Universiteti ro’yxatga olindi №
Download 351.2 Kb.
|
Xalq musiqasi,òzbek musiqiy folklori
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rim qo’shiqlari.
- Yorg’inchoq qo’shiqlari.
- Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari.
- «Xush-xush»lar yoki «Govmishim»
Qo’sh qo’shiqlari. Markaziy Osiyo xalqlari qadim- qadimdan dehqonchilik bilan shug’ullanib keladi. Dehqonchilik esa erta bahorda yerni haydashdan boshlanadi. Yer xaydash og’ir jismoniy mehnat bo’lib, bunday og’ir mehnat paytida dehqonlar qo’shiq kuylab, o’zlarini ovutganlar. Yozib olingan namunalarda esa og’ir mehnatdan, shafkatsiz tengsizlikdan shikoyat ohanglari ish xayvonlari tilidan bayon qilinadi:
Qo’sh qo’shiqlarining boshqa turlari mavjud. Ularda lirik bayon bevosita dehqon tilidan olib boriladi. O’roq o’rmoq olmok-solmok, Qo’sh haydamoq bormok-kelmok Hammasidan qiyin ekan, Ey xo’kizim, po’zg’op qurmoq O’rim qo’shiqlari. O’rim – dehqon mehnatining samarasini ko’rsatadigan payt. O’rim qo’shiqlari yakka yoki ko’pchilik tomonidan ijro etilgan. Ularda bahorning injiq, yozning shafqatsiz kezlarida qilingan mehnatning samara berganligidan quvongan dehqonning ko’tarinki ruhi yetilgan hosilni tezrok yig’ib olishga bo’lgan kuchli ishtiyoq tarannum etiladi. Dehqon xayvonlarni xaydab, kun buyi xirmonda don yanchar ekan, baland ovoz bilan qo’shiqlar aytadi. Ana shunday qo’shiqlar xalq o’rtasida «Ho’p mayda» deb yuritiladi. Yorg’inchoq qo’shiqlari. Yorg’inchoq qo’shiqlari aslida dehqonchilik qo’shiqlari sirasiga kirmaydi. CHunki ular bevosita dehqon mehnati bilan bog’lanmagan. Biroq Yorg’inchoq dehqonchilik mahsuloti bilan bog’langanligi uchun ham shartli ravishda bu qo’shiqlar dehqonchilik qo’shiqlari sirasiga kiritilgan. Yorg’inchoq tortmas edim, Och qolganimdan tortaman. Sabzavon aytmas edim, Kuyganlarimdan aytaman. Yorg’inchog’im gumbur-gumbur etadi, Nortuyalar quloq solib o’tadi. Karvon bilan rizqu ro’zimiz olib, Eson-omon og’ajonim kaytadi. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbeklar qadim-qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanib kelganlar. O’zbek xalqi hayotida dehqonchilik qanday o’rin tutgan bulsa, chorvachilik ham shu darajada o’rin egallagan. SHunga kura, bu mehnat turi jarayonida intiluvchi rang-barang qo’shiqlar yaratilgan. Xalq o’rtasida bu qo’shiqlar sog’iladigan xayvon turiga harab «Xo’sh-xo’sh», «Turey-turey», «Churey-churey» kabi nomlar bilan yuritiladi. «Xush-xush»lar yoki «Govmishim» - bu qo’shiqlar asosan sigir cog’ish paytida ijro etiladi. Qo’shiqning asosiy mazmuni sog’ilayotgan sigirni tinchlantirish, uni iydirish orqali ko’proq sut sog’ib olish hisoblanadi. Xo’sh-xo’sh, jonivor, qo’ng’ir, Suting oqadi shir-shir. Olti xurma qo’limda, Iyib sut bilan to’ldir, xo’sh-xo’sh. Chorvador sigirni yomon ko’zlardan saqlash maksadida uning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorni taqib kuyadi. CHunki qadimiy e’tikodlarga ko’ra yirik zotdor, ko’p sut beradigan sigirlar ko’zga yaqin bo’lib, tez ko’zikib qoladilar. Shuning uchun ham «Xo’sh-xo’sh» qo’shiqlarida ko’ztumor matni deyarli ko’p qo’llanilgan: Seni haydab boqaman, Ko’ztumorlar taqaman. Normurodim fe’li bo’sh, Govmish molim, xo’sh-xo’sh. Download 351.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling