Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Idrok qilishning ko’rgazmali uslublari


Download 100.8 Kb.
bet10/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

Idrok qilishning ko’rgazmali uslublari. Ushbu guruh uslublari o’rganiladigan harakatni ko’rib va eshitib idrok etilishini ta'minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik darajasini ko’rish, ba'zan eshitish ham shug’ullanuvchilarda harakatlar to’g’risida ko’proq va har tomonlama tasavvur tug’diradiki, kelgusida ularni qayta tiklash uchun taxminiy asosni kengaytiradi.
Idrok etishning ko’rgazmali tamoyilini singdirishda ko’rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami bilan o’quvchi o’rganiladigan harakat obrazini shakllantirishda jonli mushohada qilish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, bir xil odamlarda ko’rib idrok etish, boshqalarida eshitib idrok etish yaxshiroq rivojlangan. O’qituvchi ta'limda uslublar qo’llanishini individuallashtirish imkoniyatini va analizatorning yetakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o’rgatish vaqtida idrok etishning barcha ko’rgazmali uslublaridan foydalanish zarur.
Uslublarning yaxshi natija berishi ko’pincha o’quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko’rsatadi. Ayniqsa, bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta ahamiyatga ega. Ularda jonli misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilish qobiliyati kuchli rivojlangan. Shu bilan birga, har xil yoshdagi bolalarda bu bir xil emas. Masalan, kichik yoshdagilarda sezgi idroki kuchli rivojlangan.
Idrok etishning ko’rgazmali uslublaridan foydalanish ta'limning bosqichlariga bog’liq. Dastlabki bosqichlarda ulardan hiyla tez-tez foydalaniladi. Mukammallashtirish bosqichida ulardan yuzaga kelgan xatolarni to’g’rilash uchun foydalanadilar.
Barcha qayd etilgan ta'lim uslublari ko’rgazmali idrok qilinadigan harakatni o’quvchilarga faqat tushunarli qilib yetkazilganida va ularni faollikka yo’naltirgan taqdirdagina ta'sirchandir. Aks holda bu uslublar ermakli tasvirga, o’quvchilar esa passiv mushohadachilarga aylanib qoladilar. Natijada bolalar harakatni tahlil qilishni o’rgana olmaydilar va faqat e'tiborni tashqi tomonga qaratadigan bo’ladilarki, ularning ruhiy jarayonlari faolligi pasayadi, mulohaza esa bir yoqlama bo’lib qoladi.

Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling