erkaklari kiyimlariga o'xshash kalta katak yubka kiyganlar. Ayollar va erkakiaming ikkalasi ham uzun sochlarga ega bo‘lgan, orasta kiyim va oltin taqinchoqlar taqishgan. Mil. avv. Ill ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalaming ko‘chishi bilan jam iyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra bu vaqtda Sharqiy 0 ‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida hind-yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Mil. avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish ishlarida, urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar paydo bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashib yangi moddiy va m a’naviy madaniyatini vujudga keltirdilar. Mil. avv. I ming yillikni oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar tomonidan o ‘zlashtiriladi. Mil. a w . XIV asrda Kichik Osiyoda Axeya davlati mavjud bo‘lgani to‘g ‘risida mixxat yozuvlari m a’lumot beradi. Xett manbalarida (XIV-XIII asrlarda) Axeya deb atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar. Mil. avv. XII asr boshida Sharqiy 0 ‘rtayer dengizining Osiyo qirg‘og‘ida filimstinlar deb atalgan xalqlar o‘mashadi. Ulaming manzilgohlarida bu yerda ilgari bo‘lmagan, shu yeming o'zida ishlab chiqarilgan mikena sopol buyumlari ko‘plab topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari ko‘chishi boshlanadi. Yodgorliklarda moddiy - m a’naviy madaniyatning tushkunligi ko‘rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o ‘zlashtirila boshlanadi. Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib 141 o ‘mashadilar. Doriylaming kirib kelishi bilan mavjud sivilizatsiya yo‘q qilib yuborildi. Xulosa qilib aytganimizda, Krit-Miken jam iyati qadimgi Yunonistonda ilk sivilizatsiya o ‘choqlaridan biri b o iib , bu yerda ilk davlatchilik shakllari ko‘zga tashlanadi. Lekin bu davlat keyinchalik o ‘zaro bosqinlar natijasida inqirozga yuz tutadi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling