Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Download 100.8 Kb.
|
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatiy tartiblashtirilgan mashq uslubi.
- Bo’laklab o’rgatish uslubi.
Qat'iy tartiblashtirilgan uslub. Mazkur uslub harakatli mashqlar (yoki ularning elementlari)ni qat'iy tartiblashtirilgan sharoitlarda ko’p marta qayta takrorlashdan iboratdir, undan quyidagi holatlarda foydalaniladi:
qat'iy belgilangan harakat dasturida (harakat tarkibi, ularning o’zgarishi va bir-biri bilan aloqasi tartibi); yuklamani qat'iy me'yorlashtirish va mashq jarayonida uning dinamikasini to’la boshqarishda; dam olish oraliqlarini qat'iy tartibga solish va ularni belgilangan tartibda yuklama bilan navbatlashda. Shug’ullanuvchilarning faoliyati shunday tartiblashtiriladiki, bunda yangi malaka va ko’nikmalarni egallash uchun optimal sharoit yaratish yoki muayyan fazilat va qobiliyatlarni o’stirish uchun yo’naltirilgan, ko’proq tanlangan ta'sir ta'minlanadi. Harakatlarni dastlabki o’zlashtirish va keyin yanada takomillashtirishning xususiyatlariga qarab mashq uslublari har xil shaklda bo’ladi. Qat'iy tartiblashtirilgan mashq uslubi. Bu uslub yuklama miqdorini oshirish, dam olish bilan navbatlash va h.k., harakatlarni qattiq tartiblashtirish shakllari, harakatning ko’p marta bajarilishi bilan tavsiflanadi. Bu guruhga tegishli uslublar bir-birini to’ldiradi va ko’pgina shartlar bilan muvofiqlikda qo’llaniladi. Ular o’quv vazifasini aniqlaydi: o’quvchilarning guruhli va shaxsiy xususiyatlari, ta'lim bosqichlari, o’quv materialining mazmuni va xarakterini, ta'limning mahalliy sharoitlari hamda o’quv vositalarining mavjudligi (asbob-anjomlar, jihozlar) va boshqalarni aniqlaydi. Bo’laklab o’rgatish uslubi. Bu uslubning mohiyati harakatning alohida qismlarini ularning kelgusida yaxlit qilib qo’shilishini nazarda tutib dastlabki o’rgatilishidan iborat. Bu uslubning to’laqonli singdirilishi ko’pincha harakat faoliyatini taqsimlab yuborish zarurati va imkoniyatini tushunish bilan bog’liq. Shuningdek, amaliy mahorat ta'limning vazifalari bilan muvofiqlikda amalga oshiriladi. Murakkab harakat uni tashkil etuvchi unsurlarning mexanik tarzdaqo’shilishi natijasini ifodalaydi. Taqsimlab yuborish qismlar bo’yicha o’rgatish uslubining o’ziga xos xislatidir. Biroq qismlarni o’rgatishning o’zi birdan-bir maqsad emas. U faqat yaxlit xarakatlarning o’rganilishini yengillashtirishning boshlang’ich bosqichiga xizmat qiladi. Tugallanish – umuman asosiy harakatdir. Harakatlarni taqsimlab yuborish usullari xilma-xil bo’lishi mumkin. Biroq ulardan har biri pirovardida mashqlarning yaxlit shakli vujudga kelishiga olib keladi. Ular o’zining vazifasi va tabiati bilan yaxlit harakatning “qismlari – unsurlari” bilan chuqur farqlarga ega emas. Murakkab harakatdan qandaydir unsurni bo’lib yuborayotib (masalan, arqonda rostlangan qo’llarga osilishda oyoqlarni oldinga bukish), biz jismoniy mashqni vujudga keltiramiz. U keltirilgan misolda tirmashib chiqishning ushbu usuli uchun yakunlovchi bo’lib hisoblanadi. Yakunlovchi mashq biror-bir harakatning yaxlitligicha ta'lim vazifalarini taxminiy yechish orqali o’zlashtirishni yengillashtirish uchun qo’llaniladi. Yakunlovchi mashqlar tizimini yaratishga harakatni o’rgatish uchun mo’ljallangan uning ma'lum unsurlarini ajratish va qismlarga bo’lib yuborish yo’li bilan erishiladi. Yakunlovchi mashqlar miqdori, harakatni taqsimlab yuborish xususiyati ularni qo’llash muddati va navbatiga bog’liq. Bularning hammasini o’qituvchi o’rgatiladigan harakatning murakkabligi va o’quvchilar tayyorgarligini hisobga olgan holda ta'limning aniq vazifalariga tatbiqan aniqlashi kerak. Qismlar bo’yicha o’rgatishning pedagogik ustunligi: 1. Harakatni o’zlashtirish jarayonini yengillashtiradi. Shaxsiy harakatlantiruvchi ko’nikmalar zahirasining asta-sekin to’planishi yo’li bilan o’quvchilar maqsadiga to’g’ri keladi va kerakli harakatni shakllantiradi. Shu kabi o’rgatish har bir detalga diqqatni to’plashga, umuman harakatlantiruvchi biror alohida hodisada uning rolini anglashga imkon beradi. Natijada o’rgatish muddati qisqaradi va harakatlarni umumiy bajarish madaniyati oshadi. 2. qismlar bo’yicha o’rgatish ta'lim jarayonidagi har bir mashg’ulotda ko’proq keyingi elementni boshlash vaqtini aniqlab beradi. Binobarin, hatto bitta unsur ham yutuqni o’zlashtirishga asos bo’ladi. 3. Yakunlovchi mashqlarning xilma-xilligi tufayli ta'lim jarayonidagi darslar qiziqarliroq o’tadi. 4. qismlar bo’yicha o’rgatishda vujudga keltiruvchi harakat ta'sirining katta zahirasi bolalarning harakatlanish tajribasini boyitish vazifasini muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi. 5. qismlar bo’yicha o’rgatish uslubining tatbiq etilishi yo’qotilgan ko’nikmani nisbatan tez tiklashga ko’maklashadi. Bu uslub koordinatsion murakkab harakatlarni o’rgatish vaqtida almashtirib bo’lmaydigan zaruriyat tug’ilganda, ayrim bo’g’im va mushak guruhlariga ta'sir o’tkazadi. Shunday qilib, qismlar bo’yicha o’rgatish uslubi o’rgatilayotgan harakatlar tahliliga ijodiy yondashishga yordam beradi. Harakatni uning faqat tashqi shaklida idrok etish bilan cheklanishga imkon bermaydi. Harakatni taqsimlab yuborish xarakteri, yakunlovchi mashqlar miqdori, ulardan har birini qo’llashning davom etishi, bularning hammasi faqat umumiy tavsiya shakliga ega bo’lishi mumkin. O’qituvchining ishi – ta'limning o’ziga xos sharoitlariga tatbiqan mavjud tavsiyalardan xatosiz foydalanishdir. Harakatni savodsizlik bilan taqsimlab yuborish, binobarin, yakunlovchi mashqlarni tasodifiy tanlash va ulardan noto’g’ri foydalanish mashqlarni o’rgatish jarayonini jiddiy murakkablashtirib yuboradi. Download 100.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling