Universiteti g. N. Axunova, N. N. Shamshiyeva
Download 0.72 Mb.
|
RAQOBAT STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘ng‘irot
- Jizzax plastmassa ochiq aksiyadorlik jamiyati Marketingga oid ma’lumotlar
- Maxam
Qo‘qon superfosfat zavodi ochiq aksiyadorlik jamiyati Marketingga oid ma’lumotlar
Qo‘ng‘irot soda zavodi Marketingga oid ma’lumotlar
Jizzax plastmassa ochiq aksiyadorlik jamiyati Marketingga oid ma’lumotlar
Maxam O‘zbekiston qo‘shma korxonasi Marketingga oid ma’lumot
Yuk tashish tizimi Kimyo tarmog‘i korxonalariga transport va ekspeditorlik xizmatlarni “O‘zkimyosanoat” DAK tarkibiy bo‘linmasi – “Kimyotrans” MChJ ko‘rsatadi. Ushbu kompaniya O‘zbekiston Respublikasi kimyo tarmog‘i korxonalarini temir yo‘l transporti va xalqaro transport-ekspedi- torlik xizmatlar bilan ta’minlash vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Kompaniyaning boy ish tajribasi, xorijiy sheriklari bilan ishonchli va uzoq muddatli rishtalari temir yo‘l orqali eksport-import va tranzit yuklarni yetkazib berish xizmatning barcha turlarini tashkil qilish uchun hamma imkoniyatlarni yaratadi. Shu bilan birga “Kimyotrans” MChJ O‘zbekiston kimyo korxonalari mahsulotlarining narxida transport nisbatini pasaytirib, yuklarning harakatlanish jarayonini kuzatib boradi va zarurat tug‘ilganda yo‘lini to‘liq va to‘siqsiz kesishda ko‘mak beradi. “Kimyotrans” MChJ turli yuklarni MDH va Boltiq bo‘yi mamlakatlar temir yo‘l tizimlari hamda Xitoy, Eron, Afg‘oniston va Yevropa chegara kesish nuqtalari orqali ishonchli ravishda yetkazib berishni ta’minlaydi. “Kimyotrans” O‘zbekiston xalqaro ekspeditorlar Assotsiatsiyasining yakka tartibdagi a’zosidir. 2010-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha “O‘zkimyosanoat” korxonalarida 468,7 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 102,3% - ni tashkil qildi. Xususan 557,0 ming tonna mineral o‘g‘itlar yoki prognozga nisbatan 100,7% ishlab chiqarildi, shu jumladan 482,8 ming tonna azotli o‘g‘itlar va 74,3 ming tonna fosforli o‘g‘itlar. Mahsulotni sotish bozorlarini kengaytirish va turlashtirish shuningdek kimyo mahsulot- larining yangi turlarini sotish hisobiga tarmoq eksport salohiyati o‘sib kelmoqda. 2010-yilning birinchi yarmida mahsulot eksporti prognozga nisbatan 101.6% - ga bajarildi. Kimyo mahsulotlarining yangi turlari eksport qilinmoqda. Bular ichida A markali metanol, fosfatlashtirilgan ammiakli silitra, natriy nitrati, katta diametrli plastmassa quvurlari, manoammoniyfosfat. Joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab kaliyli o‘g‘itlar kabi yangi mahsulot eksporti kutilmoqda. Bu esa eksport hajmlarini ko‘tarib, kimyo mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochib beradi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 69,22 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va prognoz 103,9% bajarildi. Bundan tashqari 24,3 mldr.so‘m hajmida kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi va prognoz 112,9% bajarildi. 2010-yilning birinchi yarmida kimyo korxonalarni moderni- zatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi doirasida “Ammofos-Maskam” OAJda oltingugurt kislotasi sexini rekonstruksiya qilish loyihasi, “Maksam-Chirchiq” OAJda zichligi past ammoniy nitrati ishlab chiqarish hamda “Navoiazot” korxonasida “Atsetilen asosida polivinilxlorid, xlor va kaustik soda ishlab chiqarish kompleksi” loyihasini “ISU Engineering” (Janubiy Koreya) kompaniyasi hamkorligida amalga oshirish ishlari davom etkazildi. Shu bilan birga “Navoiyazot” OAJda ammiakli selitrani QFK fosforit xomashyosini qo‘shish yo‘li bilan donalashtirish jarayonini ishlab chiqib joriy etish loyihasi yakuniga yetkazildi. 2009-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni qurish va o‘zlash- tirishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarorini amalga oshirish borasida tarmoq korxonalarida fosfatlashtirilgan ammiakli selitra, “A” markali metanol, ammiakni ishlab chiqarish uchun katalizatorlar, shuningdek natriy nitrati, trinatriyfosfat, karbamid-ammiak aralashmasi, karboksilmetilselluloza kabi kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling