Universiteti iqtisodiyot fakultiteti makroiqtisodiyot kafedrasi mehnat iqtisodiyoti


Download 102.42 Kb.
bet8/11
Sana17.06.2023
Hajmi102.42 Kb.
#1543660
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ahmedov referat(to\'liq)888

Iqtisodiy vazifalar:
1. Ishlab chiqarish hajmini oshirish;
2. Raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish uchun sharitlar yaratish;
3. Mehnat unumdorligini oshishi;
4. Foydaning ko’payishi;
5.Jonli mehnatdan foydalanishni yaxshilash;
6. Ishlab chiqarishning buyumli elementlaridan foydalanishni yaxshlash
Ruhiy-fiziologik vazifalar:
1. Qulay mehnat sharoitlarini yaratish;
2. Insonning salomatligini saqlash;
3. Insonning ish qobiliyati saqlanishiga ko‗maklashish;
4. mehnatning me‘yordagi intensivligi o’rnatiishiga ko’maklashish va hakozo.
Ijtimoiy vazifalar:
1.Mehnatning mazmundorligi va qiziqarliligini oshirish;
2.Ijodiy mehnatni rivojlantirish uchun sharoit yaratish; 10
3. Ishchi kuchini tiklash uchun sharoit yaratish ko‗maklashish va hakozo.

Ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solish va uni xalqoro standartlarini joriy ertish borasidagi tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida 2020-yil 31 martda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazilgan anjumanda “Oʻzbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti bilan 2014-2016-yillarga moʻljallangan va keyinchalik 2020-yilga qadar uzaytirilgan Oʻzbekistonda munosib mehnat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarning toʻliq ijrosi taʼminlanganligi, ushbu hamkorlikni izchil davom ettirish maqsadida 2021-yilning sentyabr oyida Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha 2021-2025-yillarga moʻljallangan yangi Mamlakat dasturi qabul qilinganligi tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi”taʼkidlab oʻtildi.


Mazkur dasturda asosiy eʼtibor munosib mehnat sharoitlarini yaratish, norasmiy bandlikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish kabi masalalarga qaratilganligi alohida eʼtirof etildi.
Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha 2021-2025-yillarga moʻljallangan yangi Mamlakat dasturi BMTning Oʻzbekiston uchun barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida hamkorlik dasturiga toʻliq mos keladi va Oʻzbekiston dunyodagi bunday dasturni qabul qilgan birinchi mamlakat hisoblanadi, – dedi Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori G.Rayder.
Yangi Mamlakat dasturining qabul qilinishi oʻzaro manfaatli munosabatlarimizning natijasi boʻlib, hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi, – deb taʼkidladi Xalqaro mehnat tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha mintaqaviy byurosi direktori X.Koller.
Shu bilan birga, munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro ishtirokchilar tomonidan keyingi yillarda Oʻzbekiston erishgan yutuqlar, ayniqsa, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak baholandi hamda mehnat munosabatlari tizimi jahon andozasi darajasida ekanligi eʼtirof etildi.11

Bunday natijaga erishishda Oʻzbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev boshchiligida majburiy mehnatga barham berish va paxtachilik tarmogʻini isloh qilish borasida amalga oshirilgan islohotlar asosiy omil boʻlganligi alohida taʼkidlandi.


Xususan, Davlatimiz Rahbari BMTning yuksak minbaridan turib, 2030-yilgacha moʻljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni koʻzda tutadigan “hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshirilishini taʼkidlagan edi.
Mazkur yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Jahon Banki, AQSH Davlat departamenti va Mehnat vazirligi, “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi kabi tashkilotlar tomonidan bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi va ijrosi taʼminlandi.
Chet ellik mualliflarning asarlarida ijtimoiy va mehnat munosabatlari turlarining quyidagicha tasnifi keltirilgan. M. Armstrong12 rivojlangan mamlakatlarda ishchilar bilan munosabatlar siyosatiga to'rtta yondashuv mavjudligini ta'kidlaydi:
- antagonistik: tashkilot nima qilishni xohlayotganini hal qiladi va ishchilar ushbu talablarga javob berishlarini kutishadi: ishchilar o'z kuchlarini faqat hamkorlik qilishdan bosh tortish bilan ko'rsatishadi;
- an'anaviy: har kungi ish munosabatlari "yaxshi", lekin rahbariyat takliflar beradi va xodimlar ularga tanlangan vakillari orqali javob berishadi;
- sheriklik: tashkilot xodimlarni tashkiliy siyosatning turli tomonlarini qurish va amalga oshirishga jalb qiladi, ammo rahbarlik qilish huquqini o'zida saqlab qoladi;
- vakolatlarning bo'linishi: ishchilar kundalik va strategik masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilishda qatnashadilar.
M. Armstrong, shuningdek, munosabatlarning antagonistik turi hozirgi paytda juda kam uchraydi, eng keng tarqalgan turi an'anaviy hisoblanadi, garchi hozirgi paytda sheriklikga qiziqish ortib bormoqda va nihoyat, u ijtimoiy va mehnat munosabatlarining bir turi sifatida hokimiyatni ajratish juda kam deb hisoblaydi.

Mehnatning sotsiologik funksiyalari 3-rasm

Download 102.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling