Universiteti ro’yxatga olindi №


Ravishning morfologik va sintaktik belgisi


Download 442.58 Kb.
bet5/15
Sana29.10.2023
Hajmi442.58 Kb.
#1732630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi

Ravishning morfologik va sintaktik belgisi

Morfologik xususiyati
I. Ta’rifda aytilganidek, asosiy morfologik xususiyati fe’llarga bog’lanib, harakat va holatning belgisini ifodalaydi. M.: sekin yurmoq, asta-sekin koʻnmoq, (tarz belgisini); ataylab, joʻrttaga olmoq (maqsad belgisini); kech kelmoq (payt belgisini); noiloj borolmaydi (sabab belgisini).
ILOVA. Unutmaslik lozimki, ravishlar unumsiz boʻlsa-da, quyidagi soʻz turkumlariga ham bog’lanib, belgi ifodalashi mumkin:
1. Otga bog’lanib, sifat vazifasiga xoslanadi hamda predmetning belgisini ifodalaydi. M.: doʻstona maslahat, koʻp gap, ozgina masalliq, piyoda askarlar, erta bahor.
2. Sifatga bog’lanib, belgining belgisini ifodalaydi. M.: saldatchasiga dadil, ruhan baquvvat, mangu barhayot.
II. Ravishning morfemik tarkibi. Ravishning asosiy morfologik xususiyatlaridan biri morfologik jihatdan oʻzgarmasligidadir.
BILIB OLING! Ayrim ravishlar tarkibida koʻplik, III shaxs egalik, joʻnalish, oʻrin-payt, chiqish kelishiklarining qoʻshimchalari (-mas) uchraydiki, bular oʻz grammatik ma’nosini yoʻqotib bugungi kunda ajralmas holga kelgan.
-lar: ertalablari, avvallari.
-i/-si: kechasi, kunduzi, avvallari,
-ga: birga (kelmoq), joʻrttaga, ertaga, orqasiga,
-da: oldinda, unda, boshda(aytgandim), kunda (keladi).
-dan: rostdan, birdan, (kuldi), qastdan, bexosdan, uzoqdan. Oʻqing qiziq! Soʻngra, ichkari, tashqari kabi ravishlarda joʻnalish kelishigining qadimgi turkiy tildagi shakli qotib qolgan.
III. Yasalishi. Ravish soʻz turkumi yasalish xususiyatiga ega.
1. Affiksatsiya usuli bilan yasaladi. M.: vijdon/an, ruh/an, g’olib/ona, doʻst/ona, toshkent/chasiga, bola/larcha; kompozitsiya usuli bilan qoʻshma, juft, takroriy ravishlar yasaladi. M.: biryoʻla, biroz, birpas, qishin-yozin, birin-ketin, izma-iz, yuzma-yu, har doim, har qachon, har vaqt.
IV. Ravishlarning tuzilishiga koʻra sodda, qoʻshma, juft, takroriy turlari farqlanadi.
1. Sodda ravishlar : koʻp, oz, asta, erta, tez; oʻz/i/cha, butun/lay, qator/asiga, majbur/an, yoppa/siga, atay/lab, doʻst/ona.
2. Qoʻshma ravishlar: biroz, har vaqt, har on.
3. Juft: eson-omon, asta-sekin, erta-kech.
4. Takroriy: koʻp-koʻp, moʻl-moʻl.
YODDA TUTING! Izma-iz, qoʻlma-qoʻl, yuzma-yuz, qadamba-qadam kabi takroriy ravishlar -ma, -ba elementlari bilan boshqa soʻz turkumlaridan yasalgan.
V. Ravish sintaktik shakl yasovchilarga ega emas.
VI. Ravish soʻz turkumida bor yoʻg’i bir-ikkita ijaraga olingan lug’aviy shakl yasovchi qoʻshimcha bor xolos: -roq: tez/roq, koʻp/roq, sekin/roq, erta/roq; -gina: asta/gina, tez/gina, koʻp/gina.
VII. Ravish soʻz turkumida sifat soʻz turkumidagidek daraja kategoriyasi yoʻq, lekin ayrim ravishlar darajalanadi.
1. Oddiy daraja: tez, kech, sekin,..
2. Ozaytirma darja: sal tezroq, sal sekinroq, biroz kech.
3. Qiyosiy daraja: tezroq, kechroq.
4. Orttirma darja: juda tez, juda kech, eng oxir(-i,-da).
VIII. Ravish boshqa soʻz turkumlari vazifasida kela oladi.
1. Unumsiz, boʻlsa-da, ot vazifasida kelib otlashadi. M.: Koʻpni yomonlagan, koʻmuvsiz qolar. Koʻpga kelgan toʻy. Koʻpni koʻrib fikr qil, ozni koʻrib, shukur qil.
2. Otga bog’lanib sifat vazifasida keladi. M.: Koʻp gap – eshshakka yuk.
BILIB OLING! 1. Avval, keyin, soʻng, oldin, ilgari kabi ravishlar koʻmakchi vazifasida kelib, oʻzidan oldingi chiqish kelishigidagi soʻzni fe’lga bog’laydi va bunda u koʻmakchi sanaladi. M.: Qabristondan ancha uzoqlashgan+dan keyin yana otlarga minib yoʻrtib ketishdi. Buxoroga omon-eson yetib borgan+dan soʻng uning tarhini yaxshilab qog’ozga chizajagini aytdi. Oydin oyisi+dan oldin bordi.
2. Ba’zan ravishi takror kelib, ayiruv bog’lovchisini hosil qiladi va bog’lovchiga koʻchadi. M.: Qishi bilan ba’zan qor, ba’zan yomg’ir yog’ib turdi.
IX. Ravishlar ma’no va munosabatiga koʻra beshga boʻlinadi7.

Download 442.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling