Qulayliklar:
|
Kamchiliklar:
|
1. Qaror tashkilotning barcha ishlarini
o‘zida yaxshi namoyon qilgan boshliq tomonidan qabul qilinadi.
|
1. Qaror haqiqiy holat bilan yaxshi
tanish bo‘lmagan rahbarlar tomonidan qabul qilinadi.
|
2. Boshqaruvning yuqori darajalarida qaror qabul qiluvchi shaxslar, odatda, juda yaxshi ma’lumotga ega bo‘ladi, past darajadagi ishchilar bilan tez-tez to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga kirishib
turadi.
|
2. Boshqaruv yuqori darajalardagi qaror qabul qiluvchi shaxslar bu qarorlarni amalga oshirish kerak bo‘lgan ishchilar bilan kam aloqa qilib turadi.
|
3. Ishchilarning takrorlashning bartaraf
qilinishi sarfni kamaytiradi.
|
3. Cho‘zilgan aloqa liniyalari ko‘p vaqt
yo‘qotishni keltirib chiqaradi.
|
4. Ta’minlashga o‘xshagan xizmatlarni boshqarishni markazlashtirish rahbarlar malakasining o‘sishi va ixtisoslash
imkoniyatini ko‘paytiradi.
|
4. Past bo‘g‘inlar rahbarlari ularning qaror tayyorlash jarayonida chetlashtirilganidan norozidirlar.
|
5. Boshqaruvning barcha darajalaridagi qabul qilinayotgan qarorlarning sezilarli, ko‘p muvofiqligi.
|
5. Xato qarorlar paydo bo‘lishi ehtimolining oshishi uning
tayyorlanishida ishtirok etuvchi shaxslarning ko‘payishidir.
|
Shunga ko‘ra, tashkilot-boshqaruv muhim funksiyalaridan biri ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barcha bosqichlaridagi muammolarni yechadi va butun boshqaruv tizimidagi samaradorlikni oshiradi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodning rivoji tashkiliy-iqtisodiy omillarni qo‘llash bilan bog‘liq. Markazlashtirmaslikning qulaylik va kamchiliklari 3-jadvalda ko‘rsatilgan.