Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev
Download 7.09 Mb. Pdf ko'rish
|
Yozma manbalar. Qadimgi yozuvlar sopol, tosh, metall, va
papirus (mil av. II asrdan pergament) kabi turli materiallarga yozilgan. Bizgacha yetib kelgan asosiy yozma manbalar mil. avv. VIII asrda yaratilgan yunon alifbosi asosida yozilgan; lekin, shuningdek, qisqa davr mil. avv. II mingyillik davomida A va В chiziqli Krit yozuvlari ham bo‘lgan. Ushbu yozuv namunalari 1901-yilda A. Evans tomonidan topilgan bo‘lishiga qaramay, faqatgina 1953- yili ingliz olimi M. Ventris b a’zi qismlarini shifrovka qilishga muvaffaq bo'ldi. Afsuski, bulam ing ko ‘pchiligi yo‘qolib ketgan. Qadimgi Yunonistonning klassik hamda ellin davri tarixini yoritishda mazkur mintaqada yashab ijod qilgan tarixchilar asarlarini o‘mi beqiyos. Birinchi navbatda mil. avv. V asrda yashagan Galikamaslik Gerodot ( 485-425-yy)ni qayd etish maqsadga muvofiqdir. Uning mashhur asari “Tarix” deb nomlanib, 9 kitobdan iborat. M uallif asam ing dastlabki 4 ta qismida Kichik Osiyo, Bobil, Midiya, M isr hamda Skif qabilalari tarixini bayon etadi. Qolgan 5 ta kitobda asosan yunon-fors urushi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar (mil. a w . 479 yilgacha) o ‘rin olgan. Shu davming yana bir yirik vakili afmalik tarixchi Fukidid (460-400- yy) b o iib , uning asari Peloponnes urushlariga (431-404- yy) bag‘ishlangan. Shuningdek, tarixchi va publitsist Ksenofont (430-355- yy) ham o ‘z davrining mashhur kishilaridan bo‘lgan. U Fukidid ishlarini davom ettirib, “Yunon tarixi” asarini yaratgan. Yunoniston tarixi yoritishda antik davr faylasuf va siyosatchi arboblaming asarlari muhim o ‘rin tutadi. Ular orasida Platon va Aristotel qoldirgan ilmiy meros biz uchun qimmatlidir. Platon (427- 348- yy) o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini chuqur tahlil qilgan holda “Davlat” va ’’Qonunlar” nomli traktatlar yaratgan. Aristotel esa hududdagi 158 ta Yunon polislari siyosiy jarayonlarini ilmiy tadqiq etgan holda “Siyosat”(Politika) asarini yozgan. Qadimgi Yunoniston tarixini yoritishda badiiy adabiyot va san’atning o‘mi beqiyos. Esxil, Sofokl, Evripid tragediyalari hamda Aristofan komediyalari shular jumlasidandir. Afsuski, barcha tarixiy va badiiy asarlar toMiq saqlanib qolmagan. Jumladan, mil. a w . V asming eng taniqli dramaturgi Sofokl tomonidan yozilgan 120 dan ortiq pyesaning yettitasigina bizgacha to ‘liq etib kelgan. Hozirga kelib so‘nggi texnologiyalar asosida yunon yozuvlarining elektron bazasi 132 yaratilgan boMib, unda mil. avv. VIII asrdan milodiy II asrgacha boMgan 20 000 000 so‘zdan iborat yunon adabiyoti matnlari joy olgan. Qadimgi O 'rtayer dengizi hududida yozish uchun qoMlaniladigan odatiy xomashyo - papiruslar boMib, u M isrda mil. avv. Ill mingyillikdan ishlatila boshlangan. Qadimgi yunonliklar o‘tmish mualliflar asarlarini saqlashga jiddiy e ’tibor qaratganlar. Aleksandriyadagi katta kutubxonaga tashrif buyuruvchi o ‘quvchi mil. avv. 1-ming yillik davomida 500 ming o‘ramga yaqin kitob o‘qish imkoniyatga ega boMsa, aytishlaricha o ‘sha vaqtda Pergamda bunday kitoblar 200 000 o ‘ramdan oshgan. Shuni ta ’kidlash lozimki, mazkur davrda yunonlar uchun manbalami o ‘qish jarayonida tanlov imkoniyati kuchli boMgan. Aleksandriyalik olimlar o‘zlari ular maktablarda o‘rganish uchun eng munosib deb hisoblaganlarini mualliflar ro‘yxati bilan birga saralab foydalanganlar. M azkur manbalar keng qamrovli boMib, ulami davr va joyiga qarab o ‘rganish maqsadga muvofiq boMadi. Jumladan, M iken davriga (mil av. 1600-1200) oid manbalar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Afsuski, “Zulmat davri” bosqichida, y a’ni mil. avv. VIII asrgacha juda kam materiallar uchraydi va hech qanday yozma maMumotlar yo ‘q (Gomer dostonlari bundan mustasno). Mil. avv. VII asrdan keyin esa moddiy va yozma manbalar ko‘plab uchraydi va qadimgi Yunoniston haqidagi rang-barang maMumotlarga ega manzaraning guvohi boMishimiz mumkin. Mazkur manzaralarda yunonlar murakkab tabiiy sharoitlarga qanday g‘oya va texnologiyalar bilan javob bergani, ular kishilik jamiyati doirasida o ‘zaro hamkorlik qilganliklari va jam oalar - uyushmalar doirasida qanday o ‘zgacha madaniyat vujudga keltirgani hamda individual farqlilikni saqlaganliklarini ko‘rsatib beradi. Yunon yozma manbalari orasida badiiy adabiyot ham muhim o‘rin tutadi. Albatta zamonaviy tarixchilar asosan qadimgi tarixchilar va biograflar maMumotlarga tayanishadi. Lekin, she’riyat va nasming boshqa janrlari ham muhim manbalar sifatida qaraladi. Download 7.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling