Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 100.8 Kb.
|
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining o’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan aloqasi
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o’quv fani sifatida mutaxassislar oldiga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur bilimlar, professional faoliyat jarayonida zaruriy ko’nikma va bilimlar bilan qurollantiradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining vujudga kelishi va rivojlanishida jamiyat taraqqiyoti va ayrim insonlarning yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj tug’ilishini anglaganliklari turtki bo’ldi. Bu ehtiyoj qonuniylikni o’rganishga intilishni talab qiladi, uning asosida harbiy ish va mehnatda yuqori natijalarga erishish uchun insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish yotadi. Amaliyotning rivojlanishiga qarab muayyan nazariy holatni vujudga keltiruvchi maxsus fan yuzaga keldi. Bu fanni ikki bo’limga ajratish mumkin: jismoniy tarbiyaning ijtimoiylik predmeti, jismoniy tarbiyani tashkillashtirishning qonuniyligi tarix, sport psixologiyasi va boshqalarning qonuniyligini o’rganuvchi maxsus gumanitar harakterdagi fandir. Jismoniy tarbiya sharoitida (dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va biomexanika, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizmning rivojlanishi va ishlab turishining qonuniyligini o’rganuvchi biologik xarakterdagi fan. Bu fanlardan olingan umumlashtirilgan ma'lumotlar va ular asosida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini bilish bilan jismoniy tarbiya nazariyasi shug’ullanadi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik jarayon sifatida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini o’rganishga qaratilgan. Bu qonuniyat teng darajada aholining har qanday kontingentini jismoniy tarbiyasiga ham tegishlidir. Jismoniy tarbiya uslubiyatining o’rganish predmeti shug’ullanuvchilarning aniq yoshiga yo’naltirilgan, ularning kasbiy faoliyati, sport ixtisosligiga ega bo’lgan jismoniy tarbiyaning xususiy qonuniyatini o’rgatishdan iboratdir. Binobarin, jismoniy tarbiyaning uslublari ko’p. Pedagogik tavsiya ko’rinishida umumiy qonuniyatni amalga oshirishda uslubiyatning bu qonuniyatlari shug’ullanuvchilar va jismoniy tarbiya rahbarlari harakatlarini tasvirlashga aylanib qoladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati barcha sport-pedagogika fanlari bilan mustahkam bog’langan holda ishlab chiqilgan umumiy qonuniyat nazariyasiga tayanadi, sport-pedagogik fanlaridan olingan aniq ma'lumotlar esa nazariyaning kelajakdagi umumlashtirish predmeti bo’lib hisoblanadi. Nazariya va uslubiyatning pedagogika bilan aloqasi jismoniy tarbiyaning birlamchi vazifasidir. Jismoniy tarbiya jarayonida o’sib kelayotgan avlodning bilim va tarbiyasi sohasida psixologiya va umumiy pedagogikaning yutuqlaridan ijodiy foydalaniladi. Jismoniy tarbiya jarayoni samarali boshqarilishini faqat shug’ullanuvchilar organizmi ishlab turishining biologik qonuniyatini muntazam hisobga olgan taqdirdagina bilish mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining mazmunini quyidagi masalalar tashkil etadi: Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida uning boshqa tarbiya turlari bilan aloqasi, jismoniy tarbiyaning tamoyillari, umumiy vazifasi, maqsadi bilan aniqlanadi. XULOSA. Xulosa or‘nida shuni qayd etish joizki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini o‘zida aks ettirgan muhim yuridik hujjat bo’lib, istiqbol uchun yollanmadir. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalarini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchilaming pedagogik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida shakllanar ekan, ushbu jarayonda o'qituvchilarning o'rni beqiyosdir. Murabbiyning nazariy bilimlarini oshirishning asosiy maqsadi bo‘lajak o'qituvchilarda kasbiy mahorat, ijodkorlik ko'nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini shakllantirish, o‘qituvchilik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Murabbiyning nazariy bilimlarini oshirish kuzatuvchanlik, ijodkorlik, ilg'or pedagogik tajribalarni mustaqil o'zlashtirish sirlarini o‘rgatadi. Talabalar o'qish va o'qitish jarayonida diqqatni taqsimlash, bilim, ko'nikma va malakalar, psixik holatlarini boshqara olish va pedagogik texnika madaniyatini mustaqil o'zlashtirish malakalarini shakllantirishga e’tibor qaratadilar. Hozirgi kunda darsliklar, kommunikatsion axborot texnologiyalari qanchalik rivojlangan bolmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim - tarbiya ishlarining muvaffaqiyati baribir o'qituvchining bilimiga, uning kasbiy mahoratiga bog'liq. Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy - nazariy bilimlar bilan qurollantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo'llash uchun ko'nikma va malakalarini rivojlantirish albatta oson ish emas. O'qishga ilmiy, ongli munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal m a’lumotlami egallashga layoqatli, bilish faolligi va aqliy mehnat madaniyatini o'zida mujassamlashtirgan yoshlami voyaga etkazish - muhim vazifadir. Download 100.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling