Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva


Markazlashtirmaslikning qulaylik va kamchiliklari


Download 0.72 Mb.
bet7/37
Sana03.08.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1664865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
RAQOBAT STRATEGIYASI

Markazlashtirmaslikning qulaylik va kamchiliklari



Qulaylik:

Kamchilik:

1. Qaror tez qabul qiladi.

1. Qaror chala ma’lumot va uning tayyorlanishida ishtirok etayotgan bo‘limlar faoliyatini zaif belgilash
asosida qabul qilinishini mumkin.

2. Qarorni murakkab ahvol haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lgan boshliq qabul qiladi.

2. Yuqori boshliqlar haqi past darajalarga qaraganda mahoratli va
baland haq to‘lanadigan boshliqlarni talab qiladi.

3. O‘rta bo‘g‘in boshliqlarining qaror tayyorlashda faol qatnashish natijasiga bo‘lgan qiziqish va
xabardorlikni oshiradi.

3. Boshliqlar qiziqish doirasi uzluksiz torayadi, ular o‘z bo‘limlarining yanada muvaffaqiyatini ishiga qiziqib
qolishlari mumkin.

4. O‘rta bo‘g‘in rahbarlarining kasbiy o‘sishi uchun sharoit yaratiladi.

4. Buyruqbozlik unsurlari va barcha bo‘limlar ishlaridagi tartib va qoidalarni birxillashtirish maqsadida
to‘siqlar paydo bo‘ladi.

Shuni aytib o‘tish kerakki, tashkiliy-iqtisodiy omillarning murak- kabligi va ko‘pqirraligi gohida ularni tasniflashni qiyinlashtiradi, chunki ko‘p ukladli iqtisod sobiq sotsialistik iqtisodda unchalik jiddiy e’tibor berilmagan boshqa omillarni ham kuchaytirishni talab qiladi. Masalan, (tadbirkorlik, biznes, marketing, raqobat va boshqalar). Bozor nazariyasi iqtisodiy o‘sishning omillarining ikki turini belgilaydi: ichki va tashqi. Ichkiga ishlab chiqarish, texnik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy-ruhiy omillarni kiritish zarur. Tashqi omillarga integratsion aloqalarni o‘rnatish, kurslarni tayyorlash, ekologiya omillarni kiritish mumkin.


Bizning tadqiqotimizning vazifasiga ichki tashkiliy-iqtisodiy omillar tahlili kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkiliy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi: tuzilmaviy o‘zgartirish, xo‘jalik uslub shakllarni takomillashtirish, rejalashtirishni o‘zgartirish, xususiylashtirishni amalga oshirish, integratsiyani kuchaytirish, ishlab chiqarish tashkiloti va tadbirkorlik faoliyati mehnatini rivojlantirish, iqtisodni investitsiyalash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, iqtisodiy ong darajasini tashabbusini oshirish va boshqalar.


Tashkiliy-iqtisodiy omillarni to‘la tadqiq qilish, ularni kelgusida iqtisod rivojida tizimli ishlatish maqsadida tasnifini ishlab chiqishga olib keldi. Tashkiliy-iqtisodiy omillar tasnifi 4-jadvalda ko‘rsatilgan.

4-jadval


Tashkiliy:

Iqtisodiy:

Tuzilmaviy o‘zgartirish

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish


Integratsiyani tashkillashtirish Ishlab chiqarish va mehnat
tashkilotlarining bozor shakllarini joriy
qilish va rivojlantirish

Kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish


Ishqilar tashabbuskorlik



Rejalashtirishning bozor tizimlarini joriy qilishYangi texnik va texnologiya joriy qilish hisobiga mahsulot hajmini oshirish
Bozor tuzilmalarini rivojlantirish Eksport hajmini oshirish uchun
davlat imkoniyatlarini ishlatish Iqtisodni investitsiyalash Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish Iqtisodiy ong darajasini yuksaltirish

Keltirilgan tasnifdan ko‘rinib turganidek, tashkiliy faktorlar asosan, iqtisodni tashkiliy vazifalarini hal qilishga yo‘naltirilgan, iqtisodiy omillar esa, e’tibor berish kerak, iqtisodiy o‘sishga sezilarli ta’sir qiladi va ishlab chiqarish sohasidagi islohotlar bilan bog‘liqdir. Bu omillar bir- biri bilan qisqa bog‘langan va faqat ularni amalda to‘g‘ri qo‘llash iqtisodiy boshqaruv samaradorligini oshiradi. Respublikada huquqiy


ba’zani o‘rnatgan va davlat iqtisodiy qudratini oshirish uchun omillar qo‘llash yo‘nalish va shartlarini belgilab bergan bir qator qonunlar Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi.


Bozor iqtisodini shakllantirish jarayonini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, tashkiliy-iqtisodiy omillarni qo‘llashni kuchaytirishning muhim manbalaridan biri zaxiralardan maksimal foydalanishdir, iqtisodiy samaradorlik asosida yangi zaxiralarning asosiy izlash mavzusi yotadi. Ma’lumki, yalpi ichki mahsulot o‘z ichiga qiymat, ishlab chiqarishning ishlatilgan vositalari va qayta yaratilgan qiymatni qamrab oladi.
Shu sababli bozor sharoitida muhim rol ishlab chiqarishning fond sig‘imi va moddiy sig‘imini qisqartirishga yo‘naltirilgan zaxiralarni ishlatishga tegishli. Milliy daromadni hosil qilish bilan zaxiralarni esa ikki tomondan ko‘rib chiqish mumkin – uning hajmini bevosita oshirish va ko‘proq oqilona foydalanish sifatida.
Shu sababli, bizningcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Birinchi Prezident I.Karimov tomonidan taklif qilingan yo‘l va Oliy Majlis qabul qilgan qonun ishlab chiqarish mablag‘ va sig‘imini qisqartirishni ko‘zda tutgan.
Iqtisodda kelgusida kichik korxonalar asosan, shaxsiy resurs va ichki zaxiralardan foydalanish hisobiga katta salmoqqa ega bo‘ladi. Iqtisodda katta zaxiralar bozor iqtisodidan boshlab qaysidir darajada o‘z jarayonga e’tibor bermay qo‘ygan bo‘lsalarda qo‘l mehnatining qisqartirilishida mavjuddir.
Shu sababli, bu muhim vazifani ado etish uchun qo‘l mehnatini qisqartirishning umumiy dasturini ishlab chiqish zarur. Ko‘pgina zaxiralar iqtisodiy integratsiyaning kelgusidagi rivojiga qo‘yilgan. Jahon andozalariga mos texnik yangilarni joriy qilish mahsulot sifatini yaxshilash va uning bozordag raqobatbardoshligini ko‘tarishga imkon beradi.
Keltirilgan zaxiralar iqtisod zaxiralarining to‘liq tasnifi emas, ular faqat isloh qilish tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlarining va iqtisodiy boshqaruv tizimini takomillashtirishning ba’zi jihatlarini qamrab oladi. Ular bilan bir qatorda texnik ijtimoiy va huquqiy zaxiralar ham bor.

Bozor munosabatlarini shakllantirish iqtisodda kelgusi o‘zgarish- larning zaruriyligini shart qilib qo‘yadi. Shu maqsadda to‘xtash mexanizmi yo‘q qilinib, rivojlanish, iqtisodni tezlashtirish mexanizmi kiritilishi zarur, shunga bog‘liq holda omil va zaxiralardan oqilona foydalanish orqaga qaytib surib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi.


Iqtisodiy o‘sishda omillardan foydalanish qonuniy jarayondir. Bu o‘ziga xos iqtisodiy o‘sishga oid tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni namoyon qiladi. Omillarning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyati shunda belgilanadiki, bozor iqtisodi sharoitida ishlatilmagan imkoniyatlarni aniq- lashda amalga oshirish jarayoni o‘zida ijtimoiy-iqtisodiy munosabat- larning bevosita ifodasini va tovar ishlab chiqaruvchilarining aholi ehtiyojlarini qondirish va iste’mol bozorini tovar bilan to‘ldirishga intilish darajasini namoyon qiladi.
Yana bir muhim holat: omillarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati yalpi ichki mahsulotning unda to‘lov fondi hissasi pasayib, milliy daromad hissasi oshgan paytdagi obyektiv mavjud, haqiqiy imkoniyatlarida ifodalanadi. Bu imkoniyatlar resurslarni samaraliroq ishlatishda, ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar rivojida tarkib topadi va iqtisodiy o‘sishning zamonaviy imkoniyatlarini tarkibi to‘g‘risida mufassal tasavvur beradi. Shu bilan birgalikda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiruvchi omil va zaxiralar qatorida salbiy xarakterga ega, bu jarayonni to‘xtatuvchi omillar ham bor. Ularga quyidagilar kiradi:

  • iqtisodda murakkablashib borayotgan xalq iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar rivojidagi notenglik; xomashyo va moddiy resurslarning asossiz qimmatlishishi; qayta ishlash jarayonida saqlash va tashish bosqichida resurslarning salmoqli yo‘qotilishining ko‘pligi. Resurslarni tejash jarayoni faqat moddiy ishlab chiqarish muhitiga daxl qiladi. Bunga ko‘p narsa imkon yaratadi; ongning, idrokning yangiliklarga nisbatan davomli harakati va boshqalar;

  • ishlab chiqarish, fan va texnika sohalaridagi strategik yo‘nalish- larning iqtisodiy boshqaruv tizimi bilan mosligi.

Iqtisodiy samaradorlikni va boshqaruv tizimini kelgusida takomil- lashtirish maqsadida bu omillarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga keladi. Bunda iqtisodning barcha sohalariga, xususan, tashkiliy-iqtisodiy

omillarga ta’sir qilayotgan xo‘jalik mexanizmining takomillashtirish asosiy o‘rin tutadi.


Shu jihatdan, tashkiliy-iqtisodiy omillarni va ularning bozor xo‘jaligida ishlatilishini ko‘rib chiqish iqtisodning samarali ishlash, resurslarni tejash, bozorni tovar bilan to‘ldirish, eksportning ko‘payishi va umuman iqtisodiy o‘sishning muhim vazifalari bo‘ladi.



    1. Download 0.72 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling