Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 100.8 Kb.
bet15/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

Jismoniy madaniyat – bu umumiy madaniyatning bir qismi, xalq jismoniy barkamolligi maxsus vositalarini yaratish hamda foydalanish ishida jamiyat erishgan muvaffaqiyatlarning yig’indisidir.
Jismoniy madaniyatning vazifalari quyidagilardir:

  • faoliyatni oqilona me'yoriy mustahkamlash;

  • madaniy axborotni jamlash, aks ettirish va uni avloddan avlodga yetkazish;

  • shaxslararo kommunikativ munosabat o’rnatish, aloqa qilishga ko’maklashish;

  • insonning biologik, sog’lomlashtiruvchi ehtiyojini qondirish, uning jismoniy holatini yaxshilash va jamiyat a'zosi sifatida Vatan oldidagi majburiyatini bajarish uchun, kundalik hayot uchun zarur layoqat darajasini ta'minlash;

Jismoniy madaniyat bazasi maxsus ma'lumot va jismoniy tayyorgarlikni ta'minlaydi.
Bazali jismoniy madaniyat turlarini shartli ravishda “Maktabgacha va maktab jismoniy tarbiyasi” deb atash mumkin. Bu bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining maktabgacha tarbiya muassasalarida, shuningdek, jismoniy tarbiyaning o’quv fani sifatida maktab yoshidagi bolalar uchun umumta'lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida hamda boshqa o’quv-tarbiya muassasalarida majburiy ekanligi belgilab qo’yilgan. U umumiy jismoniy bilimlarning yetkazilishiga, jismoniy sifatlarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga, mustahkam salomatlikni kafolatlashga qaratilgan, shu bilan birga, har birimizga zarur bo’lgan jismoniy layoqatlilikni kafolatlaydi.
Maktabdagi jismoniy tarbiya shu jihatdan qaraganda bazali jismoniy tarbiyaning fundamental qismidir.
Bazali jismoniy tarbiya maktabgacha va maktabdagi jismoniy tarbiya shakllari bilan chegaralanmaydi. U jismoniy tayyorgarlik darajasini maktabdan ko’ra yuqori ta'minlaydi, shuningdek, kelajakdagi jismoniy tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.
Sport jismoniy rivojlanishni va insonning u bilan bog’langan boshqa sifatlari rivojlanish darajasini ta'minlaydi.
Ommaviy sport bazasi jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Yuqori muvaffaqqiyatlarga erishishda sport jismoniy madaniyatning maxsus sohasini ifodalaydi.
Amaliy jismoniy tarbiya kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy turlarga bo’linadi. Ularning xususiyatlari professional faoliyat sohasiga bevosita kiritilishi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiyaning amaliy turlari bazali jismoniy tarbiya bilan eng mustahkam tarzda bog’langan. Ularning uzviy aloqasi shunda ifodalanadiki, bunda kasbiy-amaliy va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlik negizida quriladi. Bundan tashqari, jismoniy tarbiyaning amaliy turlari mazmuniga bazali jismoniy tarbiya va sportning muvofiq unsurlari ham kiradi.
Jismoniy tarbiya tarkibiga davolovchi jismoniy tarbiya ham kiradi. U organizmning vaqtinchalik yo’qotilgan funksional imkoniyatlarini tiklashga ko’maklashadi.
Kundalik turmush va dam olish tartibi, ish kuni doirasiga kiritiladigan jismoniy tarbiya gigienasi organizmning joriy holatini yaxshilashga xizmat qiladi, ya'ni asosiy hayot faoliyati uchun qulay funksional “fan” shakllanishiga ko’maklashadi.
Jamiyat madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan jismoniy tarbiya ko’pchilik aloqalarning boshqa qismlari bilan birlashgan, chunonchi jismoniy tarbiya va ommaviy tayyorlangan tomosha tutashgan joyda jismoniy tarbiya paradlari va namunali chiqishlar vujudga keldi.
Jismoniy tarbiya turlarining tasnifi katta amaliy ahamiyatga ega, u jamiyatda jismoniy tarbiyadan maqsadga muvofiq foydalanish yo’nalishini ko’rsatadi. Chunonchi, agar maktabda bazali jismoniy tarbiya vazifalari yechilayotgan bo’lsa, u holda jismoniy ma'lumot va umumiy jismoniy tayyorgarlik amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning barcha boshqa turlari bu vazifalarni yechishga ko’maklashishi mumkin, ammo bazali jismoniy tarbiya o’rnini bosishga qodir emas.
Jamiyatda jismoniy tarbiyaning rivojlanish darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi:

  • jamiyat a'zolari turmushiga jismoniy tarbiyaning tatbiq etilishi;

  • jamiyat a'zolarining jismoniy tayyorlik va sog’liq darajasi;

  • jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining moddiy-texnika ta'minoti sifati va borligi;

  • jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga oshiruvchilar, jamoa faollari va shtatdagi xodimlar malakasi;

  • jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga ilmiy-texnika taraqqiyoti so’nggi yutuqlarining tatbiq etilishi darajasi;

  • jamiyat a'zolarining sportda erishgan yutuqlari.





    1. Download 100.8 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling