Universiteti jismoniy tarbiya va sportni boshqarish va turizm fakulteti sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi


Download 37.26 Kb.
bet1/6
Sana07.05.2023
Hajmi37.26 Kb.
#1440738
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abdulaziz




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLAR SIYOSATI VA SPORT
VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISH VA TURIZM FAKULTETI
SPORT MENEJMENTI VA IQTISODIYOT KAFEDRASI


KURS ISHI
Mavzu: Sport menejmentining asosiy tushunchalari.
Bajardi: Kurs ishi rahbar:
MN-51-19- guruh
talabasi
Abdullayev Zafarbek __________________


Chirchiq-2023


MUNDARIJA



Kirish …………..………………………………………………………...........

3

I BOB.

Sport menejmentining asosiy tushunchalari…………………….

6

1.1.

Sport menejmentining asosiy tushunchasi…..……………………..

6

1.2.

Menejment nazariyasining tamoyillari….………………………...

9

II BOB.

Menejmentning jismoniy tarbiya va sportni keng tatbiq etilish..

15

2.1.

Sport menejmenti muhiti …………………………………………

15

2.2.

Sportning asosiy komponentlari …....…………………………….

17

Xulosa………………………………….…………………..…………………..

19

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati………………...……..............................

20


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash, boshqaruv kadrlarini tayyorlash hamda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish tizimini tubdan isloh qilish borasida izchil choratadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilishni ta’minlay olmayotganining guvohi bo’lish mumkin. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani hech kimga sir emas. Respublikamizda oxirgi yillarda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni bartaraf etish maqsadida bir qator zaruriy choratadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va 2020 yil 24 yanvarda “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, respublikamizning barcha hududlarida aholi va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar yetkazib berish, sport inshootlarining yil davomida uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash, ulardan samarali foydalanish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlash borasidagi keng ko‘lamli islohotlarga zamin yaratib bermoqda.1 Biz, albatta bu kabi ishlarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etishda malakali sport menejerlari xizmatiga muhtoj bo‘lamiz. O‘z o‘rnida ushbu soha bo‘yicha malakali mutahassislarni tayyorlash esa hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Menejment xalq xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek, jismoniy tarbiya va sportda ham nisbatan yangi soha hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanini rivojlantirish, birinchilar qatorida o‘zbek tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida, oliy ta’lim muassasalarini sport yo‘nalishlari bo‘yicha zarur o‘quv adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish kerakligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” fani bo‘yicha davlat standarti va namunaviy dasturga mos ravishda tuzilgan bo‘lib, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida menejerlar tayyorlashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining, oliy va o‘rta maxsus ta`lim o‘quv yurtlarining rahbarlari, trener, menejer, maktab direktori, klub prezidentlari boshqaruvga oid bilimlarini chuqur o‘zlashtirmagunlaricha ularning faoliyati to‘laqonli ravishda amalga oshyapti, deyish qiyin. Ushbu predmetning bosh maqsadi etib, yurtimizda va xorijda rivojlanib kelayotgan menejment, jumladan jismoniy tarbiya va sport menejmentining asosiy kategoriyalari, ya’ni uning prinsiplari, funksiyalari, usullari, axborot texnologiyasi va tashkiliy tizimlarini nazariy va amaliy tomondan chuqur o‘rganishdan iborat. “Jismoniy tarbiya va sport menejmenti” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida ish yuritishda zarur bo‘ladigan ijtimoiy boshqaruvning nazariy asoslarini egallash, bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos keladigan menejmentning amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish, xo‘jalik mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy, moddiy, mehnat zahiralaridan unumli foydalanishda asosli qarorlar qabul qila olishdan iborat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari o‘z oldilariga qo‘ygan ommaviy jismoniy tarbiya, sog‘lomlashtirishni rivojlantirish va sportda yuksak natijalarga erishishda faqatgina boshqaruvning umumiy va aniq asoslangan qarorlarigina maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish imkonini yarata oladi.



Download 37.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling