Universiteti ro’yxatga olindi №


Download 351.2 Kb.
bet11/13
Sana21.04.2023
Hajmi351.2 Kb.
#1373474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xalq musiqasi,òzbek musiqiy folklori

Xorazm o’lkasining maxalliy uslubi, avvalo, o’zining musiqiy koloriti bilan ajralib turadi. U maxalliy qo’shiqlar intonatsion-kuy tuzilishi hamda talqiniga o’z ta’sirini kursatadi. Xorazm uslubining turkman va ozarbayjon musiqasi bilan ma’lum darajada yaqin ekanligi ham shubxasizdir.
Xorazm xalq musiqasining o’ziga xos maxalliy xu susiyatlariga dostonlar ijrosi ham kiradi. Agar O’zbekistonning barcha viloyatlarida dostonlar musiqasi, odatda, rechitativ-deklamatsion xarakterda bo’lib, Xorazmda ular yorkin ifodali qo’shiqlari bilan farq kiladi hamda O’zbekistonning boshqa viloyatlarida bo’lganidek, do’mbira bilan emas, balki tor, dutor, g’ijjak, doyra jo’rligida aytiladi.
Xorazm cholg’u asboblari ham o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, yuqorida eslatilgan bulaman, garmon cholg’u asbobi respublikamizning faqat Xorazm viloyatida uchraydi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bugungi kungacha Xorazmda keng foydalanilib kelinayotgan garmon ham xuddi shu o’lka maxalliy uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biri bo’lib koldi. Ayrim musiqa asboblarining maxalliy farqi o’z tuzilishi va tembr-akustik xususiyatlarida ko’rinadi. Masalan, Xorazm dutori kosaxonasi xajmi ning nisbatan kichikligi, dastasining ingichkarok va kaltarokligi hamda o’z akustik-tembr xususiyatlariga ko’ra O’zbekistonning boshqa lokal zonalari, xususan, Farg’ona musiqa folьkloridan o’ziga xos xarakterli belgilari bilan ajralib turadi. Bu yerda ixcham xajmli oddiy, ammo jozibador va mavzusiga ko’ra xilma- xil ashula va qo’shiqlar muxim o’rin tutadi. Ayniqsa, xotin-qizlar ashula va qo’shiqlari mashxurdir.


2.2 Xorazm musiqa uslubi.
Xorazm musiqa uslubida xalfalar san’ati ham diqqatga sazovordir. Xorazm xalfachilik san’ati ikki shaklda kuylanib kelinadi.

  1. Yakkaxon ijrochilik.

  2. Ansambli tarzida guruxli ijrochilik.

1. Yakkaxon xalfalar, odatda doston qo’shiqlaridan tortib, to to’y-xasham («Yor-yor», «Kelin salom» va boshk.) qo’shiqlarni cholg’usiz kuylaydilar (ustozlar Roziya Matniyoz qizi, Poshsho Saidmamat qizi, Sao-dat Xudoybergan qizi va boshk ).

Download 351.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling