Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 442.58 Kb.
bet12/15
Sana29.10.2023
Hajmi442.58 Kb.
#1732630
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi

morfologizatsiya — jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari, shuningdek, ayrim egalik shakllari, ko‘plik shaklidagi ot, sifat, olmosh, son kabi so‘zlarning ravishga aylanishi: baxtimizga, kunda, yoddan, to‘g‘riga, uzoqdan, yaqinda, birdan, birga, shunda, bunda, unda-bunda, kechasi, kunduzi, tunlari, oqshomlari;
konversiya (adverbializatsiya) — bir leksik-grammatik kategoriyadagi so‘zning boshqa kategoriyaga ko‘chishi — ayrim ot, sifat, fe’l kabi so‘zlarning ravishlashishi: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, bu­run, hozir, yaqqol, baralla, tugal, bafurja, muttasil, vaqtli, rosa, baravar, uzluksiz, omonsiz, beomon, o‘zgarishsiz, harakatsiz, to‘xtovsiz, beto‘xtov, osha, o‘ta, qiya, qiyo, qo‘sha, qay­ta kabi kengayish imkoniyatlariga ega.

2.3 Ravishlarning tuzilishiga koʻra turlari va ravishdosh
Yuqorida ta’kidlanganidek, ravishlar tuzilishiga koʻra toʻrtga boʻlinadi.
Sodda ravishlar. Bir asosdan iborat boʻladi. Sodda ravishlar oʻz navbatida ikki xil:
a) tub sodda: koʻp, oz, asta, erta, tez.
b) sodda yasama: oʻz/i/cha, butun/lay, qator/asiga, majbur/an, yoppa/siga, atay/lab, doʻst/ona.
Juft ravishlar:
1. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi: A. Qismlari oʻzaro ma’nodosh: asta-sekin, yana-tag’in, eson-omon. B. Qismalari oʻzaro antonim: nari-beri, ochin-toʻqin, oldinmakeyin, ozmi-koʻpmi, erta-yu kech, kecha-kunduz, qishin-yozin, yozinqishin, tun-kun. C. Qismlarining ma’nosi yaqin: erta-indin, uzul-kesil, ura-sura, unda-bunda.
2. Qismlaridan biri yakka holda ishlatilmaydi: dom-daraksiz, moʻl-koʻl, ora-sira, ora-chora, roʻy-rost, sal-pal, chala-chulpa, eminerkin, huda-behuda, oz-moz.
3. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi: azza-bazza, apiltapil, imi-jimida, onda-sonda, eran-qaran, oʻlda-joʻlda.
Takroriy ravishlar: asta-asta, ahyon-ahyonda, birma-bir, birgabirga, galma-gal, darajama-daraja, zinhor-bazinhor, yoʻl-yoʻlakay, sira-sira, sekin-sekin, toʻg’ridan-toʻg’ri, tez-tez, es-es, oʻqtin-oʻqtin, qayta-qayta. (Juft va takroriy ravishla M.Olimovning “Risolai sarf” kitoblaridan)

Download 442.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling