Universiteti kurash fakulteti milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi


Download 100.8 Kb.
bet3/17
Sana17.06.2023
Hajmi100.8 Kb.
#1549048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari

Kurs ishining obekti. Murabbiyning amaliy bilim mahorati. Ushbu tajribalar o‘qitish shakllarida foydalanil digan o'qitish qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo'llashda, ilmiy bilisl ga doir g‘oyalar, nazariy alar, qonuniyatlami amaliyotga tatbiq etish( muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vataj bo'lib kelgan O'zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o'zgacl m an o kasb etishi muqarrar. O'qituvchi - O'zbekistonning porloq kelaj gini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlaming davor chisi bo'lgan yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxsdi Shunday ekan, o'qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiy« fasi, uning o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o'rtasidagi obro e ’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo'lishi shart. O'qituvchi barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo'lib nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga namuna bo'lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olish yetuk o'qituvchi sifatida malakali kadrlami tayyorlash ishiga o'zining munosib hissasini qo'shishi zarur.
Kurs ishining predmeti. Murabbiyning amaliy bilim mahoratini oshirish uslublari.Pedagogik mahoratga ega bo'lish, o'qituvchi uchun ta’lim-tarbn samaradorligini ta’minlovchi zamin bo'libgina qolmasdan, ayni vaqtd uning jamiyatdagi obro'-e'tiborini ham oshiradi, o'quvchilarga nisbafe hurmat vuzaga keladi. Kasbiy mahoratni oshirish vo'lida amaliy harakatlami tashkil eti: pedagogik faoliyatda yo'l qo'yilgan yoki qo'yilayotgan xatolardan he bo'lish, o'quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabat< muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.


I-BOB. MURABBIYNING AMALIY BILIMLARINI OSHIRISH
USLUBLARI
1.1 Murabbiylarda amaliy bilim va ko’nikmalarni hosil qilish usullari.
Yunon rum kurashida o’qituvchidan o’qitishning predmeti sifatida amaliy harakatlarni va maxsus mashg’ulot o’tkazishning muayyan uslublarini bilish, o’quvchilardan esa ta'limning usullarini egallash talab qilinadi. O’quvchilarni bilmaslikdan bilishga, xabarsizlikdan xabardorlikka qanday yetaklab borish - o’qituvchi faoliyatining asosiy vazifalaridan biridir.
Ta'lim berishning uslublari ko’p, biroq ulardan birortasi ham universal bo’la olmaydi. Ta'lim uslublarining tavsiflarini bilish – bu uslublar xilma-xilligi orasida to’g’ri yo’l topib olishga va o’qitish vazifalarining eng samaradorlarini tanlashga imkon beradi. O’quvchilarda bilim va ko’nikmalarni hosil qilish usullari, o’qituvchining o’quvchilarga ta'sir o’tkazishi, o’quvchilarning o’z ishlari – bularning hammasi uslublarga va uslubiy usullarga tegishli.
Ta'limning sharoitlari va didaktik vazifalari bilan muvofiqlikda har qaysi uslub turli usullar yordami bilan amalga oshiriladi. Masalan, ko’rsatish uslubining har xil usullari mavjud.
Uslubiy usul – bu ta'limning aniq vazifalari bilan muvofiqlikda uslubning o’rgatilish vazifasini amalga oshirish usulidir. Binobarin, har bir uslubning ichida, uning xilma-xil uslubiy usullaridan foydalaniladi.
Usul aniq sharoitlarda o’ziga muvofiq uslubni qo’llashga imkon beradi. Aynan shuning uchun ta'limning har qanday bosqichida va har qanday kontingentdagi odamlar bilan ishlash, xilma-xil didaktik vazifalarni yechish vaqtida u yoki bu uslubdan foydalaniladi. Ayni paytda har qaysi uslubiy usullardan faqat ayrim hollardagina foydalaniladi. Demak, ular juda kam hollarda qo’llaniladi. Shu bilan birga, uslubiy usullar zahirasi qancha boy bo’lsa, uslubning qo’llanish diapazoni shunchalik keng bo’ladi.
Uslubiy usullar shunchalik ko’pki, ularni biror-bir hisobga kiritib bo’lmaydi, ulardan ba'zilari yo’q bo’lsa, boshqalari ko’rinishini o’zgartiradi, o’qituvchining ijodi bilan yangilari yaratiladi. O’qitish darajasidagi farq aynan uslubiy usullarning har xil hajmi bilan tushuntiriladi.
Ta'lim jarayoni ikki tomonlama: o’qituvchi o’rgatadi, o’quvchi o’rganadi. Shuning uchun o’qituvchi tomonidan qo’llaniladigan ta'lim uslubi ham, binobarin, uning uslubiy usuli ham bu nafaqat informativ bajaruvchi va boshqaruvchilik vazifasi (o’qituvchi tushuntiradi, ko’rsatadi, buyruq beradi va h.k., o’quvchi tinglaydi, eshitadi, mashqni bajaradi), balki o’qituvchining yetakchilik roli va boshqarib borishida o’quvchilar bilan har doim o’zaro bog’liqlikni talab etadi.
Biroq bu aloqa birinchi qarashda tuyulganidan ko’ra xiyla murakkabdir. Tashqi belgilari bo’yicha o’quvchining harakati, odatdagidek, o’qituvchining talablariga aynan o’xshashdir. O’qituvchi mashqni tushuntiradi va ko’rsatadi, o’quvchi uni bajarishga intiladi. Ammo o’quvchining harakatlarida kuzatuvchining nigohidan yashirin yana bir tomoni bor. Bu ta'limga undovchi motiv, bilish faolligining darajasi, o’quvchilar eshitgan axborotni o’zlashtirish jarayonidir. Bu barcha ruhiy jarayonlarning tahlili uchun haddan tashqari murakkab, chunki o’quvchining ayni bir xil kuzatiladigan harakati har xil sifat asosiga ega bo’lishi mumkin. Masalan, ikki o’quvchi o’qituvchi ko’rsatgan harakatni bir xil esda olib qoladi. Binobarin, ayni bir xil uslubdan foydalanish vaqtida o’quv materialini o’zlashtirishda ba'zi bir variativlik har doim mavjud. O’qituvchi buni hech qachon unutmasligi kerak.
Har bir aniq holatda u yoki bu uslubni qo’llashning maqsadga muvofiqligi qator talablarga rioya qilinganidagina ta'minlanadi.
Uslubning ilmiy asoslanganligi jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishdan olingan samaraning tarbiyaviyligi, ilmiyligi va sog’lomlashtirishini ta'minlaydi.

Download 100.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling