Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Download 100.8 Kb.
|
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari
Harakatni ko’rsatish. O’qituvchining (yoki o’qituvchi topshirig’i bilan o’quvchilarning) harakatni ko’rsatishi ta'limning eng o’ziga xos uslublaridandir. Ta'lim asosida ko’rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi. O’quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir necha omillari bilan aniqlanadi
1) ko’rilgan harakatni tahlil qila bilish qobiliyati; 2) bolaning ruhiy-fiziologik rivojlanishi muvofiqligi bilan qayta tiklanadigan mashqning murakkabligi optimal bo’lishi kerak; 3) taqlid qilinadigan harakatlar to’g’risida o’quvchining bilim darajasi bilan to’laligini tasavvur qilish; 4) taqlid qilish uchun o’z-o’zini nazorat qilish va o’z vaqtida sifatli nazoratning mavjudligi. Jismoniy mashqni ko’rsatishga ba'zi bir uslubiy talablar: 1. Ko’rsatish har doim so’zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog’i kerak. Ko’rsatish va so’zning nisbati mazmuni bo’yicha, vaqtlar bo’yicha taqsimlanishi va qo’llanish tezligi ta'limning aniq tarkib topgan vazifalari va pedagogik vazifalar bilan belgilanishi kerak. 2. Ko’rsatishning mazmuni ta'limning vazifalariga muvofiq bo’lishi majburiydir: a) birinchi ko’rsatish, odatdagidek, jismoniy mashq bajarilishining standart texnikasi to’g’risida yaxlit tasavvur berishi kerak. U qayta tiklash uchun o’quvchilarga oson bo’lish darajasida amalga oshiriladi; b) agar harakatni qanday egallash mumkinligini ko’rsatish talab qilinsa, u holda ko’rsatishda ko’nikmaning yuqori darajasini ifodalovchi individuallashtirishning texnik bajarilishini aks ettirish kerak; v) qachon kuchlanish berilishini ta'kidlash va ayrim harakatlarga o’quvchilar diqqatini jalb qilmoq zarur, ko’rsatishda aynan ana shu lahzalar ta'kidlanadi; ko’proq ko’rgazmalilik uchun ba'zan o’rganilanayotgan harakatning faqat qismini ko’rsatadilar, harakatning tezligi kamaytiriladi, tanaffus qilinadi. 3. Ko’rsatish vaqtida o’qituvchining emotsional holatida o’quvchilar taqlid qilishga intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o’quvchilarning bilish faolligini oshirish uchun foydalanish zarur. 4. Oynali ko’rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdir. Download 100.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling