Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 442.58 Kb.
|
Jo\'raqulova Bibisora kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdor-daraja ravishlari
- 2.2 Ravishlarda daraja va ravishlarning yasalishi Ravishlarda daraja
Oʻrin ravishlari – harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik oʻrnini ifodalaydi.
Ular: olg’a, ichkari, tashqariga(-da, -dan), oldin, uzoqdan, yuqori, quyi, nari-beri, ilgariga(-da, dan), quyiga (-da, -dan), chapga(-da, - dan), oʻngga(-da, -dan), u yerga(-da, -dan), shu yer+ga(-da, -dan), bu yer+ga(-da, dan), u yoq+qa(-da, -dan), oʻrtaga(-da, -dan). Soʻrog’i qayer? boʻlib, odatda oʻrin holi vazifasida keladi. M.: Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun boʻyi basti bilan yastanib yotardi. Ichkariga kiring, bir piyola choy iching, – dedi uy egasi. Miqdor-daraja ravishlari – harakat-holatning bajarilishdagi miqdor-darajasini bildiradi. Ular: sal, picha, xiyol, oz, koʻp, kam, ancha, g’oyat, bag’oyat, jichcha, jinday, qittak, juda, zarracha, yetarlicha, tirnoqcha, xiyla, oʻlguday, baholiqudrat, birnavi, beadad, birmuncha, butunlay, deyarli, jilla, zinhor-bazinhor, moʻl, moʻl-koʻl, rosa, toza, ozmikoʻpmi, ozmuncha, sal-pal, sira, talay, tegishlicha. Soʻrog’i qancha? qay darajada? boʻlib, odatda fe’lga bog’lanib, daraja-miqdor holi vazifasida keladi. M.: Kunduzi oʻralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. Boʻying sal choʻzilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshirardim. 2.2 Ravishlarda daraja va ravishlarning yasalishi Ravishlarda daraja Ayrim ravishlar sifat kabi darajani ham bildiradi. Ravishlar harakat va belgining belgisini darajalab ko’rsatishi mumkin: Zaynab ilgariroq, Kumush keyinroq ichkariga kirishdi. Avaz suruvning ketini tezroq bexatar joyga chiqarishga shoshilar edi. U do’sti bilan samimiy o’rtoqlarcha salomlashdi. 1) Bosh daraja: U sekin kela boshladi. 2) Qiyosiy daraja: Mashina tezroq yurdi. Sal oldinroq keldi. 3) Orttirma daraja: Bola juda ko’p badiiy asar o’qidi. 4) Kuchaytirma daraja: Ishlayverib juda-juda charchadi. Ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi. Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga -roq, -gina (-kina, -qina) affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi: asta-asta, tez-tez, sal-pal kabi. Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi (P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi (A.Qodiriy). Chiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana boshlagandik (H.Nazir). Download 442.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling