Universiteti d. J. Urakov, R. N. Tursunov a. A. Biykuziyev


Rim respublikasining tashkil topishi


Download 7.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/109
Sana20.10.2023
Hajmi7.09 Mb.
#1711379
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Rim respublikasining tashkil topishi. Rimliklar endilikda hech 
qachon qirol boshqarmasligini e ’lon qiladilar. Uning o‘m iga lotincha 
atama 
res publica “xalq ishi” ma’nosini bildiradigan Respublika 
tuzumini o ‘matishdi. Respublika boshqaruv shakli boMib, o ‘zlarining 
boshliqlari uchun ovoz berish huquqiga ega boMgan fuqarolar 
boshqaruviga asoslangan. Rimda ovoz berish huquqi faqat ozod boMib 
tugMlgan erkaklargagina berilgan edi. Shuni ta’kidlash lozimki, uzoq 
vaqt davomida antik mualliflaming ushbu maMumotlariga afsona 
sifatida qarab kelishgan. Biroq, so‘nggi yillardagi arxeologik 
topilmalar, qadimgi yozuvlami o'rganilishi hamda lingvistika fani 
yutuqlari mazkur maMumotlami haqiqiyligini yana bir bor isbotladi.
M azkur tarixiy jarayonlarda Rim aholisi (populus) uchta katta 
urug‘ 
trib (qabila) dan tashkil topgan edi. Uni Afmadagi Klisfen 
islohatlariga qadar boMgan 
fila ga o'xshatish mumkin. Bizgacha ushbu 
qabilalami etruskcha nomlari-titsiy, ramniy, lutserlar m a’lum, xolos.
221


Triblar otliq qo‘shinlami shakllanishida muhim rol o‘ynagan. 
Jamiyatning yana bir muhim 
Ъо‘ g‘ini-kuriya hisoblanib, ulaming soni 
30 tani tashkil etgan. M azkur birlashma erkaklami harbiy ittifoqi 
sifatida piyoda qo‘shinlami asosi bo ‘lib xizmat qilgan. Davlatning 
ijtimoiy tuzilmasini urug‘ (
gentes) tashkil etib, ulami soni dastlab 100 
ta keyinchalik 300 taga etadi.
Rim respublikasini boshqarish ishida Senat va komitsiyalar 
muhim rol o‘ynagan. Senat asosan tub aholiga mansub yoshi 
kattalardan iborat kengash sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ulaming 
tarkibi dastlab 100 ta, keyinchalik 300 taga etadi. Komissiyalar 
harbiy-erkaklardan iborat xalq yig‘ini bo ‘lib, kuriyalar bo‘yicha 
to'planishgan. Senatning tavsiyasiga ko‘ra komissiyalar konsullami 
saylashgan. Saylangan konsullar harbiy yoiboshchilik, kohin va 
sudyalik qobiliyatiga ham ega b o im o g ‘i lozim edi. Respublika tuzumi 
o‘matilishi bilan oliy hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki 
konsul qo‘liga o‘tdi. Jamoalami keksa, tajribali oqsoqollar boshqargan 
bo‘lib, ular
-magistrat deb atalgan. Oliy davlat organi bo'lgan xalq 
yig'ini qonunlar qabul qilgan, boshqa davlatlarga urush ochgan yoki 
sulh tuzish, davlat mansablariga amaldorlami saylash hamda yuqori 
sud idorasi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Rim jamiyatining ibtidoiy jam oa tuzumidan chiqish jarayonida 
ulkan o‘zgarishlar yuz beradi. Aholi sonining o ‘sib borishi va 
xo‘jalikni rivojlanishi oqibatida qo‘shni jam oa munosabatlari jadal 
rivojlandi. Jamoa orasida patriarxal qullar hamda xususiy yer egalari 
soni o ‘sib boradi. Natijada ayrim urug‘lar keskin ravishda boyib 
ketadi. Jamiyatda qaram kishilar 
{cliens-qax&m, quloq soluvchi) bilan 
birga ulaming homiylari sanalgan 
patron toifasi vujudga keladi. 
Patronlar qaram kishilarga yerlar ajratib berar, sudda ulami himoya 
qilar va ularga o‘z nomini ham berar edi. 0 ‘z navbatida qaramlar 
homiylari uchun harbiy qo'shinda ishtirok etar, kerak bo‘lsa jonini 
ham fido qilishga tayyor turgan.
Shaharlami gullab-yashnashi, yangi yerlami bosib olinishi hamda 
o‘zga hududlardan qulay joy qidirib boshqa yurtlardan aholini k o ‘chib 
kelishi ijtimoiy hayotda keskin vaziyatni yuzaga keltiradi. Dastlab 
kelgindi urug‘ va qabilalar Rim trib va kuriyalariga qabul qilingan. 
Keyinchalik vaziyat qiyinlashib, ulami Rim jamoalariga qabul 
qilmasdan, hatto saylov jarayonlariga ham yaqinlashtirmay qo‘yadi. 
Rimliklar ulami 
plebeylar deb atashardi. Darhaqiqat, erkin bo‘lishiga
222


qaramay, ushbu toifalar amalda hech qanday huquqqa ega 
boiishm agan.
Rim tarixining podsholik bosqichidayoq, aholi orasida yerga 
bo‘lgan talab kuchli edi. Shuning uchun podsholar turli islohot va 
o ‘zgarishlami amalga oshirgan edi. Jumladan, Serviy Tulliy jami 
yerlami 21ta okrugga b o ‘ladi. Okruglar triblar nomi bilan 4 tasi shahar 
hududida qolgan 17 tasi qishloq joylarda tashkil etiladi. Shunday qilib, 
Serviy Tulliy patritsiy va plebeylar yashash joylarini aralashtirib 
yuborgan edi.

Download 7.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling