Ta'limning dars oldiga qo’yilgan vazifalar bilan muvofiqligi. Dars vazifalarining aniq belgilanishigina ta'limga nisbatan to’g’ri uslubni tanlash imkonini beradi. Misol uchun, “oyoqlarni bukib” yugurib borish usuli bilan uzunlikka sakrashni o’rgatish vazifasi qo’yilgan bo’lsa, u holda uslubni aniqlashning qiyinligi ma'lum bo’lib qoladi. Chunki vazifa bunday umumiy ifodalanganida, teng darajada umuman o’rgatish uslubidan ham, harakatni qismlarga bo’lib o’rgatish uslubidan ham foydalanish mumkin. Ko’proq aniq vazifalarda, masalan, uzunlikka sakrash uchun yugurib borishni o’rgatishda harakatni qismlarga taqsimlab o’rgatish zaruriyati vujudga keladi.
Ta'limning tarbiyalovchi xarakterini ta'minlash. Har qaysi tanlangan uslub ta'limning nafaqat samaradorligini, balki o’quvchining bilish faolligini tarbiyalashni ham ta'minlashi kerak. Shuning uchun bolaning tashabbusini buzib qo’yadigan, harakatlarni faqat mexanik tarzda esda saqlashni talab qiladigan uslublardan foydalanishga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Ta'limning tamoyillar bilan muvofiqligi. Ta'lim uslubiy tamoyillarning barcha tizimlariga tayanishga majburdir. Uslubning alohida olingan tamoyil bilan aloqasini bir tomonlama izohlashga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Masalan, agar o’qituvchi ko’rsatish uslubidan foydalansa, u holda ko’rgazmalilik tamoyilini to’la ta'minlagan bo’ladi. Ma'lumki, bu tamoyilni uslublar tizimi orqali singdirish mumkin.
O’quv materialining ta'lim uslublariga muvofiqligi. Ta'lim uslublari jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun bir xil. Shu bilan birga, ularning har biri o’zining xarakteri va murakkabligi bilan muvofiqlikda ta'limning o’ziga xos usullarini talab qiladi. Masalan, ba'zi bir umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish vaqtida so’z uslubi bilan chegaralanadilar. yengil atletika mashqlarini o’rgatish vaqtida ko’rsatish uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlarni” o’rgatish vaqtida umuman o’rgatish uslubi qo’llaniladi. “Murakkab mashqlar”ni o’zlashtirish vaqtida yondashtiruvchi mashqlarni chetlab o’tib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |