Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva


Download 0.72 Mb.
bet2/37
Sana03.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1664865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
RAQOBAT STRATEGIYASI

UO‘K: 338:33M (575.1)
KBK 67.404.1


ISBN 978-9943-7630-8-1


© «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» 2021.



KIRISH




Jahonda to‘plagan insoniyat tajribasi va mamlakatdagi menejment samaradorligini oshirish muammolarini idrok etilishi sanoat korxo- nalarini boshqarish tizimida biznes-jarayonlarni rivojlantirish g‘oyasini yanada dolzarblashtiradi. O‘zbekistondagi ko‘pgina korxonalar o‘z faoliyatini tashkiliy shakllantirish va sanoat biznes-tizimlari funksiya- larini yangilashda sifat o‘zgarishlarini talab qiladigan prinspial jihatdan yangi sharoitlarda amalga oshirishmoqda. Bunda biznes-jarayonlarga, ularni rivojlantrishga munosabat faqat bayon qilingan holida qolib, rasmiy tusga ega. Bu umuman tizim sifatidagi sanoat korxonalari menejmentini rivojlantirish barqarorligiga salbiy ta’sir qilayapti. Biznes- jarayonlarni mustaqil negizda rivojlantrish asoslarining to‘planishi muayyan tashkiliy salohiyat mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Bunday salohiyat nafaqat korxonaning omon qolishi, shu bilan birga bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanish uchun shart-sharoitlarni yaratadi. Biznes-jarayonlarni tashkil etish uchun xos bo‘lgan samarali boshqa- ruvsiz bunga erishib bo‘lmaydi. Korxonalar menejmenti uchun yangi muammolarning vujudga kelishi korxonalarning boshqarish tizimida biznes-jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha samarali vositalarni izlab topish borasidagi kuch-g‘ayratlarni bir joyga to‘plashni taqozo etadi. Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihoz- lashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiya- larni keng joriy etish avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo‘naltirilgan va mahalliylashtiriladigan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishlidir bo‘lib kimyo sanoati tarkibiga kiruvchi korxonalarini bosqichma-bosqich qayta jihozlash, sohaga xorij sar- moyasini keng jalb etgan holda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish jarayonlariga ham tegishli va iunga katta e’tibor qaratilmoqda.


Kimyo sanoati korxonalari respublikamiz iqtisodiyotidagi muhim ahamiyatiga qaramay, uni rivojlantirishning ko‘pgina nazariy va amaliy jihatlari yetarli darajada o‘rganilmay qolmoqda. Institutsional tub o‘zgarishlarning amalga oshirilishi, yirik korxonalarning raqobatchilik pozitsiyalarining murakkablashuvi, iste’molchilar fe’l-atvorlarining individuallashuvi va biznes-muhitdagi korxonalarni hisobga olishi va adekvat munosabat bildirishi lozim bo‘ladigan boshqa omillarning o‘zgarish darajasining yuqoriligi umuman korxonani va uning tarkibiy elementlarini boshqarishning yanada samarali va qayishqoq boshqaruv tizimlarini shakllantirish hamda qo‘llashni nazarda tutadi. Respublikamizda yirik korxonalarning menejerlari boshqaruvning byurokratik modellaridan biznes- jarayonlarni rivojlantirish sohasida murakkab sanoat tizimlarini boshqarishda ierarxik bo‘ysunish imkoniyatlarini ancha mukammal innovatsion yondashuvlar bilan qo‘shib olib boradigan adabtiv tashkiliy uslublarga o‘tish bo‘yicha real xatti- harakatlar zarurligini yaqqol idrok etishmoqda. Sanoat korxonasini marketing boshqaruvida uning biznes-tuzilmasini samarali boshqaruvga asoslangan menejment tizimida biznes-jarayonlarni rivojlantirish mexanizmi metodologik jihatdan muhim muammo hisoblanadi. Shuni qayd etish kerakki, bozor muhiti omillarining biznes-jarayonlarni rivojlantirishga ta’siri hozircha bir tartibga keltirilmagan, balki ko‘p jihatdan tasodifiy tusda bo‘lib, bu muqarrar ravishda qo‘shimcha xarajatlar sarflanishiga olib keladi. Shu sababli, iqtisodiy o‘sishning yangicha sifatini ta’min- lashda menejment rolini nazariy jihatdan teran idrok etish va korxonani boshqarishni takomillashtirishga ehtiyoj oshib bormoqda. Nafaqat, mavjud va qo‘llanilayotgan vositalar hamda uslublarni takomillashtirish, shu bilan birga, korxonaning raqobatchilik ustunligini ta’minlash uchun ularning turli-tuman xillarini rivojlantirish zarur. Tanlangan muammo sanoat korxonalari biznes-jarayonlarini tartibga solish va rivoj toptirish metodologiyasi nuqtayi nazaridan ham alohida qiziqish tug‘diradi. Korxona menejmenti tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar mamlakatdagi va xorijlik iqtisodiyotchilarni har doim alohida qiziqtirib kelgan. Biznes-jarayonlarni rivojlantirish muammolariga doir tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, bir qator hollarda O‘zbekistondagi korxo- nalarni boshqarish tizimida tuzilmaviy-funksional elementlarning majburiy tarzda o‘zgartirilishi ularni yanada rivojlantirish yo‘lida to‘siq


bo‘layapti, ijrochilar ishi samaradorligini pasaytiradi, boshqaruvning tuzilmaviy bo‘linmalari faoliyat yuritishining qayishqoqligi va tezkor- ligini cheklaydi, shuningdek menejmentning adekvat tizimini shakllan- tirishga to‘sqinlik qiladi. Zamonaviy marketing ushbu muammo yechi- mini tuzilmaviy bo‘linmalar rahbarlariga biznes-jarayonlar va biznes- operatsiyalarni shakllantirish va boshqarish, buning oqibati sifatida ular qabul qiladigan qarorlar samaradorligini oshirish sohasida ko‘proq moliyaviy mas’uliyat va xo‘jalik mustaqilligining taqdim etilishi bilan bog‘laydi. Boshqacha aytganda, sanoat korxonasi menejmenti tizimida tuzilmaviy bo‘linmalarni budjetlashtirish va moliyaviy javobgarlik mar- kazlari bo‘yicha tezkor rejalashtirishdan foydalanib biznes-jarayonlarni boshqarish mexanizmini rivojlantirish g‘oyasining tatbiq etilishi ko‘p jihatdan tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda. Shunday qilib, hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan biznes-jarayonlarni boshqarish metodologiyasi, sanoat korxonasi menejmenti tizimida budjetlashtirish va tezkor rejalashtirish ko‘p jihatdan deklarativ va rasmiy tus kasb etadi, ularning tashkiliy rivojlantirilishi esa shakllanib kelayotgan bozor munosabatlari talablariga javob bermaydi. Bayon etilayotganlardan kelib chiqib, mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun biznes muhitning tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan asoslash, korporativ tuzilmalarda marketinga oid boshqaruv qarorlarini qabul qilishda tomonlar manfaat- larini uyg‘unlashtirish, biznes muhit va aksiyadorlik jamiyatlarini bosh- qarish samaradorligi orasidagi bog‘liqlikni baholash, biznes muhitini korporativ munosabatlar orqali takomillashtirishning nazariy-uslubiy jihatlarini o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Mamlakatdagi menejment soha- sidagi hozirgi holatda biznes samaradorligini rag‘batlantirish maqsad- larida sanoat korxonalarini boshqarish tizimida biznes-jarayonlarini rivojlantirish borasida qo‘yilgan muammolar yechimini jahon xo‘jalik aloqalarining globallashuvi sharoitida jahon iqtisodiy hamjamiyati taklif qilayotgan konseptual novatsiyalar bilan uzviy bog‘lash kerak bo‘ladi. Shuni qayd etish zarurki, turli tadqiqotchilarning ushbu muammoga qiziqishining ko‘p jihatliligi va teranligiga qaramasdan, biznes-jarayon- larni tashkil etish pozitsiyasi yuzasidan sanoat korxonalarini boshqarish tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq bir qator jiddiy masalalar hali ham

ko‘rib chiqilmasdan kelayapti. Shu munosabat bilan, qayd qilish mum- kinki, milliy iqtisodiyotning globallashuvi jarayonida korxonalarning faoliyat yuritishi shart-sharoitlari, ularni boshqarish uslublari va yonda- shuvlarni tadqiq qilishda yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish tendensiyasi yuzaga kelmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar sanoat korxonalari marketing menejmenti tizimida biznes-jarayonlarni rivojlantirish borasi- dagi muammolarning yetarli darajada va dolzarblik bilan ishlab chiqilma- ganligidan dalolat beradiki, bu ushbu tadqiqot mavzusining tanlanishini oldindan belgilab beradi. O‘quv qo‘llanmaning maqsadi sanoat korxo- nalari marketing menejmenti tizimida barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlash va uning tashkiliy-iqtisodiy metodologik negizlarini ommabop tarzda yoritish va bakalavr bosqichidagi talabalarga uning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Bu holat sanoat korxonalarini boshqarish uslublarini shakllantirish va takomillashtirish yuzasidan nazariy qoidalar va ilmiy-amaliy tavsiyalarning ishlab chiqilishini o‘z ichiga oladi.


O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda Davlat statistika qo‘mitasi, Internet tarmog‘i, “O‘zbekkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va uning tarkibiga kiruvchi korxonalari, hududiy hisobotlari va ma’lumotlari hamda muallif tomonidan olib borilgan statistik so‘rovnomalardan foydalanildi. Mamlakat va xorijiy olimlar va mutaxassislarning biznes- jarayonlar, sanoat menejmenti va ishlab chiqarish tizimlari g‘oyalarining klassik va evolutsion yo‘nalishlardagi yondashuvlari va g‘oyalari o‘quv qo‘llanmaning nazariy asosini tashkil etadi. Sanoat korxonalarini tuzilmaviy jihatdan transformatsiyalash sharoitida marketing menejmenti tizimida biznes-jarayonlarni rivojlantirishning yaxlit tadqiq qilinishini nazarda tutadigan bir tizimli, jarayonli va mantiqiy yondashuvlar birligi qo‘llanmaning metodologik bazasini tashkil qiladi.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling