Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 442.58 Kb.
bet14/15
Sana29.10.2023
Hajmi442.58 Kb.
#1732630
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi

-gach/-kach/ - qach: kel/gach, ek/kach, chiq/qach;
-guncha/-kuncha/ -quncha: bor/guncha, tek/kuncha, chiq/quncha. Qorong‘u tushguncha, uyga yetib bordim. O‘qituvchi kel/gach, dars boshlandi. Holat ravishdoshining qo‘shimchasi:
-gancha/-kancha/ -qancha: yugur/gancha, qara/gancha, so‘k/kancha. Onaizor farosatsiz o‘g‘ilning izidan qaragancha o‘tirdi.
Maqsad ravishdoshi:
-gani/-kani/ -qani: ko‘r/gani, tabrikla/gani.
-gali (she’riyatdagi, eski o‘zbek adabiy tilidagi shakli): Ko‘r/gali husningni zor-u, mubtalo bo‘ldim sanga.
❖ Eslatma! Ba’zan gapda ravishdosh o‘ziga tobe so‘zlar bilan birgalikda kengaygan ravishdoshli birikmani tashkil etadi va bitta so‘roqqa javob bo‘lib, bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bola boshini qo‘llari orasiga qo‘yib Boysun tog‘i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ravish so‘z turkumini qolgan barcha so‘ turkumlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ravish so‘z turkumining asosiy xususiyati shundaki, ravishlar yasalishi, gaplarda ishtirok etishi va o‘zining muhimliligi bilan boshqa so‘z turkumlaridan ajralib turadi.
Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham sifat turkumiga o`tmaydi. Ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi vazifalarida keladi. Ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z yasovchi affikslar mavjud: do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay kabi. Bunday usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan ham yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi. Ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-pal kabi. Ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ravishlar ozining morfologik va sintaktik xususiyati bilan ham boshqa so‘z turkumlaridan farqlanib turadi. Shuningdek, ravishlar barcha so‘z turkumlari bilan qo‘shilib gaplaarda qo‘llanilishi mumkin. Misol uchun ravishlar fe’l bilan birgalikda ravishdosh bo‘lib gapda qatnashadi.



Download 442.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling