Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva
Download 0.72 Mb.
|
RAQOBAT STRATEGIYASI
Flangli strategiyada bozordagi yetakchiga shu paytda raqobatchilik obyekti hisoblanmaydigan sohalarda qarshi chiqish risklidir. Bunday strategiya iste’mochilarning, ehtimol, yetakchi sezmagan ehtiyojlarini aniqlash va ana shunday ehtiyojlarni qondirish uchun yanada mukammalroq tovarlarni ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Flangli strategiya ham riskli bo‘ladi. Agar yetakchi javob zarbasini tez yetkazsa, raqib bozor pozitsiyalarini egallash uchun juda kam vaqtga ega bo‘ladi. Nomzod javob zarbasiga chidash uchun yetarli resurslarga ega bo‘lishi kerak. O‘rab olish strategiyasi – bu bozordagi yetakchiga birdaniga barcha frontlarda yoki qisqa muddatlarni o‘tkazib qarshi chiqishdir. Bu agressiv fe’l-atvor bo‘lib, u hujum qiluvchida katta resurslar bo‘lishini talab qiladi.
Yetakchi izidan borish strategiyasi uning harakatlaridan nusxa olishni anglatadi. yetakchi izidan boorish – bu yetakchiga bevosita yoki bilvosita qarshi chiqishda mavjud bo‘ladigan javob zarbasi riskini kamaytirish usulidir. yetakchi izidan boruvchi xizmat ko‘rsatish, joylashish, qulaylik yoki narxlarda muayyan ustunlikni ta’minlashi kerak. Standartlashtirilgan mahsulotlar – po‘lat, aluminiy, qog‘oz va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi firmalar yetakchi izidan borish strategiyasini ko‘pincha narx belgilash sohasida qo‘llaniladi. Odatda, narxlar bora- sidagi raqobatchilik maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki narxlarning pasaytirilishini boshqalar ham qo‘llaydi va hamma ham kamroq foyda oladi. Shuning uchun tipik strategiya narx belgilash sohasida yetakchi izidan borish va xizmat ko‘rsatish hamda yetkazib berishlar sohasida ustunliklarga intilishdan iborat bo‘ladi. Ko‘pgina kompaniyalar foyda olishga, lekin bunda raqobatdan qochishga intilishadi. Ular boshqa kompaniyalarni jalb etmaydigan yoki raqib paydo bo‘lishiga qadar ularning bozordagi o‘rinda yetarli ishlashi hamda foyda olishiga imkon beradigan imkoniyatlarni izlashadi. Raqobatchilikdan qochishga doir faol strategiyalar bozordagi o‘rin strategiyasi va raqiblarni chetlab o‘tish strategiyasidan iborat. Raqobatchilik ustunligi tomon asosiy yo‘llardan biri – bu bozordagi o‘rin strategiyasini ishlab chiqishdir. U raqiblarni jalb qilmaslik uchun g‘oyat ixtisoslashgan yoki g‘oyat kichik bozorlarni izlashni nazarda tutadi. Bunday strategiyani amalga oshirishning bir necha variantlari mavjud. Ulardan biri – bozorning muayyan segmenti bo‘yicha konsent- ratsiyalanishdir. Raqobatchilikdan voz kechishning ikkinchi faol strate- giyasi – bu raqiblarni chetlab o‘tish bo‘lib, bunda kompaniya raqobat- chilikda qatnashmaydigan tovarlarni taklif qiladi yoki raqobatchilik bo‘lmagan bozorlarga chiqadi. Raqobatchilikdan xoli bo‘lishga yordam beradigan eng aniq strategiya – status-kvo strategiyasidir, unda konfrontatsiyadan qochish uchun “qayiqni chayqayvermaslik” tavsiya qilinadi. Bunday strategiya kompaniyalar uchun jozibalidir, chunki u bir-biri bilan raqobatchilik qilish xarajatlarini kamaytiradi. Agar bunday strategiya kompaniyalar o‘rtasidagi bevosita kelishuv natijasi bo‘lsa, u antitrest qonunlariga binoan huquqqa zid hisoblanadi, chunki u bitimni anglatadi. Shunday qilib, raqobatchilik ustunliklarining shakllantirilishi keng ma’noda boshqaruv tizimining raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlarga ko‘nikishi- ga aylanadiki, bu raqobatbardoshlikni oshirishning yo‘nalishlarini tez va aniq belgilashga imkon beradi. Ushbu vazifa yechimi shu bilan qiyinlashadiki, bozorda qachondir erishilgan yutuqlar doimiy va aniq maqsadni ko‘zlaydigan ish bo‘lmasa, muayyan vaqtdan keyin raqiblarning javob harakatlari natijasida barbod bo‘ladi. Bunday hol korxonani boshqarishga nisbatan nafaqat ko‘nikish jarayonini ta’minlaydigan, shu bilan birga uning doimiy negizda samarali faoliyat yuritishi uchun shart-sharoitlarni yaratadigan tegishli yondashuv shakllantirilishi zarurligini belgilaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiy boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashuvi bilan bog‘liq bir qator masalalarni yaxshi tushunish va tadqiq qilishni talab qiladi. Bunda Yangi boshqaruv tizimi shakllanishining nazariy asos va konsepsiyalarini, uning bozor iqtisodi talablariga jiddiy javob beruvchi tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini chuqur va har tomonlama ko‘rib chiqish kerak. Iqtisodiy boshqaruv asosiy konsepsiya boshqaruv tizimining sarflarni mexanizatsiyalash asosida samarali ishlashga olib keladi. Bu konsepsiya metodologik yondashish nuqtayi nazaridan o‘rinli hisob- lanadi, chunki tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning butun yo‘li iqtisodning samarali ishlashiga yo‘naltirilgan. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning asosiy yo‘nalishlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy rivoj omillari 2 guruhga: ichki va tashqi guruhga bo‘linadi. Ichki omillarga ishlab chiqarish, texnik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik omillarni kiritish lozim. Tashqi omillarga investitsiyalar, yangiliklar, raqobat, integratsion aloqalarning o‘rnatilishi, kadrlar tayyorlash, ekologiya va boshqalar kiradi. Tashkiliy-iqtisodiy omillarni batafsil tadqiq qilish uni butun mamlakat bo‘yicha iqtisodiy o‘sish uchun kelgusidagi tizimlashtirilgan tadqiq qilish maqsadida uning tasnifini ishlab chiqishga olib keladi. Iqtisodiy rivojning muhim tashkiliy jihati boshqaruv tashkiliy tuzilmasi hisoblanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji bilan iqtisodiy boshqaruvning moslashuvchan va samarali tashkil qilingan tuzilmasiga o‘tish kerak. Bunga chet davlatlarning tashkiliy tuzilma, asosan boshqaruvni tashkil qilishning korporativ, fond shakllarining yaratish bo‘yicha murakkab tajribasini hisobga olish kerak. Boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tizimida ilmiy-texnikaviy rivojga katta o‘rin ajratiladi. Bu masalada asosan vazifa yangiliklarga bo‘lgan imkoniyat va shartlarni hisobga olgan holda ilmiy-texnikaviy potensialni rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish hisoblanadi. Ilmiy-texnikaviy potensialni oshirish uchun, avvalo, shaxsiy imkoniyatlarni qidirish kerak. Mablag‘larni ilmiy-texnikaviy rivojga jalb qilish shakllari turlicha (masalan, mahalliy budjet, korxonalar imkoniyatlari, xorijiy investitsiyalar, barcha mumkin bo‘lgan fondlar va boshqalar). Yuqori raqobatbardoshlik xususiyatiga ega yuqori sifatli tovarlarni ishlab chiqarish va eksport imkoniyatlarini oshirish ilmiy- texnikaviy rivoj darajasiga bog‘liq. Iqtisodiy o‘sish, asosan, resurs potensialiga bog‘liq. Resurs potensiali yer osti boyliklari, tabiiy-iqlim sharoiti, ishlab chiqarish va iqtisodiy potensial va boshqalarda aks etadi. Bu yerda xo‘jalik yuritish bozor shakllari rivojini resurs bilan ta’minlash qobiliyati bilan moslashtirish kerak. Aks holda bu iqtisod uchun tannarx va ishlab chiqarilgan mahsulot narxini o‘sishi bilan katta sarflarga aylanadi. Resurs siyosatida katta o‘rin inson omiliga ajratiladi. Bozor iqtisodi sharitida odam resurslarining o‘sishi bandlik muammolarini hal qilishda, ish o‘rinlari va ishchi kuchlarni muvozanatlashda, aholini ish bilan ta’minlash uchun yangi ish o‘rinlarini ochishda muayyan yo‘nalganlik yaratadi. Shu sababli, oldindan ish o‘rinlari bilan ta’minlashda va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha tanglikni oldini olishni ko‘zlovchi tadbirlarni ishlab chiqish zarur. Barcha bu funksiyalarni bandlik organlari va mehnat birjalarida to‘planishi zaruriydir, lekin, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlar birinchi navbatda bandlik muammolarini yechishda manfaatdor bo‘lmas ekanlar, u holda bu ishdan samara kam bo‘ladi. Bunda mehnat va bandlik organlar funksiya va vakolatlarini ko‘rib chiqamiz. Boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini infratuzulmaviy jarayonlar rivoji bilan bog‘liq. Ma’lumki, bozor iqtisodi rivojlangan davlatlarda bozor mexanizmidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bu infratuzulma. Aytib o‘tish kerakki, garchi shunday bo‘lsa ham bozor tuzilmasi, avvalo, bu jarayon bilan shug‘ullanishi kerak. Infratuzulmaviy ehtiyojlarga bo‘lgan mablag‘larning o‘sishining maqsadga muvofiqligiga sabab shuki, zamonaviy sharoitlarda busiz iqtisodni rivojlantirish mumkin emas. Korxona va tashkilotlar ham infratuzulma rivojlanish muammosini hal qilish imkoniyatlarini izlashi lozim. Budjet mablag‘larining tanqisligi infratuzulmani rivojlantirishning boshqa moliyaviy manbalarini ham aniqlashni talab qiladi. Bu rejada infratuzulmani rivojlantirish maxsus fondini yaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiy boshqaruv tashkiliy-iqtisodiy mexanizmni takomillashuvi so‘nggi natijasi boshqaruv tizimi samaradorligi hisoblanadi. Iqtisodiy samaradorlikning yangi metodologik va metodik asoslarini yaratish iqtisodiy fanlarning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Iqtisodiy sama- radorlikni aniqlashning asosiy sharti boshqaruv malakasi va bozor iqtisodi tizimi o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga oluvchi samaradorlik mezon va ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish bo‘ladi. Yangi ehtiyojlar olamida yangi metodik tavsiyalar va nafaqat boshqaruv, balki butun mamlakat iqtisodi, iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha qonun- larni ishlab chiqish zarur. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling