Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Bir butun konstruktiv mashqlar uslubi


Download 100.8 Kb.
bet7/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

Bir butun konstruktiv mashqlar uslubi. Bu uslub ta'limning har qanday bosqichida qo’llaniladi. Nisbatan oddiy mashqlarda va o’quvchilar tayyorgarligining yetarlicha yuqori darajasida yakunlovchi mashqlarga zarurat bo’lmaydi va, umuman, o’rganish uslubidan ta'limning dastlabki bosqichlarida foydalansa bo’ladi. Undan o’rganishning yakunlovchi bosqichida har qanday harakatni o’rganish vaqtida foydalaniladi.
O’yin uslubiO’yin uslubi jismoniy tarbiyada qo’llaniladigan o’yinlar uchun xos ko’pgina belgilarga ega. O’yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (ya'ni jismoniy mashqlarning o’ziga xos tizimlari bilan), balki tarbiya va ta'limning samarali uslubi hamdir. Shuning uchun o’yin uslubi tabiatini tushunish umuman o’yinning mohiyatini tushunish demakdir.
O’yin tarixning eng dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan va butun jamiyat madaniyati bilan birgalikda rivojlanib, kishilarning dam olishiga, vaqtlarini quvnoq o’tkazishlariga, bilimlariga bilim qo’shishga, ma'naviy va jismoniy tarbiyasiga, ularning turli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib keldi va xizmat qilmoqda. Lekin o’yin azaldan pedagogik vazifani ado etib kelgan va tarbiyaning aosiy vositasi va metodlaridan biri bo’lib qolmoqda.
Tarbiya sohasida o’yin metodi degan tushuncha o’yinning metodik xususiyatlarini, ya'ni tarbiyaning boshqa metodlaridan (shug’ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq qiladigan tomonlarini ifoda etadi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, o’yin metodining keng ommalashgan biror aniq o’yin, masalan, voleybol, futbol yoki harakatli o’yinlar bilan bog’langan bo’lishi shart emas.
O’yin uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o’yinning maqsadi, rejasi) asosida tashkil etish, bunda vaziyatning doimo va ko’pincha kutilmaganda o’zgarishi bilan muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi.
2. Maqsadga erishish usullarining xilma-xilligi va faoliyatning majmuali xususiyatga ega bo’lishi. O’yinda maqsadga erishish mumkinligi, odatda, biror-bir harakat usuli bilan qat'iy bog’liq bo’lmaydi. O’yin qoidasi doirasida yutishning xilma-xil yo’llari mavjuddir. O’yinda harakatlarning bajarilish sharoitlarida kurash olib borishning shartlari haddan tashqari o’zgaruvchan. Demak, o’yinchilar vujudga kelgan vazifalarni yechishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda shakllangan ko’nikmalar esa o’zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashganligi bilan farq qilishi kerak.
3. Shug’ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishiga, ularning tashabbus va chaqqonlik ko’rsatishlariga, topqir bo’lishlariga, harakat faoliyatlariga yuksak talablar qo’yish.
4. O’yin harakatlarida hissiy ko’tarinkilik va raqobatbardoshlikning yorqin ifodalanishi. Uslublar odamlar o’rtasidagi murakkab o’zaro munosabatlarni qayta tiklashga imkon beradi. Shu sababli o’yin uslubida o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentatsiya qilinadi va tartibga tushiriladi.
5. Xilma-xil harakat ko’nikmalari va sifatlarning majmuali namoyon bo’lishi. O’yinda muvaffaqqiyatga erishish uchun o’quvchiga bir qancha harakatlar majmuasidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va x.k.) foydalanishga to’g’ri keladi. Bularning hammasi o’yinchilarning organizmiga majmuali ta'sir o’tkazishni ta'minlaydi.
6. Ko’p hollarda o’yinchilar o’rtasidagi o’zaro munosabat biror predmet, masalan: koptok, bayroqcha va h.k. yordami bilan amalga oshiriladi.
Unutmaslik kerakki, o’yin uslubiga xos jihat qayd qilingan belgilarning hammasi yoki ko’pchiligining mavjudligidir.Undan ta'limning samarasini tekshirish va umumiy jismoniy tayyorlik darajasini oshirish vositasi sifatida foydalaniladi. O’yin uslubidan to’g’ri foydalanish ongli intizomni, o’zini tuta bilish, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, faollik, va jamoatchilik xususiyatlarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.

Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling