Universiteti ro’yxatga olindi №


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 351.2 Kb.
bet2/13
Sana21.04.2023
Hajmi351.2 Kb.
#1373474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xalq musiqasi,òzbek musiqiy folklori

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Maqsadi: folklor ekspeditsiyalarida to’plangan xalq qo’shiqlari bilan yaqindan tanishtirish va bu asarlarning badiiy yuksakligini ko’rsatish.
Vazifalari:
- xalq qo’shiqlari tematikasini o’rganish;
- e’lon qilingan qo’shiqlar bilan to’plangan qo’shiqlarni taqqoslash;
- xalq qo’shiqlarining janr xususiyatlarini o’rganish;
- xalq qo’shiqlarida mavjud bo’lgan badiiy tasvir vositalarini o’rganish.
Kurs ishining predmeti. Talabalarga xalq ogʻzaki ijodi haqida bilim berish, ularda folklor asarlarini tahlil va talqin qilish koʻnikmalarini shakllantirish.
Kurs ishining obyekti. O’zbek xalq qo’shiqlari juda katta tarbiyaviy va juda muhim tarixiy hamda adabiy ahamiyatga ega. Badiiy asar gʻoyasini ifodalashda folklor asarlari va an’analarining ahamiyatini belgilash, adabiyotshunoslik va xalq ogʻzaki ijodining chambarchas bogʻliq ekanligini anglash hamda folklor asarlarini ilmiy jihatdan oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Ushbu kurs ishi Kirish, ikki bob, to’rtta paragrif, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I.BOB O’ZBEK XALQ FOLKLORI.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni imzolandi. Mazkur qonun g‘oyaviy mavkuraviy jihatdan milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilganligi bilan juda qadrlidir. Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ko’lami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug‘orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan O’zbek xalqining o’z ildizlari qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi bizning hozirgi kunlarimizda ham yangramokda. U o’zining xalq ijodi (ya’ni, folklor) hamda kuy tuzilishi jihatidan rivojlangan ashula va cholg’u asarlari – dostonlar va maqom musiqasini birlashtiradi. Qahramonlik hamda qahramonona – lirik mazmundagi epik asarlar–dostonlar ham muhim o’rin egallaydi. O’zbek cholg’u asboblari hamda musiqa amaliyoti va ijrochiligi uslublari bilan bog’liq bo’lgan cholg’u musiqa janrdari ham g’oyat rang-barangligi va boyligi bilan xarakterlanadi. O’zbek musiqa folьklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.


    1. Download 351.2 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling