Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva


“O‘zkimyosanoat” kompaniyasi tarkibidagi “Farg‘onaazot” korxonasi uchun raqobatbardoshlik marketing strategiyasi


Download 0.72 Mb.
bet25/37
Sana03.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1664865
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
RAQOBAT STRATEGIYASI

“O‘zkimyosanoat” kompaniyasi tarkibidagi “Farg‘onaazot” korxonasi uchun raqobatbardoshlik marketing strategiyasi


Zamonaviy ishlab chiqarish nazariyasining mohiyati shundan iboratki (M.Porter, P.Samuelson), firma yoki korxonalarning iqtisodiy natijalarini asosan bozor tuzilmasi, uning iqtisodiy munosabatlari va aloqalari ifodalab beradi. Boshqacha qilib aytganda, firma yoxud korxona natijalari ichki omillardan ko‘ra ko‘proq tashqi omillarga bog‘liq. Yuqoridagi iqtisodiy nazariyaga tayangan holda biz kimyo sanoati korxonalari mahsulotlari bozorini tadqiq etamiz.


Zamonaviy mikroiqtisodiy talqinlar firma nazariyasidan farqli o‘laroq firmalarning, ya’ni korxona, tashkilot yoki muassasaning natijaviy ko‘rsatkichlari bozor tuzilishiga, bozordagi ishlab chiqarish munosabatlari (iqtisodiy aloqalari)ga bog‘liq deb talqin etiladi. Bozor strukturasi yoki tarkibi tushunchasi tarmoqdagi ishlab chiqarish korxonalarning soni, katta- kichikligi, mahsulot turlari va xilma-xilligi, raqobat muhiti, bozor konsentratsiyasi darajasi, bozorga kirishda to‘siqlar bor yoki yo‘qligi, mahsulot differensiatsiyasi va diversifikatsiyasi va hokazolar bilan belgilanadi. Iqtisodiy aloqalar – firma yoki korxona- larning mahsulot yoki xizmatlarga narxni belgilashi, bozor narxining shakllanishi, raqobat muhiti va uning intensivligi, innovatsiya va fan- texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, kooperatsiya va firmalarning o‘zaro qo‘shilish imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarish natijalari firma yoki korxonalarning foydalilik darajasi, rentabellik, mehnat unumdorligi, asosiy fondlarning qaytimi, zararsiz nuqtaga erishish koeffitsiyenti, o‘rtacha mahsulot yoki xizmatlarning tannarxi va hokazolar bilan belgilanadi. Tuzilmaviy omillar sotuvchilar orasidagi musobaqani ifodalaydi. Ular:


mahsulot yoki xizmat tabiati, gomogen yoki geterogen; xarajatlar sharti; ko‘lam iqtisodi mavjudligi; sotuvchilar soni va ko‘lami, sotuv- chilar konsentratsiyasi; iste’molchilar soni va ko‘lami, iste’molchilar konsentratsiyasi; bozorga kirish va chiqish shartlari; bozordagi talab shart-sharoitlari.
Aloqalarni ifodalovchi omillar: narx siyosati; marketing va reklama strategiyalari; moliyalash siyosati; firmalar orasidagi raqobat yoki kooperatsiya; ishlab chiqarish qarorlari; innovatsiya, ilmiy tadqiqot; taraqqiyot yoki qo‘shilish shartlari.
Faoliyat omillari: ishlab chiqarish samaradorligi; foydalilik, rentabellik darajasi; tarmoq ko‘lami va rivojlanishi; mahsulot va texnologiyalarni rivojlantirish.
“O‘zkimyosanoat” korxonalarini boshqarishga yangicha yon- doshish.“Makkinzi” kompaniyasining “75” degan modelini qo‘llash katta samara beradi.

Struktura Tizim Boshqaruv stili Kadrlar turi Strategiya Korporatsiyaning asosiy g‘oyasi va maqsadi


Tadqiqot natijalari quyidagilarni ko‘rsatadi: Korxona ishlab chiqarish imkoniyatlari (quvvati) mobilliligi. Korxonalar rahbariyati barcha ishlab chiqish resurslarni quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimladi:
mehnat resurslari – so‘ralganlarning 91% ga yaqin (rahbarlarning 9% ga yaqini ularni zaif tomon deb hisoblaydi); ishlab chiqarish infratuzilmasi - binolar, yo‘llar, kommunikatsiya (rahbarlarning 78% ga yaqigi yangi texnologiyalarga o‘tish kadrlar tarkibini jiddiy qayta tayyorlashni talab qiladi, deb hisoblaydi va faqat 28% ishlab turgan uskunalarda sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini inkor qilmaydi); uskunalar (so‘ralganlarning 46% mavjud pozitsiya bilan qoniqadi).
Menejmentning bozor pozitsiyasini umumiy qabul qilishi. Bozor pozitsiyasini baholashda rahbarlar ishlab chiqariladigan mahsulot (6-jadvalga qarang), to‘lovga qobiliyatli talab, sotish tizimi va narx siyosatiga alohida e’tiborni qaratishgan.



  1. jadval

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling