Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


O’qituvchining individual xususiyati va imkoniyatlarining muvofiqligi


Download 100.8 Kb.
bet5/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

O’qituvchining individual xususiyati va imkoniyatlarining muvofiqligi. Ma'lumki, har bir pedagog ta'limning barcha uslublarini to’la hajmda egallashi kerak, Shunga qaramasdan, qator sabablarga ko’ra bir o’qituvchi bir xil uslublarni yaxshi egallagan bo’ladi, boshqalari – boshqalarini. Bu xislatlarni hisobga olmaslik mumkin emas. Agar muayyan bir holatda ikki uslubdan taxminan bir xil natija kutilsa, u holda o’sha uslubdan uni yaxshi egallagan o’qituvchining foydalanishi oqilona bo’ladi. Bundan tashqari, jismoniy imkoniyatlarining yoshga qarab o’zgarishi muqarrarligi o’qituvchining o’z pedagogik ko’nikmalarini (binobarin, ular qo’llaydigan uslublarni ham) qayta qurishga olib keladi. Bu darsda qisqa shaxsiy harakat faoliyati vaqtida o’qitishning sifatini saqlab qolishga imkon beradi.
Mashg’ulotlarning shart-sharoitlarga muvofiqligi. O’qituvchi ixtiyorida mavjud bo’lgan uskunalar hamda umuman o’rgatish uslubi bilan darsning optimal zichligiga erishishi mumkin. Bordi-yu, zalda bor-yo’g’i ikki-uchta arqon bo’lsa, u holda o’rgatishda tirmashib chiqishning asosiy unsurlarini frontal usul bilan o’rgatish maqsadga muvofiqdir.


1.2.Amaliy ta'lim uslublarining turkumlari
Uslublarning har xil belgilari bilan muvofiqlikda ularning bir nechta turkumlari mavjud. Masalan, birinchidan, ijodiy yoki ko’rgan-eshitganlarini oddiy esda saqlash ko’rinishida bolaning bilish faolligi xarakterini aks ettiruvchi usullar; ikkinchidan, namoyish qilib ko’rsatish, so’z yordami bilan bilim va ko’nikmalar hosil qilish usullari; uchinchidan, harakatlarni bajarish, kuzatish, tinglash yo’llari bilan o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishi usullari. qayd qilingan uchta turkumdan jismoniy tarbiyada eng ko’p tarqalgani uchinchi usul hisoblanadi (12-chizma).
O’quvchilarga bilim va ko’nikmalar berishning usullari bo’yicha ta'limning barcha uslublari uch guruhga bo’linadi. Uslublarning uchala guruhi o’quvchi organizmi tizimlarining har xil analizatorlar yordamida o’rganilayotgan harakatlar bilan tanishishini ta'minlaydi: bola tinglaydi, kuzatadi, harakat jarayonining o’zini sezadi. Ishga signalli tizimning ikkalasi jalb qilinadi. O’rgatish vaqtida amaliy uslublar alohida ahamiyat kasb etadi. Har bir uslubning pedagogic faoliyatda foydalanish tezligi bo’yicha bir nechta turi ifodalangan.

Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling