Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva
Korxonaning raqobatbardoshlik ustuvorligi – bozor konsepsiyasining muhim elementi
Download 0.72 Mb.
|
RAQOBAT STRATEGIYASI
Korxonaning raqobatbardoshlik ustuvorligi – bozor konsepsiyasining muhim elementiKorxonaning raqobatbardoshlikdagi ustunligi raqobatchilik bilan ajralmas tusda bog‘langandir. Ular raqobatchilik vujudga keladigan va rivojlanadigan joyda paydo bo‘ladi. Raqobatchilik Rossiya bozorida qanchalik keng qamrovli tus olgani sayin raqobatchilik ustunliklari tijoratchilik muvaffaqiyati uchun shunchalik ko‘p ahamiyat kasb etaveradi. Iqtisodiy adabiyotlar raqobatchilik ustunliklari ko‘pincha korxonaning mavjud resurslarini yanada samaraliroq tasarruf etish imkoniyatlari, ya’ni uning raqobatbardoshligiga o‘xshatiladi. Shuni qayd etish kerakki, bunday o‘xshatish jiddiy asoslarga ega, chunki raqo- batbardoshlikning ma’nosi ko‘pincha qo‘yilgan iqtisodiy maqsadlarga erishishda raqiblardan o‘tib ketish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Shu bilan birga, ushbu tushunchalar o‘rtasida sabab-oqibatli tafovut mavjud. Raqobatbardoshlik raqobatchilik ustunliklari mavjudligini qayd qiladigan natija bo‘lib, bunday ustunliklarsiz raqobatbardoshlik bo‘l- maydi. Biroq, ayrim raqobatchilik ustunliklarining mavjudligi avtomatik tarzda afzal ko‘rinish anglatmaydi. Ular faqat kompleks holida eng yaxshi jihatni tanlashda hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, raqobatbardoshlikka korxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bozordagi strategik va taktik o‘zgarishlar ham ta’sir qiladi (talabning o‘zgarishi, demografik siljishlar, tabiat hodisalari va hokazo). “Raqobatchilik ustunliklari” va “raqobatbardoshlik” tushunchalari ularni qo‘llanadigan obyektga qarab turlicha talqinga ega bo‘ladi. Ushbu tushunchalarni bir tizimli asosda o‘rganishda tovar, korxona, tarmoq, iqtisodiyotning ular raqobat qiladigan shularga o‘xshash obyektlarga nisbatan ustunligi nuqtayi nazaridan izchil ravishda ularning bahosini o‘z ichiga oladigan ierarxik tuzilmasini ajratib ko‘rsatishadi. Tovarning raqobatbardoshligi uning bozorda taqdim etilgan shunga o‘xshash tovarlarga nisbatan xaridorlar talablariga yanada ko‘proq javob berishi qobiliyatini aks ettiradi. Ular raqobatchilik ustunliklari: bir tomondan, tovarning sifati, uning texnik darajasi, iste’molchilik xususiyatlari, boshqa tomondan esa – tovarlar sotuvchilari belgilaydigan narxlar bilan belgilanadi. Bundan tashqari, raqobatbardoshlikka kafolatli va kafolat muddatidan keyingi servis, reklama, ishlab chiqaruvchining imidjidagi ustunliklar, shuningdek bozordagi vaziyat, talabning o‘zgarib turishlari ham ta’sir qiladi. Tovar raqobatbardoshlikning yuksak darajasi uni ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, tovarning raqobatbardoshligi – bu nafaqat yuksak sifat va texnik daraja, bu yana bozor maydonida va zamonda mohirona manevrlar yuritish, asosiysi esa – aniq xaridorlar guruhining talablari va imkoniyatlarini maksimal hisobga olishdir. Bunda raqobatbardoshlik darajasi barcha jihatlarining obyektiv baholanishi faqat ushbu tovar mo‘ljallangan iste’molchi ishlatadigan mezonlar negizida amalga oshirilishi mumkin. Tovar raqobatbardoshligining sabablarini uning taklif qilinadigan mahsulotni ishlab chiqish, sotish va foydalanish jarayonini yanada samarali boshqarish natijasi hisoblanadigan ayrim tavsifnomalarining raqobatchilik ustunliklaridan izlash kerak bo‘ladi. Firmaning raqobatbardoshligi uning ushbu tarmoqdagi boshqa firmalarga nisbatan qiyosiy ustunligi sifatida belgilanishi mumkin. Firmaning raqobatbardoshligi uning mahsulotlari va uning intellektual hamda ishlab chiqarish salohiyati, bozordagi pozitsiyani egallashi, moliyaviy salohiyati va marketing imkoniyatlari, imidji va nihoyat, unga nisbatan xaridorlar munosabatidan iborat bo‘ladi. Raqobatbardoshlik tushunchasi firmaning iqtisodiy barqarorligi va uning bozordagi “jangovar” xususiyatlarini belgilaydigan holatlarning butun kompleksini aks ettiradi. Birmuncha kengroq ma’noda raqobatbardolikni ta’minlash uchun butun ishlab chiqarish – xo‘jalik sikli bo‘yicha ITTKI, ishlab chiqarish, boshqaruv, moliya va shu kabi sohalarda raqobatchilik ustunliklariga olib keladigan surunkali ishlar tizimi zarur. Firmaning raqobatbardoshligi uning kompaniyani boshqarish bo‘yicha butun muammolar yuzasidan raqobatchilik ustunliklari natijasi bo‘ladi. Tarmoq raqobatbardoshligi unda aniq iste’molchilar guruhlari talablarini qondiradigan yuqori sifatli mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va sotish uchun texnik, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar mavjudligi bilan belgilanadi. Tarmoqning raqobatbardoshligi unda chet ellardagi shunga o‘xshagan tarmoqlar oldida raqobatchilik ustunliklari mavjudligini nazarda tutadi. Bunday ustunliklar ratsional tarmoq tuzilmasi; tarmoqdagi boshqa korxonalarni o‘z darajasigacha tortadigan yuksak raqobatchi yetakchi firmalar guruhi; yaxshi yo‘lga qo‘yilgan tajriba-konstruktorlik va ilg‘or ishlab chiqarish-texnologik baza, rivojlangan tarmoq infratuzilmasi, tarmoq ichidagi va mamlakat hamda undan tashqaridagi boshqa tarmoqlar bilan qayishqoq ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, moddiy-texnika va tijoratchilik hamkorligi, mahsulotni taqsimlashning samarali tizimi mavjud bo‘lishini nazarda tutadi. Tarmoqning raqobatbardoshligiga uning kompaniyalarning raqobat- chilik ustunliklari va ularning o‘zaro harakat qilish tizimi hisobiga erishiladi. Iqtisodiy raqobatbardoshligi – juda murakkab, ko‘p jihatli tushuncha bo‘lib, u umumiy e’tirof etilgan universal ta’rifga ega emas. U odatda ichki va tashqi bozorlarda xorijiy tovar va xizmatlar bilan muvaf- faqiyatli raqobat qiladigan tovar va xizmatlarda amalga oshiriladigan iqtisodiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, boshqaruvchilik, marketing va boshqa imkoniyatlarining konsentratsiyalashgan ifodasi sifatida tushuniladi. Lekin bu ushbu tushunchaning faqat bir, eng sezilarli jihatidir. Boshqa jihati – bu mamlakatdagi davlat va jamiyat qurilishi tizimi, siyosiy-huquqiy tashkilot va jamiyat hayotining hamma tomon- larini tartibga solishdagi ustunliklar, davlatning milliy iqtisodiyotning barqaror, dinamik rivojlanishini va u bilan bog‘liq jamiyat a’zolarining jahon standartlaridan qolishmaydigan darajadagi moddiy farovonligini ta’minlay olish qobiliyatidir. Boshqacha aytganda, raqobatbardosh iqtisodiyotga ega bo‘lish uchun kishilik faoliyatining turli sohalarida shubhasiz ustunliklarga ega bo‘lgan raqobatbardosh jamiyatni yaratish zarur (81-b). Raqobatchilik ustunliklari mahsulotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqarish, sotish va foydalanishdagi raqobat natijasida vujudga keladi. O‘zaro harakati raqobatni keltirib chiqaradigan bozor subyektlari, shuningdek ular o‘rtasidagi munosabatlar korxonaning raqobatchilik muhitini hosil qiladi. Yangi ishlab chiqaruvchilar o‘z markasini yangi iste’molchilar orasida ommaviylashtirish zarur. Ko‘pincha bu juda murakkab vazifadir. Masalan, jinsi kiyim-boshlarni ishlab chiqarish soha- sidagi butun jahonga mashhur “Livays” firmasi bir necha yil muqaddam uning uchun noan’anaviy bo‘lgan mahsulot – erkaklarning «uchtalik» deb ataladigan qat’iy kostyumini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga qaror qildi. Albatta, texnologik va ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan bunday yangi vazifa yechimi “Livays” uchun jiddiy qiyinchilik tug‘dirishi mumkin emas edi. Firma, yangi mahsulotni ilgari surish borasida katta kuch-g‘ayratlarni sarflaganiga qaramasdan, firmani faqat jinsi matodan tikiladigan kiyim-bosh bilan bog‘lovchi iste’molchilar munosabatlaridagi stereotiplarni bartaraf eta olmadi. Yangi mahsulot tijoratchilik muvaffaqiyatini qozona olmadi. Mazkur mahsulotning yangi mahsulot bilan almashinish xavfi haqida shuni aytish mumkinki, bunda gap xuddi shunday ehtiyojni qondiradigan, lekin mutlaqo yangi tamoyillar asosida yaratilgan yangi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi xususida boradi. Masalan, XX asrning oltmishinchi yillarida kimyo sanoati juda pishiq arzon plastmassalarni ishlab chiqara boshlagan, ular mashinasozlik, qurilish va boshqa tarmoqlardan metallni siqib chiqara boshlagan edi. Boshqa tovar bilan almashlash xavfini baholashda almashadigan mahsulotni an’anaviy mahsulotlarga nisbatan tavsifnomalari va narxini, uning almashadigan mahsulot iste’molchilarining uskunalarni almashtirish, kadrlarni qaytadan o‘qitish va shu kabilarga sarflaydigan ishlatilishi narxini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, iste’molchining ushbu yangi tovarni xohlashi yoki xohlamasligi holatini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Yetkazib beruvchilar pozitsiyasi kuchi ko‘p jihatdan yetkazib beruvchilar va tarmoq korxonalari ish yuritadigan bozor tipi bilan belgilanadi. Agar bu yetkazib beruvchilar bozori bo‘lsa, unda ular iste’molchilar bozorida ustunlik qiladigan holatga nisbatan ancha pastroq pozitsiyani egallaydigan tarmoq korxonalariga o‘z shartlarini o‘tkazishadi. Yetkazib beruvchilar pozitsiyasi kuchi quyidagi omillar bilan belgilanadi: yetkazib beriladigan mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmat- larning turli-tumanligi va yuqori sifati; yetkazib beruvchilarni almashlash imkoniyati mavjudligi; iste’molchilarni boshqa yetkazib beruvchilar mahsulotiga o‘tkazishdagi yangi texnologiya va uskunalarni qo‘llanishi, tashkiliy va boshqa masalalarni hal etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari miqdori; yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan mahsulot hajmi (ishlab chiqarishni yuritish uchun zarur bo‘lgan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlarning katta hajmini xarid qilish yetkazib beruvchilarni keng miqyosdagi xaridlarni amalga oshiruvchi korxona- larga ko‘proq qaram qilib qo‘yadi). Xaridorlar pozitsiyasi kuchi ko‘p jihatdan tarmoq korxonalari va ular mahsulotlarining xaridorlari amal qiladigan bozor tipi bilan belgilanadi. Tegishlicha ishlab chiqaruvchi va xaridor bozorlari nazarda tutilayapti. Xaridorlar pozitsiyasi kuchi birinchi navbatda quyidagi omillar bilan belgilanadi: boshqa mahsulotlardan foydalanishga o‘tish imkoniyati, bunday o‘tish bilan bog‘liq xarajatlar, xarid qilinadigan mahsulotlar hajmi. Ko‘rib chiqilgan omillarning to‘rt guruhi tarmoqning joziba- dorligini va unda biznesni yuritishning maqsadga muvofiqligini belgi- laydi. Bunday omillar narxlar, xarajatlar, investitsiyalarga ta’sir qilishi sababli ular ushbu tarmoqni tashkil qilish foydaliligi darajasini belgilaydi. Tarmoqning o‘zidagi raqobatchilik kurashini tavsiflaydigan omillar- ning beshinchi guruhini ko‘rib chiqamiz. Har bir tovar bozori uchun eng xavfli (ustuvor) raqiblar identifikatsiyalanishi lozim. Ustuvor raqiblarni belgilashdagi birinchi qadam odatda muayyan konsepsiyalardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Masalan, barcha tashkilotlarni raqobatchilik kurashidagi roliga qarab to‘rtta guruhga bo‘lish mumkin: bozordagi yetakchi, nomzod, izidan boruvchi va bozorda o‘z o‘rnini topgan tashkilot. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling