Universiteti iqtisodiyot fakultiteti makroiqtisodiyot kafedrasi mehnat iqtisodiyoti
-rasm.Munosib mehnat sharoitini tashkil etish tamoyillari
Download 102.42 Kb.
|
Ahmedov referat(to\'liq)888
3.1-rasm.Munosib mehnat sharoitini tashkil etish tamoyillari
Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining quyidagi uch darajasi farqlanadi: shaxsiy daraja, bunda xodim va ish beruvchi turlicha birikuvlarda o’zaro harakat qiladilar; guruhli daraja, bunda yollanma xodimlar birlashmalari va ish beruvchilar birlashmalari o’zaro harakat qiladi; aralash daraja, bunda xodimlar va davlat, shuningdek ish beruvchilar va davlat o’zaro harakat qiladilar. Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining quyidagi turlari ajratiladi: 1. Hamjihatlik. Munosabatlarning bu turi kishilarning shaxsiy mas‘uliyat va totuvlik, yakdillik, manfaatlarning mushtarakligiga asoslangan javobgarligini nazarda tutadi. 2. Paternalizm. Bu qat‘iy tartibga solinadigan mehnat munosabatlari bo‗lib, u davlat va korxona darajasida shakllantiriladi. Muayyan tarixiy va ijtimoiymadaniy sharoitlarda paternalizm samarali bo’ladi. Masalan, Yaponiya korxonalarida umrbod yollanish tamoyiliga asoslangan mehnat munosabatlari tizimi amal qiladi. Mazkur munosabatlar kamchiliklarga ham ega bo’lib, unga mehnat borasida xodimning o’zini tutishdagi sustlik, turmush sifatiga bo’lgan talablari past darajadaligi kabilar kiradi. 3. Subsidiarlik. Ushbu munosabatlar insonda mas‘ullik va o’zini namoyon etishga intilishni saqlab qolishga yo’naltirilgan va u mas‘uliyatni jamiyatning zimmasiga o’tkazishning oldini olish imkonini beradi. Subsidiarlik har bir xodimning shaxsiy mas‘ullikka va o’z qadrini bilish tuyg’usiga asoslanishi kerak. 4. Sheriklik. Ijtimoiy-mehnat munosabatlarining bu turi bozor iqtisodiyotiga o’tgan mamlakatlarda rivojlangan bo’lib, u ikki sheriklik va uch sheriklik ijtimoiy sheriklikning eng ommaviylashgan shakllarini taqozo etadi. 5. Nizo. Nizo mehnat munosabatlarida ziddiyatlar keskinlashuvining oxirgi darajadagi holatidir. Nizolar ijtimoiy-mehnat munosabatlariga ikki xil: ijobiy va salbiy ta‘sir etadi. Bir tomondan, ijtimoiy-mehnat munosabatlarini takomillashtirish zarurligi to’g’risida o’ziga xos darakchi bo’lib xizmat qiladi, ikkinchi tomondan esa, ushbu munosabatlarni buzuvchi omil sifatida xizmat qilishi ham mumkin. Shu sababli, nizo bilan ijtimoiy sheriklik va hamjihatlik tengma-teng amal qilib borishi zarur Bozor iqtisodiyotida xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlashning asosiy maqsadi o’zaro bog’liq ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarga: raqobatbardosh tovar va xizmatlar ishlab chiqarish va sotishni oshirish, ishchi kuchini tiklash uchun korxonaning mavjud imkoniyat va natijalariga faol ravishda ta‘sir etishdan iborat. Buning ma‘nosi shuki, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash, bir tomondan, olinadigan foydani ko’paytirishga ko’maklashishi, ikkinchi tomondan esa, mehnatga qobiliyatli jamoa yarata olish uchun qator masalalarni hal etishga yordamlashishi kerak. Gap me‘yordagi mehnat intensivligini belgilash, zaruriy sharoitlarni yaratish va shu kabilar to’g’risida bormoqda. Mehnat faoliyatining tashkiliy jihatdan ta’minlashning bir qancha vazifalari mavjud Download 102.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling